Noyer: “Bizga ishonch va bosiqlik etishmadi”
15 sen 2019 09:35
Yangiliklar


Noyer: “Bizga ishonch va bosiqlik etishmadi”
“Bavariya” posboni Manuel Noyer Germaniya chempionati 4-turida “RB Leypig”ga (1:1) qarshi bahsdan keyin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Birinchi bo'limdagi ustunligimizni yanada mustahkamlashimiz lozim edi. Barcha savollarga javob berishimiz, hech bo'lmaganda 1:0 hisobini saqlab qolishimiz kerak edi. Bu durang bizni biroz “ritm”dan chiqarib yubordi, chunki o'yinda biz to'liq ustunlik qilgandik. Tanaffusdan keyin yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Bizga sovuqqonlik va ishonch etishmadi. Kelajakda aynan shu kamchiliklarimizni bartaraf etish ustida ishlaymiz va yaxshi natijalarni qo'lga kiritamiz”, deydi Noyer.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar