So’nggi yangiliklar

22:12FA "адолат" ҳақидаги пости учун МЮни жазоламайди  0 21:51"Нефтчи" Ашурматов учун "Рубин"га 500 минг доллар тўлашга тайёр  13 20:55"Локомотив" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  6 20:45Анвар Бердиев "Шўртан" билан шартномасини узайтирди  2 20:20Фарруҳ Зокиров: "Биз ҳозирги таркибимиз билан ҳам кейинги босқичга чиқишимиз керак"  0 20:10"Барселона" ҳимоячиси 5 ҳафтага сафдан чиқди  3 19:56Расман: "Бухоро" хорватиялик легионерни сафига қўшиб олди  2 19:43Франциянинг Ўзбекистондаги элчихонаси: "Абдуқодир Ҳусановни "Манчестер Сити"га ўтгани билан табриклаймиз!"  10 19:34Людмила Карачик: "Биринчи ўринни эгаллашни мақсад қилганмиз"  0 19:19"Бунёдкор" "Динамо"дан устун келган назорат ўйинидан ГАЛЕРЕЯ  0 18:57Европа чемпионати бронза медали соҳиби Симон Кьер фаолиятини якунлади  0 18:34Селюк: "Ҳусанов қанақасига 50 млн туради? Максимум – 20!"  67 18:11"Ливерпуль" футболчиси фаолиятини Шотландияда давом эттиради  0 17:49Модрич — "Барса"га қарши ўйиндан кейин интервью берган "Реал"нинг ягона футболчиси  8 17:20"Пахтакор" Туркия йиғинида Чехия, Япония ва Қозоғистон жамоалари билан ўйнайди  4

N.YU: Menga muzqaymoq keltirgan o'yin Yangiliklar

N.YU: Menga muzqaymoq keltirgan o'yin

O'yin boshlanishga 3 soat vaqt qolganida yangi "Joma" formalarini kiyib stadionga otlandik.
CHiqishdan avval Xayrulla Xoliqov bugun bir to'p farqi bilan g'alaba qozonamiz dedi. Iordaniya O'zbekistonda kerakli natijani o'tgan yili olib ketgani uchun bu o'yinda katta bosim ostida harakat qilmasdi. SHundan kelib chiqib 3ta to'p farqi bilan g'alaba qozonishimiz va buning uchun "Briket" muzqaymog'ini tikishimni aytdim. Agar to'plar nisbati ikkita bo'ladigan bo'lsa, "Briket" o'rniga "Lyod". Har qanday kichik hisobdagi g'alaba yoki mag'lubiyat Xoliqov tomonida edi.

Iya, bugun futbol bormi... Qani REKLAMA?
Sal avval, yani 5 soatlar. Xayrulla aka bilan taksi to'xtatib, bir ish yuzasidan uchrashuvga ketayotgandik. Haydovchi futbolga qiziqar ekan, ammo bugun o'yin bo'lishini bilmasdi. SHunaqasi ham bo'lar ekanmi deyishingiz mumkin, ha bo'ladi. Sababi bunga o'zimiz, aniqrog'i markaz aybdor. Siz-ku internetda doimiy o'tirasiz har kuni o'yin haqida o'qiysiz. Ammo umri bo'yi internetga kirmaganlar, kiradiganlarga nisbatan kerak bo'lsa ming baravar ko'p. Na TVda, na shahar ko'chalarida tuzukroq reklama yo'q. "Paxtakor" stadioni kiraverishidagi anonsni inobatga olmasa, boshqa hech qaerda reklama yo'q. TVda o'yin oldi maxsus ko'rsatuv qilib, muxlislarni stadionga chorlash borasida ish olib borilmayapti. Axir futbolni tekinga olgandan keyin bir tomondan futbol uchun kattaroq reklama qilib bersa bo'ladi-ku?

Bejizga o'yinga bir kun qolganida 40ta chipta sotilmagandi. Futbol bu - shou, ammo bizda shunchaki FIFA kuniga o'yin topilganidan xursand bo'lib o'tkazib yuboriladigan oddiy kun.

Bo'm-bo'sh, kalla bo'sh, stadion bo'sh...
Bo'm-bo'sh ko'chalar degan qo'shiq yodimga tushib ketdi.
Terma jamoa g'alaba qozonsa xo'p-xo'p, stadionga kelgan tomoshabin shunisiga shukr qilib ketadi, agar mag'lubiyatga uchrasa, bor alamini futbolchi-yu, murabbiydan oladi. CHunki stadionda uning oldida futboldan boshqa narsa yo'q. Stadionga yillar davomida bir xil ko'rinishda kelib ketadi. Hech qanday o'zgarish yo'q. Masalan, Angliya o'z maydonida mag'lubiyatga uchrasin, angliyalik so'kinib chiqib ketmaydi. Biz uchun federaciya ishladi, mana shoular bo'ldi, eb-ichish joyida, oilaviy dam olib ketyapmiz deb ketadi. Bizda shulardan qay biri bor? Hech biri. Tailand chempionatini tomosha qiling, stadionga odam sig'maydi. Nima u erda futbol zo'r deb o'ylaysizmi? Sardor Rashidov borsin, Tailand Maradonasi bo'ladi. U erda muxlis uchun sharoit VOH deydigan holatda, shuning uchun ham stadionga borishadi. Kecha 2ta sektor to'liq to'ldi. Buni 1 400 nafar muxlis deb olamiz. Yana 6ta sektorda yarim to'la, ularni birlashtirsangiz 2100, ikkita sektorni qo'shamiz. 3500 kishi bo'lyapti. Jami 600 kishi sig'adigan SIPda bor yo'g'i 300 kishi bor edi. Yana o'ttan-bo'ttan 500 kishini qo'shaylik. Yakunda 4300 nafar muxlis bo'lyapti. SHu ham ko'rsatkichmi? Biletdan foydani olib sotarga chiqarish orqali emas, mehnat qilib topishni o'rganadigan vaqt kelib, bizning oldimizdan chetlab o'tib ketyapti go'yo. Bitta Matiz 16 000 000 so'm turadi. Qo'y ana lotareya qilib. 3200ta chipta 5000 so'mdan sotilsa, Matizning puli chiqib turibdi. Bitta Matizni yutaman deb 20 000 nafar ishqiboz keladi. "Paxtakor" 8000taga yaqin chipta sotadi lotareya paytlari. Bu MTJ axir. Qolgan 15 000 ta chipta sof foyda emasmi? Yana, zamonaviy reklama tablosida "UCELL"ni inobatga olmasangiz, bironta tijoriy reklama yo'q edi. Qachon Markaz o'zini professional marketingiga ega bo'ladi deyaverib, klavituramiz to'kilib ketdi. Yaxshi homiylarning ko'payishi, o'rtoqlik o'yinlarining oshishiga olib kelishini hamma biladi.




  • Bu 12-sektor, ishonasizmi? 12-sektorda 3 nafar muxlis. Kim nima desa, desin-ku, Abduraxmon Fozilovni Tailandga ketgani bilindi.

Zerikarli o'yin, ammo g'alaba
To'g'risi, o'yindan ko'nglim to'lmadi. Yaqinda Osiyo o'yinlarida g'alaba qozona olishimiz haqida maqola yozgandim. Bunday fikrga kelishimga sabab tarkibdagi nomlar edi. Himoyada muammo yo'q. Ammo yarim himoya va hujumda etarlicha qilinadigan ishlar ko'p ekan. Nomlar jarangli, xuddi JCHda ishtirok etgan Ispaniya terma jamoasi kabi, lekin o'yin tuzilishi yo'q. 18-daqiqaga kelibgina darvoza tomon zarba berildi, u ham bo'lsa noaniq. Soniyalar ichida gol bo'lishi mumkin bo'lgan bu uchrashuvda 18 daqiqa raqib jarima maydonchasi ichiga kira olmaslik yaxshi emas. Balki kecha futbolchilarda jipslik etishmagandir. Men ularni yosh demayman, 23 yoshda ikkita qizlik bo'lib ulgurgandim. Iordaniya tarkibida ham 5 nafar asosiy tarkib futbolchisi yo'q edi. Iskanderov va Rashidov oliy liganing eng zo'rlari hisoblanyapti, ammo kechagi o'yinda oliy ligadagi o'yinlarini ko'rsata olmadilar. Yigitlar xafa bo'lishmasin, ammo shunday bo'ldi. Balki, bunga oliy ligamizni kuchsizlanib ketgani sababdir. Mana 4 yil o'tib qaytgan Geynrix chap oyog'ida o'ynayapti. Avval u bunchalik erkin harakat qilmasdi. So'nggi o'yinlarda bir narsaga ahamiyatni qaratyapman. Biz sanayotgan yaxshi o'yinchilarimiz, nega yaxshi bilasizmi? Ular oldinga o'ynaydilar. Rashidov va Iskanderovning yutug'i oldinga o'ynashida. Bu tarkibda yana Akbarni alohida ko'rsatishim mumkin, u oldinga o'ynashi bilan birga to'p oshirayotgan futbolchisining qaysi oyoqda tepishiga qarab pas beradi. Buning uchun albatta KALLA kerak. Futbol oyoqda o'ynalgani bilan, kalla orqali boshqariladi.




  • Bu bizning Sardor Rashidov

Raqib bosh murabbiyi "O'zbekiston yaxshi "stenka" (devor) o'ynar ekan dedi. To'g'ri, yomon bo'lmadi. Lekin stenkadayam, stenka bor. Stenka oldinga o'ynalsa, u oxir-oqibat biri bo'lmasa, ikkinchisi gol bilan yakunlanadi. Lekin biz kecha stenkani goh yonga, goh orqaga to'p oshirish bilan o'ynadik. Bu bilan hujum boshlanmaydi, aksincha futbolchi to'pni o'zidan bexato uzatgani qoladi. Ammo hujum yo'q. Birinchi gol standartdan kiritildi. Ikkinchisi aniq bu uslubda emas. Demak, devor bo'lmagan. Keyin stadionda 5-6ta to'p oshirish bilan jarima maydonchasi ichiga kirib borilganidan keyin "to'la" stadionni "VUHHHH" degan hayratlanarli tovushi ham eshitilmadi chamamda.

SHodiev yoki Tojiev?
Ikkisi bir xil saviyaga ega. Tarkibdagi yoshlardan bir kalla ustun emas. Kuchlar teng. Bu borada Qosimovga qiyin. Menimcha yaxshisi hujumga nomzod qidirmagan maqul, boisi tarkibda shu saviyadagi to'rt nafar futbolchi bor. Afsuski Haydarov va Jeparov bizga yordam bera olmaydi. Balki Jeparovni ro'yxatdan o'tkazib, chiqadigan bo'lsak yarim final va finaldagina uning hizmatidan foydalanarmiz. Tag'in kim bilsin...




  • Uchinchi futbolchi kim bo'ladi?


Muzqaymoq uchun Rashidovga rahmat!
Ikkita golda ham Rashidovning hissasi katta bo'ldi. Umid qilamiz, Avstraliyadagi Osiyo Kubogidan keyin Sardor kamida Rossiyaga ketadi. Bu erda tramplin uchun Xorvatiya, Vengriya va Avstriya klublarida ham ko'rikdan o'tsa bo'ladi. Faqat arablarga o'tmasa bo'ldi, bu o'yini bilan sal yoshi o'tganda ham arablarga borib pul ishlasa bo'ladi. Aynan unga MUZQAYMOQ uchun rahmat aytaman, Xoliqovdan yutib olganim uchun.

8 sentyabr kuni Yangi Zelandiyaga qarshi o'yin. O'yindan xabari borlar, iltimos qolganlarga aytib chiqing. Ota-bobomiz qilgan ishni qilaylik, kim eshakka, kim otga, yana kim mashinasiga o'tirib, 8 sentyabrda O'zbekiston - Yangi Zelandiyayayayayayayayayayayayayaya deb baqirib chiqaylik, zora xabarsizlar xabardor bo'larmidi?

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика