No'mon Hasanov: “Nomdor raqib bilan tengma-teng o'ynadik”
06 may 2017 20:28
Yangiliklar
No'mon Hasanov: “Nomdor raqib bilan tengma-teng o'ynadik”
“Qo'qon-1912” –“Paxtakor” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi No'mon Hasanov qatnashdi.
- Bugun mamlkkatimizning nomdor jamoasiga qarshi maydonga tushdik. SHunday bo'lsa-da, raqib bilan tengma-teng o'ynadik. Birinchi va ikkinchi taymda ikki xil o'yin guvohi bo'ldik.
Bugungi uchrashuvda ikki ochko yo'qotdik deb hisoblayman. Rayevac gol urganida boshqacha bo'lardi.
Bugun jamoamizdagi yo'qotishlar o'z so'zini aytdi. “Paxtakor” bilan bo'lgan bahsda turli sabablarga ko'ra bir qator etakchi o'yinchilar xizmatidan foydalana olmadik.
Oldin aytganimdek, jamoamiz faqat muxlislar uchun o'ynaydi. Biz ularni o'zimizning chiroyli o'yinlarimiz bilan xursand qilishni maqsad qilganmiz.
Fikrlar