So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Noto'g'ri chetlatish va qoidabuzarlikdan keyin urilgan gol. Superliganing 4-turida hakamlar nechta xatoga yo'l qo'ydi? Yangiliklar

Noto'g'ri chetlatish va qoidabuzarlikdan keyin urilgan gol. Superliganing 4-turida hakamlar nechta xatoga yo'l qo'ydi?

Eng bahsli epizodlarni tahlil qilamiz.

Championat.asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali muallifi) Superliganing 4-tur o'yinlaridagi bahsli holatlarni ko'rib chiqdi.


"Buxoro" - "Bunyodkor"

Hakamning o'yinni davom ettirish haqidagi qarorini qo'llab-quvvatlayman, VAR vaziyatga noto'g'ri aralashdi. "Buxoro" futbolchisi to'pga o'ynash imkoniyatiga ega edi, lekin bu imkoniyatdan foydalanmadi va to'p yonidan "elday uchib", "Bunyodkor" futbolchisi bilan to'qnashuvga o'zi sababchi bo'ldi. Bu vaziyatda qoida buzilishi yo'q, shu bois penalti belgilanishi kerak emas.

VIDEO


"Surxon" - "Qo'qon-1912"

Mening fikrimcha, bu qo'pollik uchun chetlatish emas, balki sariq kartochka ko'rsatilishi lozim. "Qo'qon-1912" o'yinchisi chindan ham raqibiga qo'l bilan zarba bergan, lekin bu harakatda zarba kuchi va aniq mo'ljal etishmaydi. VAR uchun ham bu aralashishga loyiq holat emas, chunki qizil kartochka berilishi uchun yuqorida sanab o'tilgan mezonlar etarli emas.

VIDEO


"Surxon" - "Qo'qon-1912"

Bu erda chetlatish haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas. "Qo'qon-1912" jamoasi o'yinchisi qo'pol o'ynayapti, kontakt darajasi ancha yuqori, yuqoridan pastga harakat mavjud. Bu vaziyatda qoidabuzar kontakt oqibatlarini yumshatishga urinilmagan, qoidabuzar futbolchi oyog'ini tortib olishga yoki hech bo'lmaganda uni bukishga harakat qilmagan. Shundan so'ng, kamida bir nafar o'yinchi ("Qo'qon-1912"ning 11-raqamli futbolchisi) sport xos bo'lmagan xatti-harakati uchun sariq kartochkaga loyiq – u hakam bilan juda keskin tarzda bahslashdi.

VIDEO


"Sho'rtan" - "Nasaf"

"Nasaf"ning goli noto'g'ri hisobga olindi. Golga aylangan zarbadan bir necha soniya oldin mehmon jamoasi o'yinchisi qo'pol harakat qildi. Bu erda orqadan turtish holati sodir etilgandi, bundan tashqari, u "Sho'rtan"ning hujumini to'xtatmoqchi ekani yaqqol ko'rinib turgandi. Bu holatda sariq kartochka ko'rsatish shart emas. VAR epizodga aralashib, darvoza ishg'ol qilinishidan oldin qoida buzilganligini ko'rsatishi mumkin edi.

VIDEO


"Sho'rtan" - "Nasaf"

Hakamning "Nasaf" darvozasiga penalti belgilash qarorini qo'llab-quvvatlayman. Mehmon jamoa himoyachisining harakatlari to'pga emas, balki to'pni oldinga yo'naltirib o'tib ketmoqchi bo'lgan raqibiga qaratilgan. U qo'lini raqib hujumchisining yuziga biroz cho'zgan holda atayin u tomon yugurgan. Bu holat ehtiyotsiz fol bo'lib, sariq kartochka bilan jazolanishi kerak.

VIDEO


"Andijon" - "Mashal"

To'pning qaerga tekkani haqida to'liq ishonch hosil qilish uchun qo'shimcha rakurslar etishmaydi. Biroq, mening fikrimcha, bu holatda to'p "Andijon" himoyachisining qo'liga emas, balki ko'kragiga tegdi, aks holda to'p biroz boshqa tomonga sapchigan bo'lardi. O'yinni davom ettirish to'g'risidagi qaror to'g'ri bo'ldi.

VIDEO


OKMK – "Dinamo"

Jarima maydonida oddiy kurash yuz berdi. "Dinamo" hujumchisi bilan OKMK himoyachisi o'rtasida arzimas to'qnashuv sodir bo'ldi. Bunday holatlarda penalti belgilanmasligi kerak, VAR ham to'g'ri qaror qabul qilib, vaziyatga aralashmadi.

VIDEO


OKMK – "Dinamo"

OKMK himoyachisining qo'pol harakati ham qo'pol o'yin, ham raqibning istiqbolli hujumini to'xtatish hisoblanadi. Bunda ortiqcha tajovuzkorlik, kuchli zarba va "Dinamo" o'yinchisiga jarohat etkazish maqsadi mavjud emas. Shuning uchun bu holatda sariq kartochka berish kifoya.

VAR epizodga aralashdi, chunki u mazkur vaziyatni gol urish uchun aniq imkoniyatdan mahrum qilish deb hisoblagan bo'lishi mumkin. Ammo bu erda darvozagacha masofa uzoq, OKMKning ikkinchi himoyachisi ham yaqin turgan edi. Hakam dastlabki qarorini o'zgarishsiz qoldirib, to'g'ri ish qildi.

VIDEO


Shu tariqa, Superliganing 4-turida hakamlar ikkita xatoga yo'l qo'yishdi: "Qo'qon-1912"ning birinchi chetlatilishi hamda "Nasaf"ning goli.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика