So’nggi yangiliklar

03:10ЕЧЛ. "Бавария"да йирик мағлубият, "Арсенал" ва "Милан"да ғалаба ва бошқа натижалар  4 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" кутилмаганда ПСЖга мағлуб бўлди  68 03:00ЕЧЛ. "Реал Мадрид" "Зальцбург"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  57 00:37Нима? Саудияликлар Винисиус учун "Реал"га 350 млн евро таклиф қилишмоқчи!  12 23:39"Барселона" икки нафар асосий ўйинчиси билан 2030 йилга қадар шартнома имзолайди  1 23:05Европа лигаси. Сульшернинг дебют ўйинида "Бешиктош" "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  6 22:41Рафинья Ла Лигадаги ҳакамлик ҳақида: "Ўйлаётган нарсамни гапирадиган бўлсам, бошқа бу ерда ўйнамаслигим мумкин"  13 22:00Ўзбекистон U-20 терма жамоаси назорат ўйинида Қатарга мағлуб бўлди  21 21:47Уилфрид Заҳа МЛС клубига ўтди  2 21:24ОКМК назорат ўйинида "Урал" билан дуранг ўйнади  0 21:05Максим Шацкихнинг ёрдамчилари "Пахтакор" академиясида иш бошлади  14 20:44Футзал. Марказий ўйинда ОКМК "Оил Стар"га 7 та гол урди, "Сурхон" "Пахтакор"га 5 та урди  0 20:32Расман: Драган Черан “Насаф”га қайтди  15 20:03Расман: Тимур Кападзе - Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи!  259 19:54Эшитдик-да! "Локомотив" билан 10 декабрь куни шартнома тузган футболчи жамоани тарк этди  3

Nozim Mullaoxunov: “UzDongJu”ni o'z o'yin uslubiga ega bo'lishini xohlayman” Yangiliklar

Nozim Mullaoxunov: “UzDongJu”ni o'z o'yin uslubiga ega bo'lishini xohlayman”

Andijonning “UzDongJu” jamoasi bu yil birinchi ligada yomon taassurot qoldirmayapti.
Tarkibi asosan mahalliy futbolchilardan tashkil topgan jamoaga Nozim Mullaoxunov ustozlik qilmoqda. Lak bo'yoq ishlab chiqarish korxonasiga qarashli bo'lgan bu klub bugun “Paxtakor-2”ni qabul qilib 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdan so'ng bosh murabbiydan intervyu oldik.

- Avvalo bugungi o'yin haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?
- Bilasizmi bu o'yindan oldin ikki marta safarda o'ynab keldik. “Kosonsoy” va “Xotira-79” jamoalariga qarshi o'yinlar biz uchun ham sinov ham dars bo'ldi deyish mumkin. CHunki bu jamoalarga qarshi bahslarda zaxirada qolib ketayotgan boshqa yoshlarni ham sinab ko'rib, imkoniyatlarini bilib oldik. Kosonsoyliklarga qarshi o'yinda shogirdlarim irinchi bo'lib hisobni ochganimizdan so'ng g'alaba qozonishimiz aniq degan hayolga borishdi chog'i. Bu esa yakunda qimmatga tushdi. Uychining “Xotira-79” jamoasiga qarshi bahs esa men uchun ham saboq bo'ldi. Tarkibi oliy ligada o'ynagan futbolchilar bilan kuchaytirilgan bu jamoaga ayni paytda tajribali murabbyi Usmon Asqaraliev ustozlik qilmoqda. Bu mutaxassis o'yinni borishiga qarab uni o'zgaritirishni juda yaxshi biladi. SHaxsan men ushbu o'yinimiz davomida bunga amin bo'ldim.

- Bugungi o'yinga keladigan bo'lsak, “Paxtakor-2” bu o'z nomi bilan “Paxtakor”dir! Bu jamoaning yoshlarimi yoki asosiy tarkibi, baribir har bir jamoasi kuchli bo'lib kelgan. Ularning ichki siyosatiga xavas qilsang arziydi. “Paxtakor-2”ning o'yini menga juda ham yoqdi. Garchi ularda ham asosan yoshlar o'ynagan bo'lishiga qaramay, to'pni o'zlarida ushlab turgan xolda, o'yinni o'z nazoratlariga olishni alo darajada uddalashdi. Lekin omad bizga kulib boqdi. Bugungi o'yinda ham bir qator yoshlarni maydonga tushirdi va bu orqali ularni pishitib bormoqdamiz.

- “UzDongJu” bugungi g'alabadan keyin turnir jadvalida 5-o'ringa ko'tarilib oldi. Buni qoniqarli natija desa bo'ladimi?
- Avvalo shuni aytmoqchimanki, jamoani juda kech yig'dik. CHempionat boshlanishiga oz muddat qolganida jiddiy yig'inga kirishganmiz. Lekin rahbariyat tomonidan etibor va g'amxo'rlik yuqori darajada bo'lganligi uchun bu narsa bizga unchalik ham salbiy tasirini o'tkazmadi. Klub mutasaddilari jamoaga barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Yigitlar ham bundan xursand. Oldimizga aniq bir o'rinni egallash vazifasi qo'yilmagan bo'lsa-da, biz stadionga kelgan muxlislarni xursand qilish uchun o'ynaymiz. Biz uchun asosiysi hech qanday bosim yo'q. Bu esa muvaffaqiyatlarimiz garovi bo'lmoqda. Futbolchilarimiz o'yindan o'yinga o'sishga erishmoqda. Birinchi liga o'yinlari 3-4 kunda bir o'tayotgani sababli ham har bir o'yinda tarkibda kichik o'zgarishlar qilib o'ynab kelmoqdamiz. SHuningdek turli xil taktik sxmelarni o'zlashtirishga intilyapmiz. Men shuni istardimki “UzDongJu” o'z o'yin uslubiga ega bo'lishini. Bunga yillar davomida erishish mumkinligini ham juda yaxshi bilamiz. Nasib qilsa 1-2 yildan so'ng o'zimiz istagandek bo'ladi.

- Faoliyatingizga etibor qaratadigan bo'lsak, ilgari qaerda ishlamang doim yana bir mahalliy mutaxassis Abdurashid Ismoilov bilan birga faoliyat yuritib kelgansiz. Bu yil esa ushbu tandemni ko'rmayapmiz. Bu nima bilan bog'liq?
- Ha, to'g'ri aytasiz Abdurashid Ismoilov bilan ko'p yillar davomida hamkorlikda ishlaganmiz. Maxalliy murabbiylar orasida eng tajribalilaridan ekanligiga shubha yo'q. “Andijon” yoshlar jamoasida ham birga ishlab yomon natija ko'rsatmadik deb o'ylayman. Agarda imkoni bo'lsa, Ismoilovni ayni paytdagi jamoamga ham taklif etib birga ishlagan bo'lardim. CHunki u bilan murabbiy sifatida ham inson sifatida ham biz bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Albatta bu futbolda eng muhim omillardan biridir.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика