Nunu "Vulverxempton"ni tark etadi
27 may 2021 21:00
Yangiliklar
Nunu "Vulverxempton"ni tark etadi
"Vulverxempton" bosh murabbiyi Nuno Eshpiritu Santu mavsum oxirida klubni tark etadi.
"Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin 47 yoshli mutaxassis uchun "bo'rilar" boshqaruvidagi so'nggisi bo'ladi.
Malumot uchun, Santu "Vulverxempton"da to'rt yil ishladi. Uning qo'l ostida jamoa chempionshipdan Premer-ligaga yo'l oldi, shundan so'ng ikki yil ketma-ket APLda 7-o'rin egallandi. SHuningdek, jamoa deyarli 50 yil ichida birinchi marta evrokuboklarning chorak finaliga chiqdi (2019/20 yilgi mavsum).
"Vulverxempton" ayni paytda APL turnir jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar