So’nggi yangiliklar

16:21Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон кучли жамоа. Буни қўрққанимдан эмас, ҳурмат юзасидан айтяпман"  0 16:00Суперлига. "Динамо" – "Андижон" (матнли трансляция)  4 15:36Холанд Криштианунинг "абадий" рекордини янгилай оладими? Бунга неча йил талаб этилади?   8 14:44Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U-23 Вьетнамни мағлуб этди  4 14:24ПСЖ Винисиус учун лойиҳа тайёрламоқда. Парижликлар бразилияликни текинга қўлга киритишмоқчи  3 13:22Гарсия "Реал"дан кетадими?  2 12:04"Манчестер Юнайтед" Онана бўйича қарор қабул қилди  1 11:24АПЛ клублари "Бавария" кўзлаган ўйинчини илиб кетмоқчи  0 10:49"Барселона"нинг икки нафар футболчиси турк клубига ўтиши мумкин  7 10:22Ҳиндистон Аргентина билан ўртоқлик учрашуви учун катта миқдорда пул тўлайди ва бир нечта шартлар қўяди  17 09:55"Ливерпуль" Салоҳнинг ўринбосарига 200 миллион евро тўлашга тайёр  4 09:27Флорентино Перес муддатидан аввал президентликдан кетмоқчи  18 09:00Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди  32 08:32Суперлига. Бугун "Динамо" учинчи ўринга кўтарилиб олиши мумкин  9 08:05Миср терма жамоаси устози кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  28

Norvegiya 99,9% JCHda! Estoniyaga qarshi kechgan qiyin o'yin taqdiri 6 daqiqada hal qilindi! Yangiliklar

Norvegiya 99,9% JCHda! Estoniyaga qarshi kechgan qiyin o'yin taqdiri 6 daqiqada hal qilindi!

Italiya bunga yo'l qo'ymasligi uchun nima qilish zarur?

Jahon chempionatiga 28 yilda ilk bor chiqish uchun Norvegiya o'z uyida estoniyaliklarni mag'lub etishi va Italiyaga o'ta yirik hisobda mag'lub bo'lmasligi talab qilinardi – aniq hisob esa har ikki termaning bittadan uchrashuvidan so'ng malum bo'lardi. 

Birinchi vazifani skandinavlar muvaffaqiyatli bajara olishdi, lekin oson bo'ldi deyish qiyin.

Norvegiya to'p nazoratini ilk daqiqalardan o'z qo'liga Oldi — 80%, qatorasiga ikkita burchak zarbasi, dastlabki 8 daqiqada esa 4 ta zarba yo'lladi. Shunga qaramay, estoniyaliklar ancha vaqtgacha qarshilik ko'rsatishdi. Vaqti-vaqti bilan ular o'yinni o'z darvozalaridan biroz uzoqlashtirishni ham uddalashdi. 

Shu o'rinda, muxlislarning yodida bo'lsa ajab emas norvegiyaliklar aynan Estoniya darvozasiga guruhdagi raqiblar orasida eng kam gol urishga muvaffaq bo'lgandi: Italiyaga — 3 ta gol, Isroilga — 4 va 5 ta, Moldaviyaga — 5 va 11 (!). Estoniya bilan birinchi bahsda esa minimal g'alaba rasmiylashtirilgandi (1:0).

Xoland va Syorlot maydonda bo'lsa ham norvegiyaliklarga hujumlarni aniq yakunlovchi zarba etishmasdi. G'alatiroq tuyulishi mumkin, ko'rmaganlar ishonmasligi ham mumkindek, ammo 30-daqiqada aniq zarbalar bo'yicha Estoniya oldinda edi — 1:0. Umumiy zarbalar soni esa 2:11...

Birinchi bo'limda muxlislar gol ko'rishmadi. O'yindan kelib chiqsak, durang bo'lim uchun adolatli yakun edi: skandinavlar maydondagi katta ustunlikka qaramay, birorta yuz foizlik vaziyat yarata olishmadi va 0,85 xG qayd etishdi.

Tanaffusdan qaytgach, Norvegiya darhol ishga jiddiy kirishdi va omad ham ular tomonga o'girildi. Estoniyaliklar bor kuchlari bilan raqibga qarshilik qilishardi, ammo Bergening o'ng qanotdan amalga oshirgan uzatmasidan keyin Syorlotni zararsizlantira olishmadi. Birinchi gol xursandchiligi tugab ulgurmay, "Atletiko" hujumchisi esa dublga erishdi. Bu safar assist "Borussiya Dortmund" vakili Yulian Ryuerson hisobiga yozildi. Natijada, 52-daqiqadayoq bu bahsda sensaciya bo'lmaligi aniq bo'lib ulgurdi.

Shunday bo'lsada, skandinavlar to'xtashni istamasdi! Elkadagi bosim yuki yo'qolib, shunchaki futboldan zavq olish imkoni paydo bo'ldi. Ryuerson yana to'pni havodan jarima maydonchasiga yo'lladi, oxirgi zarbani bu safar Erling Xoland amalga oshirdi. 6 daqiqa ichida 3 ta gol!

Uchinchi gol ortidan to'rtinchisi ham o'zini uzoq kuttirmadi. David Mellr uzoq burchakni nishonga olib to'pni uzatdi, Xoland esa aynan shuni kutib turgandi. Erling — joriy mavsum 30 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Buning uchun unga bor yo'g'i 19 ta uchrashuv etarli bo'ldi! Haqiqiy kiborg!

O'yindagi so'nggi gol esa norvegiyaliklar darvozasiga urildi. Himoyachilar Robi Saarma osonlik bilan qochib ketib, Nyulandning harakatlariga qarama-qarshi yo'nalishda zarba berishga imkon yaratib berishdi. Dastlabki 50 daqiqada jamoalar birorta gol ura olmagan bo'lsa, keyingi 15 daqiqada — "srazu" 5 ta. Qolgan daqiqalarda jamoalar final hushtagini kutib harakat qilishdi. Faqat bir vaziyatda rikoshetdan so'ng to'p Nyuland darvozasi to'siniga tegdi.

Oxirgi turdan va Italiyaga safardan avval Norvegiya raqibdan 3 ochko oldinda va to'plar farqi "+29". Italiyaliklarda esa "+12". Jennaro Gattuzo jamoasi guruhda birinchi bo'lishi uchun Norvegiyani 9:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishi kerak. Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalarning, Norvegiyadagi, birinchi to'qnashuvi 3:0 hisobida Xoland va sheriklari foydasiga hal bo'lgandi. Endi ana o'sha raqibni 9 ta to'p farqi bilan taslim etish — ertakka o'xshaydi.

Reyting: +6   

Fikrlar

   
14 noy 19:37:05
Mаъруф Муродов
MENTAL!ST foydalanuvchining fikriga javob berish
Kecha kimdir 4 ta gol ursa yetadi deb no'to'g'ri ma'lumot bergan bo'lsa, bugun shu xatoni Omonjon degan jurnalist ukamiz to'g'rilabdi. Shu CA dagi eng normal va futboldagi hech qaysi jurnalist yozmagan mavzularni aynan shu jurnalist yozib chiqadi.
Ажойиб
   
14 noy 19:11:49
MENTAL!ST
Mаъруф Муродов foydalanuvchining fikriga javob berish
Ман бу сайтта профессионаллар ишлашига ишонмиман. Кеча бошқа постта Италия 4 тўп фарқи билан ютса кифоя диб ёзилганди. Бугун эса 9 та дейишяпти. Бундан ташқари у-17 14-ноябрьда ўйниди диб кейин эса 15-деябди. Тушинарсиз.
Kecha kimdir 4 ta gol ursa yetadi deb no'to'g'ri ma'lumot bergan bo'lsa, bugun shu xatoni Omonjon degan jurnalist ukamiz to'g'rilabdi. Shu CA dagi eng normal va futboldagi hech qaysi jurnalist yozmagan mavzularni aynan shu jurnalist yozib chiqadi.
   
14 noy 19:09:04
MENTAL!ST
Maqolani Omonjon To'xtamirzayev ukaxon jurnalistimiz yozgan bo'lsa, u holda maqoladan ayb izlamang. Hammasini to'g'ri yozibdi. Jahon Chempionati Yevropa kvalifikatsiyasida hech qanday o'zaro o'yinlarga qaraladi, to'plar nisbatiga qaraladi. Shuning uchun Italiya birinchi o'rin bilan chiqishi uchun juda ko'o'o'p gol urishiga to'g'ri keladi.
   
14 noy 19:08:29
O.G Saydinova
Фифа турнирида туплар нисбатига каралади
   
14 noy 18:06:39
Абдулазиз Кодиров
Этирозлар уринли боляпти зийрак мухлислар тогри этишяпти кеча битта акилли 4та топ фаркига деганди бугун биттаси 9 та гол фркига олдин узларинг бир бирларинг билан кнлишиб олишгин кейин маколани ёзларинг акиллилар,ха санларни каллаларинга кайдан келади ха каллаларинга
   
14 noy 17:49:08
Mаъруф Муродов
Zohid Sheraliev foydalanuvchining fikriga javob berish
Ca…биринчи навбатда уз-аро уйинга карайди..италия 4- туп фарки билан ютса .грухда биринчи уринни олади
Ман бу сайтта профессионаллар ишлашига ишонмиман. Кеча бошқа постта Италия 4 тўп фарқи билан ютса кифоя диб ёзилганди. Бугун эса 9 та дейишяпти.
Бундан ташқари у-17 14-ноябрьда ўйниди диб кейин эса 15-деябди. Тушинарсиз.
   
14 noy 17:37:25
Лутфулла
28 йилда илк бор чиқиш учун...деганини тушунмадим. 28 йилдан кейин булмайдими? Илк сузи дастлабки дегани эмасми?
   
14 noy 17:12:15
Narzulla
Zohid Sheraliev foydalanuvchining fikriga javob berish
Ca…биринчи навбатда уз-аро уйинга карайди..италия 4- туп фарки билан ютса .грухда биринчи уринни олади
ЖЧ саралашида тўплар нисбати биринчи ўринда.
   
14 noy 17:09:14
Asilbek 7
Zohid Sheraliev foydalanuvchining fikriga javob berish
Ca…биринчи навбатда уз-аро уйинга карайди..италия 4- туп фарки билан ютса .грухда биринчи уринни олади
Evropada undaymas toʻplar asosiysi
   
14 noy 16:45:49
Zohid Sheraliev
Ca…биринчи навбатда уз-аро уйинга карайди..италия 4- туп фарки билан ютса .грухда биринчи уринни олади
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика