No'mon Hasanov: "Oldimizda hal qiluvchi muhim o'yin turibdi"
04 noy 2015 16:29
Yangiliklar
No'mon Hasanov: "Oldimizda hal qiluvchi muhim o'yin turibdi"
"Men shogirdlarimdan g'ururlanaman. Ular bugun barcha ko'rsatmalarimni alo darajada bajarishdi. Asosiy vazifamiz gol o'tkazib yubormaslik edi. Buni ham yaxshi uddaladik. Jamoamiz juda muhim o'yinda g'alabani qo'lga kiritdi. Hali chempionlik bilan tabriklashlariga erta. Oldimizda so'nggi hal qiluvchi bahs turibdi. Jamoaning bu natijalariga Samvel Babayanning ham hissasi katta. Bundan tashqari jamoada ko'plab mutaxassislarning xizmatlari singan. Hozir ko'pchilik "Metallurg" bilan o'yinni gapiryapti. Lekin shuni aytishim mumkinki, bizning futbolchilar bu borada toza. SHu bois bu kabi gaplar noo'rin. Ro'ziqul Berdiev bilan tortishib qolganim men uchun kutilmagan bo'ldi. Men shunchaki hakamlarga qo'l berish uchun kelayotgandim. Ammo yutqizgan jamoada kayfiyat bilan bog'liq muammo bo'ladi. SHu bois Berdiev biroz qizishib ketdi. Oramizda hech qanday jiddiy kelishmovchilik bo'lgani yo'q. Futbolda bu kabi holatlar uchrab turadi. Futbol bu hissiyotlar, ehtiroslarga juda boy sport turi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar