Nunes CHempionlar Ligasida o'ynash xohishi sabab MYU va "Nyukasl"ni rad etdi
20 may 2022 12:34
Yangiliklar
Nunes CHempionlar Ligasida o'ynash xohishi sabab MYU va "Nyukasl"ni rad etdi
"Benfika" hujumchisi Darvin Nunes Angliyaning ikki klubi taklifini rad etdi.
22 yoshli urugvaylik futbolchi "Manchester Yunayted" va "Nyukasl"dan taklif oldi, ammo CHempionlar Ligasida o'ynamoqchiligi sabab ularni qabul qilmadi.
Qayd etish kerakki, hujumchi agent Jorje Mendesh bilan hamkorlik qilishni boshladi, u allaqachon PSJ prezidenti Nasser Al Xelayfi bilan aloqaga chiqqan. SHu bilan birga hali Parij klubi va "Benfika" o'rtasidagi muzokaralar bo'lmadi.
Nunes 2021/22 yilgi mavsum lissabonliklar safida barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 34ta gol va 4ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar