So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  3 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  2 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  14 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  13 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

N.YU: Futbol orqali davlat byudjetini valyuta bilan to'ldirish mumkinmi? Yangiliklar

N.YU: Futbol orqali davlat byudjetini valyuta bilan to'ldirish mumkinmi?

Teglar :  Futbol
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich, o'z nutqlaridan birida, raqobatni o'stirish va eksport maxsulotlarini ko'paytirgan holda, mamlakatga valyuta kirib kelishiga sharoit yaratib berish kerakligi haqida aytib o'tdi.

Millionlar o'yini orqali, davlat manfaati yo'lida millionlar ishlab topish mumkinmi? Albatta, ha! Futbol ham bir sanoat. Unga yaxshilab bilim bilan yondoshsangiz, mamlakat byudjetiga millionlarni tushirish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Gapimni soddaroq ko'rinish olishi uchun bir misollarni keltirib o'taman. Odil Ahmedovni "Paxtakor"dan "Anji"ga, Sardor Rashidovni "Bunyodkor"dan "Al Jayish"ga transfer qilinishi natijasida O'zbekistonga 10 million AQSH dollariga yaqin mablag'ni kirib kelishi taminlagan. Ularning qatoriga "Paxtakor" tomonidan Xitoyga sotilgan yana bir qancha futbolchilarni qo'shishimiz mumkin. Bu hali hammasi emas, valyuta shu transfer summalari bilan cheklanib qolmaydi. Bu boshlanishi. Server Jeparov, Aziz Haydarov, Anzur Ismoilov, Sanjar Tursunov kabi futbolchilarimiz bir necha yillardan beri Evropaning grand klublari safida bo'lmasada, yaxshi maosh to'laydigan klublarda faoliyat olib bordilar va boryaptilar. Ularning maoshlarining asosiy qismi qaerga kelayapti, O'zbekistonga! 10 nafar yaxshi futbolchi bir yilda mamlakatga 10 millionga yaqin summani olib kelish imkoniyatiga ega. Braziliya, Argentina, Afrika mamlakatlari, Belgiya, Xorvatiya va sobiq bolqon davlatlari, ayniqsa Serbiya bu narsaga fanga qaragandek qaraydi. O'zbekiston esa Osiyoning serbiyasiga aylanishi mumkin, agar...



Agar biz futbolga jiddiy yondoshib undan mamlakat ravnaqi yo'lida foydalansak. Futboldan zavq olish bilan birga, undan manfaat ko'rishimiz mumkin. Futbolchilar maoshlarini qanday ishlatishi bu umuman boshqa masala, muhimi pullarni O'zbekiston hududiga kirib kelishi va shu erda ishlatilishi.

Serbiyaning eng zo'rlari Evropaning kuchli beshligiga yo'l oladi. O'rtamiyonalari Rossiyadan qo'nim topishyapti. Ulardan pastrog'i esa Osiyo grandlari va Xitoyni maqul ko'rayapti. Keyingi sifatdagilarini Qozog'iston chempionatida ko'rasiz. Bu chempionatga ham tortmaydigani Malayziyaga yo'l olayapti. Qolganlari esa O'zbekistonga kelayapti. Bizga kelayotgan serblarga yuqoridagi 5ta chempionatning biridan taklif bo'lsa albatta uni tanlaydi.

Huddi shunday, biz ham mamlakat ravnaqi yo'lida turli kategoriyalarga bo'linishimiz mumkin. Buning uchun o'zbek futbolida agentlik faoliyatiga ham erkinlik berilishi va futbolchilarimizni dunyo bo'ylab reklama qilinishiga, tekinga bo'lsada futbolchilarni chetga chiqib ketishiga imoniyat yaratishimiz kerak.



Futbolchi o'z oldiga kuchli beshlikni maqsad qilishi kerak deganlar ko'p. Fikr to'g'ri, lekin kuchli beshlik kuchini tasavvur qilib ko'rganmisiz? Nemislarni o'ziga Bundesligada to'p tepish orzu, nemislar ikkinchi Bundesligadan o'rin olsalar, shuni o'zi ularga katta imkoniyat. Biz Bundesligadan joy olishimiz uchun, dunyo futbolchilaridan emas, hech bo'lmasa mahalliy nemis futbolchisidan bir kalla ustun bo'lishimiz kerak. Bizning eng zo'rimiz o'sha mahalliy nemis futbolchisi bilan saviyasi bir bo'lsa, ular o'zinikini tanlaydi. Bir xil saviyadagi legioner ularga kerak emas. A Seriya, Premer liga va LaLigada ham huddi shu narsani ko'rishingiz mumkin. Nisbatan, Franciya ligasidan joy olishga imkoniyatimiz bor, lekin buning uchun bizning 17/18 yoshli futbolchimiz mahalliy francuzdan ustun bo'lishi kerak. 22-23 yosh kech. Yoshlar ligasi - 2016da 16 yoshga to'lmagan futbolchini maydonga tushirgani uchun "Bunyodkor" "gap eshitdi". Franciyaga ketadigan yoshda Evropaga oliy ligada o'ynay olmaydigan futbolchi, keyinchalik qandayn qilib biz istayotgan kuchli beshlikdan joy olsin?

Ulardan ustun bo'lishimiz uchun bizda tizim to'g'ri yo'lga qo'yilgan bo'lishi kerak. 10 yillik dasturni ishlab chiqish orqali, O'zbekistonga valyutani kirib kelishini taminlashimiz va o'sha dastur orqali to'g'ri harajatni yo'lga qo'yishimiz lozim. Ichki resurs uchun qilingan xarajat uchun afsus chekish kerak emas. CHunki u puldan o'zimiznikilar foydalanadilar va u O'zbekiston hududida ishlatiladi. Faqat mamlakatdan valyuta olib chiqib ketayotgan kelgindi legionerlarni yo'q qilishimiz kerak. Yangilardan, CHeran, CHermitan, Golban kabi legionerlar uchun eshigimiz doim ochiq...



Boshqa osiyoliklardan farqli ravishda, biznikilar har bir hudud uchun chidamli sanaladilar. Biznikilar Taylandning dim havosi-yu, malayziyaning yog'ingarchiliklarigacha chidamli. Bundan nega foydalanmasligimiz kerak? Agar ishni to'g'ri yo'lga qo'yib yuborsak, 7/8 yil o'tib bir yilda O'zbekiston hududiga 100 millionlab AQSH dollarini keltirish imkoniyatiga egamiz. Bir marotaba O'zbekistondan tashqariga chiqib ketgan futbolchi, faoliyatini tugatgunicha o'sha saviyani ushlab tura olsa, har 3/4 yilda jamoa o'zgartirdi deng, uning maoshidan tashqari, yana transfer bonuslari hududimizga kelib tushadi. Yil sayin legionerlarning sonini oshirish bilan, yuqoridagi summa, yil sayin ko'payib boraveradi.

Ko'plab legioner futbolchilarimizni bilaman. Topgan pulini o'z yaqinlariga, tanishlari va yashaydigan hududlarining ravnaqi yo'lida ishlatadilar. Balki ular JCHga chiqa olmayotgandirlar, balki kuchli beshlikda emaslar, lekin ularning bari insoniylik xususiyatlarini yo'qotmaganlar, yordam so'rab kelayotganlarni ko'kragidan itarmaydilar, chunki mablag'lari bor. SHifoxona qurib xalq manfaati yo'lida faoliyat olib borayotganlari ko'p, bolalar uyiga yordam berayotganlari qancha. SHuning uchun biz futbolga fan sifatida qarashimiz va uni mamlakatning byudjetiga xissa qo'sha oladigan sifatga olib chiqishimiz kerak. Bu esa qo'limizdan keladi, agar...

Nodirxo'ja Yuldashev


Saytimizning Telegram dagi kanaliga obuna bo'ling - telegram.me/championatasia

SaytimizningFacebook dagi sahifasi - facebook.com/championat.asia


Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика