Norsafarov, Saidov va Abdullaev CAFA U20 turnirida ishlaydi
29 apr 2023 19:30
Yangiliklar


Norsafarov, Saidov va Abdullaev CAFA U20 turnirida ishlaydi
Joriy yilning 19-29 may kunlari Tojikistonning Hisor shahrida Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida muntazam tashkil etiladigan CAFA U20 chempionati bo'lib o'tadi.
6 ta terma jamoa o'rtasida bo'lib o'tadigan ushbu musobaqada bizning yosh futbolchilarimiz ham to'p surishadi. Ahamiyatli jihati, ushbu bahslarda hakamlik qilish uchun 2 nafar FIFA hakamimiz — Firdavs Norsafarov (bosh hakam) va Avaz Abdullaev (yordamchi hakam), shuningdek, Jahongir Saidov (nazoratchi) ham jalb etilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar