"Nurafshon" - "G'ijduvon“. Prevyu

Mirjalol Normatov
11 iyun 2018, 10:39
Bugun O'zbekiston Pro-ligasining 14-turi doirasida "Nurafshon" jamoasi o'z maydonida "G'ijduvon"ni qabul qiladi.

Ayni damda Pro-liganing "B" guruhida yetakchilik qilayotgan poytaxt viloyati jamoasi vakillari turnir jadvalida uchinchi o'rinda borayotgan klub bilan bahs olib boradi.

"Nurafshon" ham Buxoro jamoasi ham yaxshi holatda. Jamoalar o'tgan turda ijobiy natijalarni qayd eta olishdi. Jumladan, "G'ijduvon" o'z maydonida "Zomin"ni 5:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, "yo'lbars"lar safarda "Yozyovon" bilan 1:1 hisobidagi durangni qayd etdi. Ikki jamoaning orasidagi farq 3 ochkoni tashkil etmoqda.

Jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvida 2:1 hisobi qayd etilgan. 4-tur doirasida kechgan uchrashuvning 8-daqiqasida Farruh Shotursunov hisobni ochgandi. Ikkinchi bo'limning 51-daqiqasida esa Bahrom Narzullaev hisobni teenglashtirgandi. 86-daqiqada esa Azizbek Murotov penaltidan gol kiitib, jamoasiga g'alaba keltirgandi.

"Nurafshon" ham, "G'ijduvon" ham o'zining so'nggi 5 uchrashuvida 3 g'alaba qayd etdi, 1 marta durang o'ynab, 1 bora raqibiga mag'lub bo'ldi.

Bugungi uchrashuvni tajribali Olimjon Tolibjonov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Shoxruh Azamov, Ravshan Kopadze yordam beradi. O'yin nazoratchisi sifatida Fayzullo Hasanov ishlaydi. Uchrashuv komissari - Sherzod Rajabov.

"Nurafshon" - "G'ijduvon" uchrashuvi bugun soat 18:00da Toshkent viloyatidagi "Do'stlik" stadionida start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia