"Norvich" hujumchisi Pukki rossiyalik futbolchining rekordini takrorladi
24 avg 2019 17:33
Yangiliklar
"Norvich" hujumchisi Pukki rossiyalik futbolchining rekordini takrorladi
"Norvich" hujumchisi Teemu Pukki Angliya premer-ligasi tarixida dastlabki 3ta o'yinda 5ta gol urgan ikkinchi o'yinchiga aylandi.
Pukki 1-turda "Liverpul" (1:4) ga qarshi o'yinda raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, "Nyukasl" (3:1) bilan o'yinda xet-trik qayd etgan edi.
Hozir davom etayotgan "CHelsi"ga qarshi o'yinda esa chempionatdagi beshinchi golini urdi.
SHunday qilib, u rossiyalik Pavel Pogrebnyakning rekordini takrorladi.
Pogrebnyak 2012 yilda "Fulxem" tarkibida dastlabki uchta o'yinda beshta gol urishga erishgan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar