So’nggi yangiliklar

01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  2 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  2 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8 17:03Ўзбекистон МТЖнинг ноябрь ойидаги йиғин учун тахминий таркиби  58

Noyerning noyob o'yini haqida: bu uslub aslida kim tomonidan yaratilgan? Yangiliklar

Noyerning noyob o'yini haqida: bu uslub aslida kim tomonidan yaratilgan?

Ushbu o'yin uslubini Gollandiyada o'ylab topishgan.

Noyer "Oltin to'p"ni qo'lga kirita olmadi

Manuel Noyer JCH-2014da u dunyodagi eng yaxshi darvozabon ekanini isbotlagan. Ramos va Ronaldu darvozabonni "Bavariya"ga qo'shib CHempionlar Ligasidan chiqarib yuborishgan, biroq terma jamoa bilan birga qirol bo'lgan aynan Noyer edi. Manuelning chiqishlari uni haqli ravishda "Oltin to'p"ga davogarlar uchligiga kiritdi. Eng yaxshilar qisqa-ro'yxatiga kirish noyob hodisa edi. Darvozabonlar oxirgi marta 2006 yil "Oltin to'p"ga davogarlik qilgan. CHinakamiga nomzod bo'la olgan va yakunda mukofotni qo'lga kiritgan posbon Lev Yashin (1963 yil ) bo'lgan.

Bu kurashda Manuel g'olib bo'lishi fantastikadek gap edi, lekin bu qiziq bo'lardi. Odatga aylanib ulgurgan jarayonga o'zgartirish kiritish va yangi yo'lni tanlashdan ko'ra, jurnalist va murabbiylar sinalgan usulni maqul ko'rishdi: "Oltin to'p" Krishtianuga nasib qildi, Noyer esa "bronza" bilan kifoyalandi.

Manuelning buyukligi omadli davrga to'g'ri keldi: giklar (biror narsaga qattiq kirishgan insonlar) taktik tendenciyalarni kuzatib, past baholangan o'yinchilarni yulduzlarga aylantira boshladilar (darvozabon va tayanch yarim himoyachilar). Muntazam pressing qilishni talab qilayotgan zamonaviy futbol o'yinchilardan doimiy rivojlanish, yangi holatlarga tez kirishib ketishni, darvozabonlar birinchi pas beruvchi rolida, hujumchilar esa to'pni raqibdan olib qo'yishda yaxshigina ter to'kishlari talab qilinmoqda.

Ommaviy axborot vositalarining futbolga bo'lgan etibori ortgani sayin Noyer butun darvozabonlar orasida asosiy qahramonga aylandi. U zaif tomoni yo'q, mukammal kiper edi go'yoki. Noyerning noyob usuli hammani hayratga solardi. Aslida bu Manuelning faoliyati yuqori cho'qqisiga chiqishidan ancha oldin o'ylab topilgan uslub edi. Bu narsani birinchi bo'lib Terri Anri yodga oldi — u Yoxan Kroyff davrida, darvozabon-o'yinchilar uchun tendenciya Gollandiyada paydo bo'lganini jurnalistlarga eslatib qo'ydi:

"Biz avval posbonlar yuqori nuqtada o'ynagan sxemalarni, usullarni kuzatganmiz. Lekin biror marta ham kiper darvozadan uzoqlashganini ko'rmaganmiz. Darvozabon u erda ham uzatmalar qiladi, biroq hech qachon himoyachi bilan bir xil, bazan ulardan ham oldinda bo'lmaydi. Ammo Noyer o'ynaganida, xuddi maydonda yana bir qo'shimcha kuch harakatlanayotgandek bo'ladi".

80-yillardagi Gollandiya futboli bilan bog'liq jarayonni Noyerning o'zi ham tasdiqladi. JCHdagi g'alabadan so'ng u uslubi shakllanishiga Edvin van der Sar tasir ko'rsatganini aytdi: "Bir narsani tushuntirishim kerak — bu usulni men o'ylab topganim yo'q. Edvin menga qadar aynan shu yo'sinda harakatlangan, hali ancha yosh paytidayoq. U mening kumirim edi. Men uning hujumkor va darvozabonni ham o'yinga jalb qilish usuliga moslashishga harakat qildim".

Gollandiyada darvozabonlik evolyuciyasi

Darvozabon-o'yinchi roli "Ayaks"da shakllangan, ammo posbonlarga yanada ko'proq vazifa berish g'oyasi ancha avval paydo bo'lgan. "O'yinchi-davrozabon" Gollandiya 60-70 yillarda hech bir qiyinchiliksiz raqiblarini mag'lub etgan "total futbol"ning bir qismi edi. Gollandiyaliklar yarim qanot, poziciyalar almashinuvini qo'llab, birinchilardan bo'lib hujumkor o'yin tashkil qilishda darvozabon yordamidan  foydalanishgan.

Darvozabon-pleymeykerlarni kashf qilish "patenti" Rinus Mixelsga tegishli. U gollandiyaliklarni JCH-74ga tayyorlayotgan bir pallada, to'satdan termaning shubhasiz birinchi raqamini almashtiradi va Pit Sxreyvers o'rniga musobaqaga 33 yoshli Yan Yongblud boradi.

Termaning asosiy posboni sifatida Yanni tanlashgandi – u hech bir qiyinchiliksiz jarima maydonidan tashqarida ham hotirjamlik bilan to'pni nazorat qilar, bazan hujumga ham o'tib ketardi: sababi u 15 yil markaziy hujumchi poziciyasida harakatlangan edi. 1985 yilda darvozabonlik evolyuciyasini Yoxan Kroyff davom ettirdi. Murabbiy bo'lganidan so'ng, Frans Xukni "Ayaks" shtabiga taklif qildi. U o'rtamiyona o'yinchi edi, ammo faoliyatini yakunlaganidan so'ng, kuchli tahlilchi va darvozabonlar murabbiyi bo'lib etishdi.  

Xuk asosan Kroyff tamoyillariga mos darvozabonlar tayyorlash bilan shug'ullanar edi. Uning shogirdlari evropalik hamkasblaridan butkul farq qilardi. Ular maydonda joy tanlash, raqibni uzoq masofaga oshirilgan to'plarini qaytarishda va tezkor qarshi hujumni boshlashda faol edilarXuk faqatgina yakunda to'pni, xavfli vaziyatni qaytaradigan emas, voqealar rivojini seza oladigan, avvaldan ko'ra oladigan,  futbolchilarni tarbiyalardi.

Xuk jamoasi darvozabonlari jarima maydonchasidan ancha uzoqqa chiqib harakat qilishgan va zarba berish sonini kamaytirishgan. To'p majburan orqaga uzatilganda darvozabonlar yangi hujumni boshlashda, raqib pressingidan chiqishda son jihatdan ustunlikka ega bo'lishga zamin yaratardilar. Xukning fikricha, ideal hujumning boshlang'ich nuqtasi – bu markaziy himoyachilar emas, balki darvozabonlardir.

1987 yil Frans "Darvozabonlarni tayyorlashning asosiy qoidalari" nomli o'quv qo'llanmasini chop etdi. Unga Kroyff kirish so'zi yozib berdi: "Darvozabonning rolini ko'pchilik yuqori baholamaydi. Men o'zim uzoq yillardan beri darvozabonlarga muxlislik qilaman. SHunchaki to'plarning aksidan ko'ra, darvozadagi o'yin men uchun muhimroq bo'lgan. "Ayaks"da men doim "yakka qolib ketadigan" o'yinchini bundan qutqarishga harakat qilardim va darvozabonlarni iloji boricha jamoaning umumiy o'yinga qo'shishga intilardim. "Ayaks" darvozaboni – bu o'yinchilar oldinga intilayotganida, ulardan ortda qolib ketmaydigan o'yinchidir. U doim to'pga boshqalardan oldinroq egalik qilish imkonini topishi kerak", – yozadi Kroyff.

Xuk o'zining kitobida faqat himoya bilan cheklanmagan darvozabon oldiga qo'yiladigan zamonaviy talablar haqida batafsil yozgan: "Bugungi kunda bazi bahslarning natijasi posbon to'pni o'yinga qanchalik tez yoki sekin kiritib berishiga bog'liq bo'lib qolgan. Uning bevosita darvozasi dahlsizligini taminlashdagi ishlari kamaygach, har bir darvozabon to'pni o'yinga yaxshi kiritib berishni, hujumlarni boshlay olishni bilishi zarur".

Frans darvozabonlar maydondagi futbolchi singari harakatlanishi uchun mahoratini oshirishni - bosh bilan o'ynash, to'pni olib qo'yish qobiliyati, darvozaga zarba berishni ham bilishini istagan. Darvozabonni jarima maydonchasidan tashqaridagi o'yinga jalb qilish — Xuk falsafasining asosidir.

Noyerning kumiri — van der Sar. U ham xuddi shunday uslubda o'ynagan

Frans Xukning Amsterdam maktabidagi eng taniqli o'quvchilaridan biri Edvin van der Sar hisoblanadi — Noyerning kumiri. Noyer video lavhalari orqali van der Sarning o'yin uslubini o'rganganini ko'p bora takrorlagan: "Uyimda uning o'yinlari tasvirlangan videokassetalar juda ko'p".

Aslida van der Sar karerasining boshida boshqacha usulda o'ynash niyati bo'lgan. Gollandiyalik jurnalist Yap Fisser yosh Edvinga ideal seyv qanday bo'ladi deb so'raganini yodga oladi: "Men undan barcha posbonlarning orzusiga u ham erishishni istashi yo yo'qligi haqida so'radim: to'p darvoza burchagi tomon uchib kelmoqda, u oldinga yuguradi va to'pni ushlab qoladi. Van der Sar esa bu haqida o'ylab ko'rmaganini aytib, menga savol bilan yuzlandi: agar unda shunday orzu bo'lgandachi? Men javob berdim: unda to'p darvozaga borib tushardi, chunki u paytda men orzularim osmonida uchib yurgan bo'lardim".

Van der Sardan so'ng, u o'z orzusi haqida aytib berdi: "Mening orzum shunday: ikki oyoqda turib to'pni ushlab olayotgan paytim qarshi hujum qilishni boshlayman". U hattoki hayolida ham darvozani himoya qilmaydi: to'pni jarima maydoni tashqarisida to'xtatib qo'ya qoladi. Avvaliga van der Sar "Ayaks"ning ikkinchi raqamli posboni bo'lgan, chunki texnik va tajriba jihatdan kuchli bo'lgan Stenli Menzoga raqobatda engilardi. Xuk Stenlining zaif tomonini payqaganida vaziyat o'zgara boshladi:

"Van der Sarning psixologik barqarorligi Stenli Menzoda yo'q edi. U o'yindan oldingi tunda uxlay olmasa ham, psixologik stressga bardosh bera olardi. Van der Sar doim ajoyib formada bo'lgan. Xato qilib qo'ysa ham, hech narsa bo'lmagandek o'yinni yaxshi davom ettirib ketaverardi", — deydi Xuk. Van der Sar "libero" kabi o'ynashi kerak bo'lgan vaqtlarda ham sarosimaga tushib qolmas edi. Uning rivojlanishi Xukning metodlari bilan bevosita bog'liq bo'lgan. Jarima maydonida o'ynash istagi borligining o'zi etarli emasdi. SHu sababli Frans darvozabonlar tayyorlashga bo'lgan munosabatini butunlay o'zgartirdi: "U hech qachon darvozaga shunchki gol urib yuborishlariga yo'l qo'ymaydi. U ko'pincha boshqa futbolchilarni ham darvozabonlar mashg'ulotiga biriktiradi.

Xuk darvozabonlarni iloji boricha oyoqda ko'proq turishga undaydi. U to'p uchun faqatgina zarur pallada kurashish kerak deb hisoblaydi", – tushuntirdi van der Sar.

Noodatiy o'yin uslubining bir qator salbiy tomonlari ham mavjud. Van der Sar "Yuventus"ga o'tganida o'rtamiyona posbonga aylandi. Uning o'yin uslubi Italiya futboliga to'g'ri kelmadi. Italiyaliklar himoyaviy o'yinni afzal ko'radilar — shuning uchun o'yinchilar davrozaga juda yaqin nuqtada harakatlanardi. "Yuventus" murabbiyi Marchello Lippi van der Sarni darvoza chizig'iga "mixlab qo'ydi" va maydonda harakatlanishiga ruxsat bermadi. Asabi metindan bo'lgan darvozabon o'zini ishonchi so'ngan insondek his qildi va shunday deya tan oldi: "To'pni ushlashdan qo'rqib qoldim".

Angliyada faoliyatini qaytadan boshlashiga to'g'ri keldi: avvaliga "Fulxem" darvozasini himoya qildi, keyin esa "Yunayted" yulduziga aylandi. Fergyuson davrida van der Sar o'yinchi-darvozabonlar muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan barcha shart-sharoitlar bor edi: himoyaning juda yuqori nuqtada joylashishi va darvozabon to'p oshirishidan boshlanadigan qarshi hujumlarga urg'u.

Noyer aslida van der Sarning o'yin uslubini "ko'chirib olgani"ga qaramay, Edvin boshqa bir o'yinchini o'ziga o'xshatgan: "De Xea menga o'xshaydi. Hech bo'lmaganda, tashqi ko'rinishi o'xshash. U ham men kabi ozg'in: faoliyatim boshida men ham xuddi u kabi edim. SHuningdek, oyoq bilan yaxshi o'ynay oladi. Zamonaviy futbolda bu narsa juda muhim hisoblanadi. To'pga chiqishga u vaqt o'tishi bilan o'rganib bormoqda va muntazam o'sishga erishmoqda. Ammo ishimizning asosiy qismi — psixologiya. De Xea har qanday bosimni ko'tara oladigan og'ir-bosiq yigitga o'xshaydi", — degandi Van der Sar 2011 yil.

Edvin De Xeani qo'llab-quvvatlagan, biroq uning so'zlari haqiqatga yaqin emasdi. Hammasi oddiy – De Xea va Van der Sar boshqa-boshqa toifadagi posbonlar sirasiga kiradi. Franc Xuk yaratgan tipologiyada darvozabonlar ikki turga ajratilgan — "R" va "A". "R" toifaga reakciyaga tayanuvchi, posbonlar kiradi. Xuk buni isbotlab berish uchun bir nechta posbonni misol qilib keltirgan — "R-darvozabonlar"ga Oliver Kan, Dino Dzoff va Gordon Benksni kiritgan. Xukning fikricha, "R-darvozabon" portreti quyidagicha bo'ladi:

  • o'yin bevosita harakatlar tezligi va reakciyaga bog'liq;
  • himoyadagilarni boshqarishga harakat qiladi, avvaldan ogohlantirish o'rniga baqirish, haqoratli so'zlarni ishlatishni maqul ko'radi;
  • R- toifadagi darvozabonlar odatda to'pga chiqishda, raqib futbolchilari hujumchiga to'pni etkazganda qaysi pallada oldinga chiqishga ikkilanadi;
  • to'pga egalik qilishni ular faqatgina oldinga, uzoq masofaga to'pni oshirib berish deb hisoblashadi;
  • bor etiborini to'p bilan yugurayotgan futbolchiga qaratadi.

Ikkinchisi "A" tipdagi posbonlar — bu erda u tushunarliroq misollar tanlagan: Faben Bartez, Maarten Stekelenburg, va albatta, van der Sar. Ular quyidagi jihatlari bilan noyob hisoblanadi:

  • xavfni avvaldan xis qilib, joyini tark etish, o'rnini o'zgartirish evaziga uning oldini oladilar;
  • vaziyat boshqaruvini o'z qo'llarida to'liq ushlab turadilar va shunga qarab ish tutadilar;
  • osonlik bilan maydondagi futbolchi rolini ham bajarib ketaveradi;
  • etibori raqib futbolchilarining harakatlariga qaratadi;
  • birga-bir vaziyatlarda shoshilmaydi va sovuqqonlikni yo'qotmaydi.

Agar bu tasnifni qisqacha qilib aytadigan bo'lsak, u holda darvozabonlar o'z darvozasiga berilgan zarbani qaytaradiganlar hamda bevosita to'p bilan muomalada bo'lib, ishni zarbagacha qoldirmaydiganlarga bo'linadi.

Edvinning qisqa lavhalarini tomosha qilish uning asosiy vorisiga katta tasir ko'rsatdi. "SHalke"dagi davridan keyin Noyerning asablari butunlay tamom bo'lgandek edi go'yo. U soatlab qisqa va uzun masofaga paslarni mashq qilardi. Xuk metodikalari tufayli Manuel o'yinni o'qiy olishni o'rgandi.

Noyer tufayli van der Sar uslubi butun dunyoni o'ziga mahliyo qildi

Xuk g'oyalari hamda Van der Sar uslubi faqatgina Noyerga tasir qilgani yo'q. 21 asrda darvozabondan ham universallikni talab qilishmoqda — endilikda posbonlar yo "R" va "A" tipiga mos bo'lishi yoki Klaudio Bravo va Jo Xart yo'lidan borishi kerak.

Reakciya, o'yinni o'qiy olish, intellekt va jarima maydonchasi tashqarisida ham emin-erkin harakatlanish uyg'unligiga Alison va Ederson o'yini yorqin misol bo'la oladi. Ularning uslubi shakllanishida o'tmish bilan bog'liqlik ham mavjud. Bekker xuddi Noyer kabi o'ynamoqchi ekanini aytgan, Moraes esa Gvardiola qo'l ostida maksimal darajada zo'r harakatlanmoqda. Pep uni avval boshidan shuning uchun jamoasiga taklif qilgandi. U doimo o'yinchi-darvozabon g'oyasini qo'llab-quvvatlagan: sababi Yoxan Kroyff va Franc Xuk bilan birga ishlagan.

Alisson Braziliyada ekanidayoq Noyerga taqlid qilishni boshlagan. Jarima maydonidan tez-tez chiqish, istalgan masofadan berilgan aniq uzatmalar — Bekker o'yinda hech qachon asabiylashgan yoki o'ziga ishonchi qolmagan futbolchi sifatida namoyon bo'lmagan. "U xuddi hujumchi kabi fikrlaydi va raqib nima qilmoqchi ekanini sezadi – aldamchi harakatmi yoki zarba. U to'p qay yo'sinda kelishini oldindan biladi — erdan, havodan, qanchalik kuchli yoki qaysi yo'nalish bo'yicha", — deydi "Internasonal" klubining darvozabonlar murabbiyi.

Sovuqqonlik va oyoq bilan top-darajada o'yinni "Roma" murabbiflari ham etirof etishgandi. Rimlik darvozabonlar murabbiyi Bekker haqida shunday degan: "U shu qadar og'ir-bosiqki, xuddi parkda do'stlari bilan o'ynayotganga o'xshaydi". Sovuqqonlik va vaziyatga to'g'ri baho bera olish natija olib kelishi turgan gap. "Liverpul"ning "Fulxem"ga qarshi o'tgan mavsum birinchi yarmidagi o'yini bunga yaqqol misol bo'la oladi. Raqib hujumda qoida buzganidan ikki soniya o'tib-o'tmay Alisson to'pni o'yinga kiritib beradi, Alekandr-Arnold qanotdan oldinga "qochib ketadi", braziliyalik to'pni o'yinga kiritganidan 10 soniya o'tgan bir lahzada Salah APLdagi navbatdagi golini nishonlayotgandi.

Ederson ham maydondagi futbolda bevosita ishtirok etishni xush ko'radi. "Siti" skautlari Moraesni kuzatayotganda, u muntazam ravishda qoidalardagi kamchiliklardan o'z jamoasi foydasiga foydalanib qolishga intilishini sezishadi. To'pni darvozadan erkin zarba bilan o'yinga kiritayotganda offsayd qayd etilmaydi – vingerlar raqib futbolchilarini chalg'itib, yuchoriroqqa olib ketgan vaziyatda Moraesning aniq uzatmalari markaziy hujumchilarni qulay nuqtaga chiqib borishini taminlaydi.

Jamoalarning maydonning har bir qismida son jihatidan ustunlikka ega bo'lishga intilishi darvozabonlarga bo'lgan talabning ham o'zgarishiga olib kelmoqda. 2019 yilga kelib darvoza chizig'ida "o'rgimchak odam"dek uchishingizning o'zi etarli emas, golkiper yangi talablarga tayyor bo'lishi zarur. Va faqatgina van der Sara hamda Franc Xuk saboqlarini yod olganlargina eng yaxshilar qatoridan joy olmoqda.


Darvoqe, bugun Germaniya terma jamoasi Gollandiyaga qarshi Evropa CHempionati saralashi doirasidagi uchrashuvda maydonga tushadi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика