Norvegiya termasining 15 yoshli futbolchisi Evrosaralashlar tarixidagi eng yosh o'yinchiga aylandi
14 okt 2014 12:43
Yangiliklar
Norvegiya termasining 15 yoshli futbolchisi Evrosaralashlar tarixidagi eng yosh o'yinchiga aylandi
Futbol bo'yicha Norvegiya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Martin Edegor Evropa chempionati saralash bahslarida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi, deya xabar bermoqda Infostrada.
15 yoshli futbolchi Bolgariya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda (2:1) 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, Evro-2016 saralashidagi ilk o'yinini o'tkazdi.
SHunday qilib, 15 yoshu 300 kunligida terma jamoa libosida maydonga tushgan Edegor Evropa miqyosida rekord qo'ydi.
Qayd etish joiz, Stremsgodset o'yinchisi milliy terma jamoada avvalroq – 27 avgust kuni BAA termasiga qarshi kechgan bahsda (0:0) debyut qilib bo'lgandi.
Etiborli tomoni, Martin Edegor Norvegiya chempionatida gol urgan eng yosh futbolchi ham hisoblanadi.

Fikrlar