"Nyukasl" Atsu transferi borasida "CHelsi" bilan kelishib oldi
16 may 2017 18:45
Yangiliklar
"Nyukasl" Atsu transferi borasida "CHelsi" bilan kelishib oldi
2016/17 mavsumda ijara asosida "Nyukasl"da to'p tepgan "CHelsi" hujumchisi Kristian Atsuning transfer huquqini bu yil Premer-ligaga chiqqan jamoa sotib oladi.
Malumotlarga ko'ra, qora-oqlar rahbariyati londonliklar bilan 25 yoshli ganalik transferi borasida kelishib oldi.
"Nyukasl" Atsu uchun 6,2 mln. funt to'laydi. Kritianning o'zi 4 yillik shartnoma imzolaydi. Kelishuv 1 iyul kuni amalga oshadi.
Joriy mavsumda Kristian Atsu CHempionshipning 32 ta uchrashuvida maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar