"Nyukasl" Angliya terma jamoasi forvardi uchun 35 mln evro to'lashga tayyor
13 may 2022 12:33
Yangiliklar
"Nyukasl" Angliya terma jamoasi forvardi uchun 35 mln evro to'lashga tayyor
"Nyukasl" rahbarlari "Everton" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin uchun katta pul sarflashga tayyorlar.
Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, klub 25 yoshli angliyalik futbolchi uchun 35 million evro atrofida to'lashga tayyor.
Qayd etish kerakki, forvardning xizmatlariga shuningdek francuz Aleksandr Lyakazettga ehtimoliy o'rinbosar izlayotgan Londonning "Arsenal" klubi ham juda qiziqmoqda.
Kalvert-Lyuin joriy mavsum APL doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar