Norvich Siti uch yillik tanaffusdan keyin APLga qaytdi
28 apr 2019 07:28
Yangiliklar


Norvich Siti uch yillik tanaffusdan keyin APLga qaytdi
CHempionshipning 45-turida “Norvich” futbolchilari “Blekbern Rovers”ni mag'lub etishdi.
Norijdagi “Kerrou Roud” stadionida kechgan bahs 2:1 hisobida Daniel Farke shogirdlari foydasiga hal bo'ldi. G'oliblar safida yarim himoyachi Marko SHtayperman va Mario Vranchich gol kiritgan bo'lishsa, raqib safida Lyuis Trevis gol urishning uddasidan chiqdi.
SHu tariqa mavsum yakunlanishiga bir tur qolganida “Norvich” turnir jadvalida kamida ikkinchi pog'onada qolishi malum bo'ldi. Jamoa uch yillik tanaffusdan keyin yana premer ligaga qaytdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar