Nukusda “Umid nihollari” musobaqasi bo'lib o'tdi
29 noy 2014 16:25
Yangiliklar
Nukusda “Umid nihollari” musobaqasi bo'lib o'tdi
Nukus shahridagi markaziy “Turon” o'yingohida maktab o'quvchilarining “Umid nihollari” o'yinlari dasturidan o'rin olgan futbol turnirining Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichi nihoyasiga etdi.
24-26 noyabr kunlari o'tkazilgan mazkur musobaqada respublikaning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan 15 ta jamoa g'oliblik uchun o'zaro bahs yuritdi. Yakuniy natijalarga ko'ra, Nukus shahri jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. To'rtko'l tumani yosh “charm to'p” ustalari ikkinchi o'ringa sazovor bo'lishdi. Faxrli uchinchi pog'ona Qo'ng'irot tumani maktab o'quvchilariga nasib etdi. SHuningdek, kuchli oltilikdan CHimboy, Nukus va SHumanay tumanlari jamoalari joy olishdi.
Uchrashuvlarni Bektursin Qannazarov, Jolg'ash Sarsenov, Damir Iskandarov singari tajribali hakamlar boshqarib borishdi. Bu musobaqaga bo'lgan etibor va uning saviyasidan darak beradi.
- O'yinlar juda qiziqarli va keskin kurashlar ostida o'tdi, - deydi Qoraqalpog'iston Respublikasi futbol federaciyasi birinchi vice prezidenti Vladimir Nazarov.
– Jamoalarning barchasi g'alabaga bo'lgan irodalarini to'la namoyish etishdi. Kuchlilar haqli ravishda yuqori o'rinlarni egallashdi. Asosiysi, musobaqa davomida kelasi yili Xorazm viloyatida uyushtiriladigan “Umid nihollari-2015” musobaqasining respublika bosqichida qatnashadigan terma jamoamizga nomzodlar saralab olindi. Endilikda, tanlangan futbolchilarimiz bosh murabbiy Temur Turdiev ustozligida tayyorgarlik jarayonini boshlab yuborishadi. Tabiiyki, ularning munosiblari asosiy tarkibga kiritiladi.
Ikrom XUDOYBERGANOV.

championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar