Noyer: "Faoliyatim yakunlanishi mumkin edi"

Aslanov Jasurbek
2 yanv 2019, 20:31
"Bavariya" va Germaniya termasi darvozaboni Manuel Noyer 2017 yilda oyog'idan olgan jarohatini esladi.

"Hozirda men mashg'ulotlarni to'laqonli o'tkazishim mumkin. Hech qaerim og'rimaydi. To'g'risini aytsam, yana futbolga qaytganimdan va shunday holatda ekanligimdan xursandman. Agarda jahon chempionatidan oldin ham shunday jarohat olganimda faoliyatim yakunlanishi mumkin edi.

Hozirda holatim juda yaxshi va futbol bilan xayrlashmadim. Menda o'yinga va sovrinlarga tashnalik juda kuchli. Faoliyatimni ancha vaqt davom ettirishni istayman", - dedi Noyer.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Suddeutsche Zeitung