Noyer: "Ispaniyaga qarshi sharmandali o'yin ko'rsatdik"
06 dek 2020 14:15
Yangiliklar


Noyer: "Ispaniyaga qarshi sharmandali o'yin ko'rsatdik"
"Bavariya" posboni Manuel Noyer terma bosh murabbiyi Yoaxim Levga imkoniyat berilishi tarafdori.
"Lev bilan uzoq yildan beri birgamiz. Bizning holatimiz kutilganidan ko'ra ancha farq qilmoqda. Buni to'g'rilash kerak.
Albatta, Ispaniyaga qarshi sharmandali o'yin ko'rsatdik. Yangi yilda yaxshiroq o'ynashimiz lozim, ayniqsa, Evroda. Kelajakka yuqori umid bilan boqyapmiz, chunki bizda ishtiyoq yuqori. O'z navbatida murabbiylar shtabi ham o'zgacha kayfiyat bilan navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'radi", - dedi Noyer.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar