So’nggi yangiliklar

21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  0 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  2 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  3 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  4 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  20 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  24

"Nurafshon" U-16 chempionatida qatnashadimi? Buxoro viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasidan rasmiy munosabat Yangiliklar

"Nurafshon" U-16 chempionatida qatnashadimi? Buxoro viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasidan rasmiy munosabat

Teglar :  NurafshonPro liga
Championat.asia saytida "Nurafshon" klubi haqida muallif Faxriddin Ro'ziev tomonidan “Ana xolos! Superliga uchun kurashayotgan "Nurafshon" 1-ligaga tushib ketishi mumkin” sarlavhasi ostida maqola chiqqan edi.

Maqolaga ko'ra, Buxoroning "Nurafshon" klubi bugun O'zPFLga xat yuborib, U-16 jamoasi mazkur musobaqada ishtirok etmasligini bildirgan. Championat.asia'ga malum bo'lishicha, buxoroliklar bunga mavjud moliyaviy muammolarni ro'kach qilib ko'rsatmoqda. Lekin, bu qaror Buxoro viloyati bosh jamoasining taqdiriga jiddiy tasir qilishi mumkinligi va "Nurafshon" ayni paytda Superliga pley-off bosqichiga yo'llanma olish uchun "Olimpik" bilan kurashayotgani, shu bilan birga buxoroliklar bu yo'lda muvaffaqiyat qozonsa ham, U-16 jamoasi respublika birinchiligida qatnashmagan taqdirda O'zbekiston chempionatining yuqori divizionida ishtirok etish huquqidan mahrum bo'lishi mumkinligi aytib o'tilgan edi.

Biroq biz vaziyatni o'rganish maqsadida Buxoro Futbol klubi sport direktori Umidjon Xotamovga murojaat qilganimizda Umidjon bizga mablag' masalasi bo'yicha umuman muammo bo'lmaganligini, jamoa har doim musobaqalarda ishtirok etib kelganligini va joriy yilning 11-21 noyabr kunlari Toshkent shahrida U-16 jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadigan O'zbekiston chempionati musobaqalariga samarali ishtirok etish maqsadida "Buxoro" futbol klubiga qarashli 3-son Bolalar-o'smirlar futbol maktabi maydonida safar oldi o'quv-yig'in mashg'ulotlari ayni damda qizg'in kechayotganini hamda "Buxoro" futbol klubining U-16 jamoasi musobaqalarga ishtirok etish uchun 10 noyabr kuni xizmat safariga yo'lga chiqayotganligini va mazkur musobaqada ham albatta muvafaqiyatli qatnashishini malum qildi.



Buxoro viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика