Noyer mart oyida mashg'ulotlarga qaytmoqchi
24 fev 2018 15:21
Yangiliklar


Noyer mart oyida mashg'ulotlarga qaytmoqchi
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer mart o'rtasi yoki oxirida mashg'ulotlarni boshlashni maqsad qilgan.
Posbon aprel oxirida futbol uchrashuvlarida ishtirok etishni istamoqda.
31 yoshli darvozabon ayni damda individual programma bo'yicha shug'ullanmoqda. So'nggi kunlarda Noyerni darvozabonlar qo'lqopi bilan trenajyor zalida ko'rishgan.
Nemis futbolchisi o'tgan mavsum chap oyog'ini sindirib olgan edi, sentyabrda esa ushbu shikastlanish qaytalandi va uni operaciya qilishdi.
Oldinroq, darvozabon joriy mavsum oxirigacha safga qaytishga ishonayotgani elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar