Nunes “Liverpul”da Jo Koulning antirekordini takrorladi
16 avg 2022 08:30
Yangiliklar


Nunes “Liverpul”da Jo Koulning antirekordini takrorladi
Angliya chempionati 2-turida “Liverpul” o'z maydonida “Kristal Pelas” bilan durang (1:1) o'ynadi.
Bahsning 57-daqiqasida “qizillar” forvardi Darvin Nunes raqib himoyachisi Yoakim Andersenga boshi bilan zarba berdi va u maydonga yiqildi. Hakam ushbu vaziyatni urugvaylikni aybdor deb topdi va to'g'ridan-to'g'ri qizil berdi.
SHunday qilib, Nunes 2010 yildan beri ilk bor “Enfild”dagi debyutidayoq maydondan chetlatilgan mersisaydliklar futbolchisiga aylandi. 12 yil oldin Jo Koul “Arsenal”ga qarshi (1:1) bahsda qizil olgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar