No'mon Hasanov: "Tarkibni imkoniyat darajasida kuchaytiriga intilamiz"
22 noy 2015 08:51
Yangiliklar


No'mon Hasanov: "Tarkibni imkoniyat darajasida kuchaytiriga intilamiz"
No'mon HASANOV (Paxtakor bosh murabbiyi): - Oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik va mamlakat chempioniga aylandik. Bundan juda xursandmiz. Tezroq gol urishni istadik va buni amalga oshirdik. O'yinga jiddiy tayyorlanganimizni ko'rsata oldik.
Mavsum davomida qiyin o'yinlar o'tkazdik. Biz barcha ochkolarimizni maydondagi keskin kurashda oldik. Har bir jamoa bizga keskin qarshilik ko'rsatdik.
Tanaffusda yigitlardan hujumkorlikni to'xtatmaslikni so'radik. SHuning uchun hujum qilishda davom etib, ikkinchi bo'limda yana 3 to'p kiritdik.
- "Paxtakor"ning bazi futbolchilari transfer qilinishi haqida aytilmoqda.
- Futbolchilarga takliflar bo'lsa, ularni ko'rib chiqamiz. CHempionlar ligasida yaxshi o'ynash hamisha maqsadlarimizdan biridir. Tarkibni imkoniyat darajasida kuchaytiriga intilamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar