So’nggi yangiliklar

20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  4 20:10Ўзбекистон Кубоги. “Бунёдкор” — “Локомотив”, “Бухоро” — “Наманган ФА”, “Қўқон-1912” — Қизилқум”, “Замин” — “Андижон ФА”  6 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7 18:45Франция терма жамоасига чақирилганлар рўйхати эълон қилинди  9 18:27"Футбол олами". Олмалиқда триллер, "Навбаҳор", "Пахтакор" ва "Насаф"нинг сафардаги ғалабалари — 10-тур ҳақида батафсил   2 17:13Жаҳон чемпионати бошланди. Бугун Ўзбекистон ўйнайди  2 16:57АПЛнинг жорий мавсумдаги энг ёмон трансферлари эълон қилинди (ТОП 10)  2 15:48Роналдунинг фитнес-браслети унинг биологик ёши 29да эканини кўрсатди: "Демак, яна 10 йил ўйнайман"  11 15:14Европа лигаси финали учун превью: "Тоттенхэм" - "Манчестер Юнайтед"  6 14:22МЮ ва "Тоттенхэм" мухлислари Бильбаодаги Европа лигаси финали олдидан Сан-Себастьянда муштлашишди  4 13:40Марказий Осиё. Қозоғистон ва Қирғиз Республикасида пешқадам ўзгарди, "Истиқлол" мағлубиятга учради, "Аркадағ" эса...  4 13:23Дель Пьеро мураббийлик лицензиясини олди: "Бугундан бошлаб мени "мистер" деб аташингиз мумкин"  7 12:21Агар МЮ Европа лигасида ғалаба қозонса Делап "қизил иблислар"га ўтади  9 11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  1 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1

Norchaev uchun 500 ming dollarlik taklif, Aliqulovga qiziqqan Afina klubi, jarohat va transferlar - Ro'ziqul Berdiev bilan intervyu Yangiliklar

Norchaev uchun 500 ming dollarlik taklif, Aliqulovga qiziqqan Afina klubi, jarohat va transferlar - Ro'ziqul Berdiev bilan intervyu

OCHL pley-off uchrashuvida ishtirok etadigan "Nasaf" ayni paytda Turkiyada qizg'in ravishda tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Saytimiz ijodkorlari Kamoliddin Alimov va Jahongir Fayzullaev SAfarda loyihasi doirasida "Nasaf"ning bir kunlik hayotini yoritdi. Unda bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev ayrim savollarga javob berib o'tdi. 

- Jamoaning Turkiyadagi yig'ini haqida to'xtalib o'tsangiz...

- Hammasi reja bo'yicha ketmoqda. Umumiy hisobda 8ta uchrashuv o'tkazishimiz ko'zda tutilgan. 12-13 fevral kunlari "Al SHabab" bilan o'yindan oldingi so'nggi nazorat uchrashuvimizda maydonga tushamiz. Hammasi joyida. SHaroitlarni ko'rib turibsizlar. Bizda Lima jarohat oldi. SHu jihat biroz rejamizni buzdi. 

- Turkiyadagi og'ir vaziyat borasida jamoaning ruhiyatida sarosima kuzatilmadimi?

- Haqiqatdan ham turk xalqi uchun og'ir sinov bo'ldi. Biz ham hamdardmiz. Zilzila bizda ham sezildi. Og'ir talafot  kuzatilmadi. Biz o'z rejamiz bo'yicha yaxshi kayfiyatda mashg'ulotlarni olib bormoqdamiz. "Al SHabab" bilan o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Bu jamoa haqida yigitlarga ko'proq malumot berilyapti. Jiddiy raqib, og'ir o'yin. Mazkur bosqichga etib kelish oson bo'lgani yo'q. Ijobiy natija uchun, futbolimizni yuzini ko'rsatib berish uchun harakat qilamiz. 


- Limadan tashqari boshqa yo'qotishlar bormi?

- Yigitlar barchasi yaxshi. Engil jarohatlar bor. Lekin etibor qaratadigan narsa emas.

- Klub transferlar oynasida katta xaridlarni amalga oshirmadi. Bunga sabab asosiy tarkib saqlanib qolinganimi?

- Bu birinich sabab, ikkinchidan moliyaviy imkoniyatimiz yuqori bo'lmagani uchun jamoamiz o'zagini saqlab qolishga harakat qildik. Kerakli poziciyalarga o'yinchilar taklif qilindi. Marko jarohat olgani uchun uning o'rnida Siddiqov va SHohmalikni ko'rdik. Dilshod Saitovning joyiga SHuhrat Muhammadiev va Jo'rabek Mannonovni chaqirdik. Tarkibga yana bir mahalliy futbolchi qo'shildi, balki bu oxirgisi bo'lishi mumkin. 

- Moliyaviy holatni yaxshilash uchun Deylik Norchaevni yoki Aliqulovni transfer qilish orqali pul ishlab olish imkoniyati bormidi?

- Moliya haqida gapirdik, bu noliydigan narsa emas. Juda katta transferlar qilishga imkonimiz yo'qligi uchun aytmoqdamiz. Buni turlicha tushunishadi, noliyapti deyishadi. CHo'ntagimizga qarab transfer bozoriga kiryapmiz. Bazi bir jiddiy qiziqishlar bo'lgandi. Misol uchun Aliqulovga AEKdan taklif bor edi. Lekin amalga oshmadi. Agar jamoa foyda ko'rganida albatta yuborardi. Balki ular bildirgan summasi to'g'ri kelmagandir. Bazi bir jamoalar ozgina summaga ijaraga berishni, o'yinchini ko'rishni bildirdi. Ko'rikdan o'tgandan keyin yoqmadi, deb qaytarib yuborishi ham mumkin. Bunda biz moliyaviy tomondan ham foyda ko'rmaymiz, futbolchimizni ham yo'qotib qo'yamiz



- Etakchi, iqtidorli futbolchilarga takliflar kelib tushadi. Klub qo'yib yubormasligi natijasida darajasidan balandga chiqa olmaydi. Boshqa tomondan shuncha vaqt tarbiyalagan klub foyda ham olishi kerak. Bir xabar qulog'imizga chalingandi, Husayin Norchaevga 500 ming dollar taklif qilishibdi. Bu rostmi?

- Bu haqida eshitmadim, bazi futbolchilarga takliflar bo'lyapti. Nega futbolchilarni qo'yib yubormaydi, degan savolga to'xtalsam. Haqiqatdan chempionatimizdan yuqori darajali ligalardan takliflar bo'lsa klub bunga qarshi emas. Faqat tanlashimiz kerak. Jamoamiz uni ozgina mablag'ga ham beradi. Lekin bunday jiddiy takliflar hali bo'lgani yo'q. Klubimiz ichki siyosatni bilaman. Kuchli chempionatdan taklif bo'lsa, ozgina mablag'ga ham berardik. AEK jiddiy kirishganda klubimizga chiqardi. CHunki bunday jamoaga o'zbek yigiti borib o'ynasa, biz yutamiz. Hozir ozgina summani o'ylab futbolchi o'smaydigan chempionatga berib yuborsak o'zimiz ham zarar ko'rishimiz mumkin. 

- Yangi mavsumga qura tashlandi. Oldingi yillarda jamoa ketma-ket kuchli raqiblar bilan tushgan edi...

- Qurani kuzatib bordim. Uyda boshlaymiz. Mavsum boshida ko'p jamoalar bir xil holatda bo'ladi. Ko'p narsa ruhiy, taktik tayyorgarlikka bog'liq. Jamoa qanchalik yaxshi tayyor bo'lsa, start ham yaxshi bo'ladi. Har bir jamoa mavsumni g'alaba bilan boshlashni istaydi. Muxlislarimiz futbolni yaxshi ko'radi. SHu bois o'z maydonimizda o'tadigan bahsda g'alaba qozonishimiz kerak. 

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика