“Norvich” etakchisi “Aston Villa”ga o'tadi. Unga “Arsenal” qiziqqandi
06 iyu 2021 21:35
Yangiliklar
“Norvich” etakchisi “Aston Villa”ga o'tadi. Unga “Arsenal” qiziqqandi
“Norvich” yarim himoyachisi Emiliano Buendia faoliyatini “Aston Villa”da davom ettirishga yaqin.
Jurnalist Nikola Skiraning xabar berishicha, birmengemliklar 24 yoshli futbolchining transferiga bonuslarsiz 36 mln evro sarflaydi.
Qayd etilishicha, argentinalik “Aston Villa” bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolaydi va u har mavsumda 3 mln evrodan ishlab topadi.
Avvalroq, “Arsenal” Buendiaga qiziqish bildirgandi. U o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 41 uchrashuvda qatnashib, 15+17 natijaga erishdi.
O’xshash yangiliklar
03:00
"Nyukasl" javob uchrashuvida ham "Arsenal"ni mag'lubiyatga uchratib, Liga kubogi finaliga yo'l oldi! 4
Fikrlar