So’nggi yangiliklar

17:16"Арсенал" АПЛ юлдузи билан шартнома имзоламоқчи  0 17:05Футзал. ОКМК ярим финалнинг жавоб баҳсида БМБ билан тўқнаш келмоқда  0 16:30Ўзбекистон Кубоги. 3-тур дисквалификациялари: ОКМК, "Сурхон" ва "Шўртан" 1 нафардан йўқотишга эга  0 16:15"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  11 15:58Ўзбекистон Кубогида нима гап?  5 15:48Ўзбекистоннинг БАА ҳамда Қатарга қарши учрашувлари учун ҳакамлар тайинланди  14 15:48Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" 9:0 ҳисобида ютгани фойдасизми? "Насаф" 1:0 ҳисобида ютса, кейинги босқичга чиқадими?   6 15:31"Футбол олами". Водий дербисида "Нефтчи"да ғалаба, "Пахтакор"да 6:0, Қаршида жанговар дуранг ёхуд 9-тур ҳақида батафсил  0 15:20Эшитдик-да! CAFA U-17 мусобақасида Ўзбекистон U-16 терма жамоаси қатнашади  0 15:00Про лига. 6-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  1 14:39МЮ Европа Лигасидаги эҳтимолий ғалабани нишонламоқчи эмас  3 14:11Анчелоттининг ўғли "Рейнжерс"ни бошқариши мумкин  2 13:42"Ноттингем Форест" эгаси омма олдида бош мураббийга нисбатан ғазабини намоён қилди  3 13:15"Барселона" Флик ва Шенснига янги шартнома таклиф этди  6 12:48"Наполи" Де Брюйнега қанча маош беришга тайёрлиги маълум  3

APL. 5ta gol urilgan bahsda "CHelsi" g'alabaga erishdi Yangiliklar

APL. 5ta gol urilgan bahsda "CHelsi" g'alabaga erishdi

"Norvich" hamda "CHelsi" o'rtasidagi Angliya Premer-ligasining 3-tur uchrashuvi yakuniga etdi.

Norwich City

Todd Cantwell - 6', Teemu Pukki - 30'

Premier League . 3-tur

24/08/2019, 17:30

3
:
2
Tugadi

Chelsea

Tammy Abraham - 3', Mason Mount - 17', Tammy Abraham - 68'

Stadion: Carrow Road, 27032 tomoshabin

Bosh hakam: Martin Atkinson

45'
90'
6'  Todd Cantwell
6'  Teemu Pukki
30'  Teemu Pukki
30'  Emiliano Buendia
43'  Marco Stiepermann
81'  Marco Stiepermann (Dennis Srbeny)
81'  Tom Trybull (Mario Vrancic)
81'  Moritz Leitner (Kenny McLean)
3'  Tammy Abraham
3'  Cesar Azpilicueta
17'  Mason Mount
17'  Christian Pulisic
33'  Jorginho
68'  Tammy Abraham
68'  Mateo Kovacic
75'  Tammy Abraham (Olivier Giroud)
84'  Christian Pulisic (Willian)
90'  Mason Mount (Marcos Alonso)


"Norvich" – "CHelsi" 2:3

"Karrou Roud"

Gollar: 0:1 – 3 Abraxam, 1:1 – 6 Kentuell, 1:2 – 17 Maunt, 2:2 – 30 Pukki, 2:3 – 68 Abraxam.

"Norvich": Krul, Aarons, Xenli, Godfri, Lyuis, Lyaytner (Maklin, 81), Tribull (Vranchich, 81), Kentuell, SHtipermann (Srbeny, 81), Buendia, Pukki.

"CHelsi": Arrisabalaga, Aspilikueta, Kristensen, Zuma, Emerson, Jorjino, Kovachich, Barkli, Maunt (Alonso, 90), Pulishich (Villian, 84), Abraxam (Jiru, 75).

Ogohlantirishlar: Jorjino (33), SHtipermann (43).


APL turnir jadvali bilan tanishing.


Uchrashuv yakunlandi!

90+4. Bechora Zuma! Kurt Zuma to'p uchun ikkinchi qavatdagi kurashda erga noqulay tushdi, ammo o'rnidan turdi va bahsni davom ettirmoqda.

90+2. Barkli! Ross "Norvich" darvozasining yaqin burchagiga zarba berdi, ammo Krul xavfni bartaraf etdi.

90+1. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. Maunt erga o'tirib oldi va shifokorlar unga yordam ko'rsatishmoqda. Markos Alonso esa maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

84. Pulishich o'rniga Villian maydonga tushdi. Bu bahs braziliyalik yarim himoyachi uchun 200-o'yin bo'ladi.

78. "CHelsi"ning goli hisobga olinmadi, Jiru to'pga chiqishda Tim Krullga halaqit qilgan ekan.

77. Aspilikueta o'ng qanotdan to'pni erlatib markazroqqa uzatdi, to'pga yaqinlashayotgan Maunt uni o'tkazib yubordi, Barkli esa uni to'xtatdi va zarba berdi. To'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi.

69. GOOOL! ABRAXAM DUBL QAYD ETDI! Abraxam kamsonli "Norvich" himoyachilari oldida Kovachich uzatgan to'pni qabul qildi va biroz o'ngroqqa surilib, darvozaning chap burchagiga zarba berdi. Bu safar Krul zarbani qaytara olmadi. 2:3

66. Barkil to'pni qabul qildi va uni o'ng oyog'iga to'g'irlab, Krul darvozasiga aniq zarba berdi. Biroq "Norvich" posboni to'pni ushlab oldi.

61. ZARBAAA! Emerson Barklidan to'pni qabul qildi va o'ziga to'g'irlab, darvoza tomon zarba berdi, ammo Tim Krul to'pni egallab oldi.

56. "CHelsi" futbolchilari raqibni o'z jarima maydonchasiga qamab qo'yishdi, ammo mezbon jamoa vakillari himoyada ishonchli harakat qilishmoqda.

49. Kovachich qanotga o'tib, to'pni yuqoridan orqaroqqa tashladi, ammo mezbon jamoa himoyachisi to'pni qaytardi. Jorjino qaytgan to'pni ilib oldi va darvozaga zarba berdi. To'p "Norvich" futbolchisiga tegib maydonni tark etdi. Burchakdan uzatilgan to'p esa "aristokratlar"ga naf keltirmadi.

46. Ikkinchi bo'lib boshlandi.

- Bizdan uzoqlashmang, etiboringizga qaynoq suratlarni taqdim etamiz.

- Uchrashuvda kiritilgan gollarni TELEGRAM kanalimizda tomosha qilib, ko'chirib olishingiz mumkin.

Tanaffus

45+1. Uchrashuv asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Aspilikueta o'z qanotida raqibini aldab o'tdi va to'pni jarima maydonchasiga tashladi, darvozabon to'pni maydondan chiqarib yubordi. Burchak zarbasidan so'ng "Norvich" qarshi hujumga o'tdi, Pukkiga uzatilgan to'pga birinchi bo'lib Kepa etib keldi va xavfni bartaraf etdi.

44. Sariq kartochka. SHtipermann "CHelsi" futbolchisiga qo'pollik ishlatgani uchun jazolandi.

43. Uzatmalar soni: 255 - 235

Uzatmalar aniqligi: 86% - 86%

38. Pulishich o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichiga tashlashga urindi, ammo pas kuchliligi tufayli, to'p qarama-qarshi qanotga o'tib ketdi.

34. Zarba! "Norvich" himoyachisi "CHelsi" jarima maydonchasi ichida darvoza tomon zarba berdi. Bu safar Arrisabalaga to'pni ushlab oldi.

31. GOOOL! Yana hisob tenglashdi! Pukki o'zining chempionatdagi 5-golini urdi. Teemu Bunedia uzatgan to'pga Zumadan oldinroq chiqdi va Kepa qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi. 2:2


25. Zarbaaa! Kristensen burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvoza tomon yo'lladi, "Norvich" posboni Krul qiyinchilik bilan to'pni qaytarib qoldi.

17. GOOOL! Maunt yana "CHelsi" safida gol urishga muvaffaq bo'ldi. Kovachich markazdan uzatgan to'pini Pulishich Meysonga berdi. Maunt esa raqib jarima maydonchasi markaziga o'tib, darvozani ishg'ol qildi. 1:2

16. "CHelsi" raqib darvozasidan 40 metr uzoqlikda jarima zarbasiga ega bo'ldi. To'p standartdan jarima maydonchasiga uzatildi, biroq himoyachilar to'pni o'z darvozasidan uzoqlashtirib yuborishdi.

10. Dastlabki 10 daqiqada to'pga egalik qilish bo'yicha "Norvich" ustunlik qildi. 66%-34%

9. Eslatib o'tamiz, "Norvich" hujumchisi Temmu Pukki joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 4ta gol urgan ikkita futbolchining biri bo'lib turibdi. "Manchester Siti" yarim himoyachisi Raxim Sterling hisobida ham 4ta gol mavjud.

6. GOOOL! "Norvich" tezda javob qaytardi! 1:1! Mezbon jamoa to'purari Pukki to'pni darvozabon maydonchasida turgan Toddga uzatdi, Kantuell esa to'pni darvozaga burdi va hisobni tenglashtirdi.


3. GOOOL! Abraxam! 0:1! Aspilikueta qanotdan uzatgan to'pni Temmi Abraxam darvozaga oyog'i bilan joylab qo'ydi.


1. Uchrashuv boshlandi.

- Jo Koul va Piter Krauch ushbu bahsda tahlilchi sifatida ishlashmoqda.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi, chimga ishlov berayotgan xodimlar esa asta-sekinlik bilan maydonni tark etishmoqda.

- Assalomu alaykum saytimizning qadrli muxlislari, bir necha daqiqalardan so'ng APLning 3-turidan o'rin olgan "Norvich" hamda "CHelsi" uchrashuvi start oladi va bu bahsni siz bilan birga kuzatib boramiz.

"Norvich""CHelsi" 2:3 LIVE

"Karrou Roud"

Gollar: Kentuell 6, Pukki 31 - Abraxam 3, 69, Maunt 17.

"Norvich": Krul, Lyuis, Xenli, Aarons, Godfri, Buendia, SHtipermann, Tribull, Lyaytner, Kentuell, Pukki.

"CHelsi": Arrisabalaga, Kristensen, Aspilikueta, Zuma, Emerson, Kovachich, Maunt, Pulishich, Jorjino, Barkli, Abraxam.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика