Norvegiyada Holand haykali o'g'irlab ketildi
26 avg 2022 21:09
Yangiliklar
Norvegiyada Holand haykali o'g'irlab ketildi
Norvegiyaning Bryun shahrida "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holandning yog'och haykali o'g'irlangan.
Mahalliy "Jærbladet" nashriga ko'ra, og'irligi deyarli 600 kg bo'lgan uch metrli yog'och haykal 24 avgust kuni joyidan topilmagan.
SHu bilan birga, o'g'rilar allaqachon haykal egalari bilan bog'lanib, haykalning ko'rinishi unchalik jozibali bo'lmagani uchun uni o'g'irlaganliklarini malum qilishgan.
Nashrning yozishicha, 22 avgust kuni postament oldida yuk mashinasi ko'rinish bergan. Aytishlaricha, aynan o'sha mashina haykalni olib ketgan.
Fikrlar