So’nggi yangiliklar

09:40"Барселона" Маркус Рэшфорд келажаги борасида бир қарорга келди  1 09:13"Локомотив" легионери биринчи турдан сўнг жароҳат олди  0 08:45Суперлига. "Локомотив" – "Сурхон" 3:1  1 08:45"Реал" етакчилари "Манчестер Сити"га қарши учрашувда майдонга тушмайди  1 08:35Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" 1:2  0 08:19Эрон футбол федерацияси президенти эронликларни ЖЧ-2026 да иштирок этмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  9 07:52Ямал ХХI асрда ушбу натижага эришган илк футболчи  0 07:26Суперлига. Бугун 1-тур якунланди  4 07:00Эрон терма жамоаси ЧМ-2026 да иштирок этмаслиги мумкин — Маrcа  6 03:20А Серия. "Наполи" ва "Интер"да ғалаба  1 03:10Лига 1. ПСЖ меҳмонда минимал ҳисобдаги ғалабага эришди  0 02:56Ла Лига. "Атлетико" 90+4 дақиқада гол уриб, "Реал Овьедо"ни мағлуб этди, Альварес чемпионатдаги 14 ўйинлик голсиз сериясига якун ясади  3 02:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Насср" меҳмонда қийин ғалабага эришди, Роналду пенальтидан фойдалана олмади  14 01:30АПЛ. "Лидс" — "Манчестер Сити" 0:1  11 01:05Бундеслига. Интрига ўлди-ми? "Бавария" "Дер Классикер"да "Боруссия Дортмунд"ни мағлуб этиб, жадвалда ундан 11 очко олдинлаб кетди  9

Noxush ananamiz tugaydigan kun... Yangiliklar

Noxush ananamiz tugaydigan kun...

Bugun JCH-2026 hamda OK-2027 qo'shma saralash bosqichi "E" guruhida 2-tur doirasida O'zbekiston terma jamoasi Eronni qabul qiladi.

18:00da start oladigan bahsga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi.

Uzbekistan

Oston Urunov - 52', Igor Sergeev - 83'

World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. E . 2-tur

21/11/2023, 18:00

2
:
2
Tugadi

Iran

Ramin Rezaeian - 14', Mehdi Taremi - 38'

Stadion: 32551 tomoshabin

45'
90'
3'  Khusniddin Alikulov
52'  Oston Urunov
62'  Jaloliddin Masharipov (Abbosbek Fayzullayev)
76'  Farrukh Sayfiev
82'  Rustamjon Ashurmatov (Igor Sergeev)
83'  Igor Sergeev
89'  Oston Urunov (Abdukodir Khusanov)
14'  Ramin Rezaeian
38'  Mehdi Taremi
44'  Saman Ghoddos (Ali Karimi)
48'  Hossein Kanaani
75'  Sardar Azmoun (Roozbeh Cheshmi)
75'  Mohammad Mohebi (Mehrdad Mohammadi)
80'  Ali Karimi
90'  Milad Mohammadi (Ehsan Haji Safi)
90'  Mehdi Torabi (Reza Asadi)

Forslarga qarshi uydagi o'yinlarda qora ananamiz bor. SHu kungacha biror marta o'z maydonimizda bugungi raqibni engmaganmiz va bor yo'g'i bir marotaba gol urganmiz xolos. Bu juda yomon statistika. Afsuski, shunday.

Srechko Katanec boshchiligidagi terma jamoamiz 5 kun oldin Turkmanistonga qarshi yaroqsiz suniy maydonda qiyin vaziyatdan chiqib ketishdi. Terma jamoa ko'rsatgan xarakter bugungi o'yinga ijobiy nigoh bilan qarashga undamoqda. Turkmanlarga qarshi bellashuvda gol o'tkazib yuborganimizdan keyin negadir futbolchilar "uxlab qolishdi". Go'yoki ular o'yindan uzilib qolgandek tasavvur paydo bo'ldi. Yaxshi ham o'sha kuni 1-bo'lim tugab qoldi va tanaffusdan so'ng yigitlar o'zlariga kelib olishdi. O'sha kungi o'tkazilgan goldan keyingi 4 daqiqa Katanec uchun katta foyda keltirishi mumkin. CHunki, murabbiy Erondek xatolarni kechirmaydigan jamoaga qarshi o'yin oldidan har qanday kamchilikni rasmiy o'yinda ko'rib olgani muhim.

SHomurodov va SHukurov avvalgi o'yinda haqiqiy etakchilikni ko'rsatishgandi. Bugun ham ulardan o'shanday xarakter kutamiz. Bundan tashqari, Turkmanistonga qarshi bellashuvda Abbosbek Fayzullaevning tushishi ham o'yinimizni kuchaytirgandi. Rossiyada ko'pchilikning yoqimtoyiga aylanib ulgurgan Abbosbekdan bugun ham ko'p narsa kutyapman.


Eron qanday vaziyatda bo'lishidan qati nazar doim bizni qiyin ahvolda qoldirib ketgan. Eron deganda ko'pchilikning ko'z oldiga yomon xotiralar keladi. Lekin, bugun shaxsan o'zim terma jamoamiz nihoyat forslarni uyda mag'lub etadi deb o'ylayapman. SHunga ishonyapman. Terma jamoamiz hozir Eronni taslim etishga qodirdek ko'rinmoqda. Katanec MTJni katta o'yinlarga tayyorlay olgan deb o'ylayman. Balki bugun chiroyli va hujumkor o'yin ko'rmasmiz. Lekin, bosh murabbiy natija uchun o'ynashni qoyillatishiga ishonyapman. Bugun 3 markaziy himoyachili qo'rg'onimiz o'zini ko'rsatishiga va raqibga imkon bermasligiga ishonyapman.

Nasib qilsa bugun 18:00 da "Bunyodkor" stadionida ko'rishamiz. Futbolchilarimizga g'alaba yor bo'lishini tilab qolamiz! Olg'a, O'zbekiston!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика