Noyer: "Hammasini unutib, zarbalarni qaytarishga urindim"
03 iyu 2016 04:05
Yangiliklar
Noyer: "Hammasini unutib, zarbalarni qaytarishga urindim"
"Men hech qachon bunday uchrashuvda ishtirok etmaganman. Mana buni penaltilar seriyasi desa bo'ladi. Haqiqiy drama! Uch jamoadoshim penaltidan gol ura olmadi, ammo biz g'alaba qozona oldik. Afsuski, asosiy vaqtda raqibni mag'lub eta olmadik. Ammo Italiya juda yaxshi kurashdi. Juda qiynaldik. Penaltilar seriyasida oson bo'lgani yo'q. Asablar sinovi. Hammasi haqida unutib, zarbalarni qaytarishga urindim va yigitlar gol urishiga umid qildim. Asosiysi, biz birgalikda g'alaba qozondik.
Men doimo zarba beruvchiga qarashga intilaman. U qaysi tarafga tepishini bilishga harakat qilaman. Odatda futbolchilar so'nggi onda buni hal qilishadi. Buning ustiga, italiyaliklar ham o'yinimni o'rgangan. Germaniya penaltilar seriyasida yaxshi harakat qiladi deb o'ylaganim yo'q. CHunki bir uchrashuvda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Statistikaga ishonib bo'lmaydi. Faqat o'zingizga tayanasiz" - deydi Noyer.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar