So’nggi yangiliklar

16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  0 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  1 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8

"Norin" Toshkent yig'inini yakunladi Yangiliklar

"Norin" Toshkent yig'inini yakunladi

Teglar :  NorinPRO-liga
Mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirgan "Norin" poytaxtda tashkil etilgan yig'inni yakunladi.

Yig'in so'nggida jamoa Termizning “Surxon” jamoasiga qarshi uchinchi nazorat o'yinida kuch sinashishdi.

Bahs davomida ustunlikka ega bo'lgan "Norin" yakunda 3:0 hisobidagi g'alabani tantana qilishdi. Gollarga Sanjar Baratov, Umarbek To'xtasinov, Bahodir Murtazoevlar mualliflik qilishdi. Umumiy hisobda “Norin” jamoasi Toshkent yig'inida uchta nazorat o'yinida kuch sinashib, barchasida g'alaba qozondi. Bunga qadar “Lokomotiv BFK” (3:0) va “Andijon” (3:2) jamoalari bilan bahs olib borilgandi. Jamoa azolari qisqa muddatlik dam olishdan so'ng mashg'ulotlarni Haqqulobod shahrida davom ettirishadi.
Mavsum boshlanishi oldidan tarkibga bir qator futbolchilarni qo'shib olinganligi haqida avval xabar bergandik. 

Toshkent yig'ini davomida jamoa safiga tajribali himoyachi Vusol Magerramov qo'shildi. Ushbu futbolchi 2017 yilgi mavsumni “Olmaliq” jamoasida o'tkazgandi. Bundan tashqari o'tgan mavsum ikkinchi yarmini Bangladeshning “Saif” jamoasida o'tkazgan Ahror Umarjonov yana “Norin”ga qaytdi. Yarim himoyachi davralar oralig'ida xorijdan tushgan taklifni qabul qilib, Bangladeshga yo'l olgandi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика