So’nggi yangiliklar

10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  3 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  10 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2

No'mon Hasanov: "Mavsumni yaxshi boshlagan edik" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Mavsumni yaxshi boshlagan edik"

“Navbahor” – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi No'mon Hasanov va yarim himoyachi Javohir Sidiqov ishtirok etishdi.

No'mon Hasanov: – Kiyinish xonasida futbolchilarning kayfiyati yo'q ekanligini sezdim. Ularni yupatishga harakat qildim. Bu yigitlar Qo'qon futboli uchun ko'p mehnat qilishgan. Bu futbol shunday mag'lubiyatlar ham uchrab turadi.

Mavsumni yaxshi boshlagan edik. Negadir so'nggi uchrashuvlarda o'yinimiz qovushmayapti. “Navbahor” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ularga keyingi o'yinlarda omad tilayman.

Davralar oralig'ida tarkibimizni yaxshi o'yinchilar bilan boyitishni istaymiz. Barchasi moliyaviy imkoniyatimizga bog'liq bo'lib qolyapti. Dastlabki 15 daqiqada futbolchilar umuman ishonchimni oqlay olishmadi. SHuning uchun tezkor futbolchi almashtirishga majbur bo'ldim. Muxlislarimizdan sabr qilishlarini surab qolardim. Ularni ishonchini qaytarish uchun borimizni berib harakat qilamiz.

Javohir Sidiqov: – “Navbahor” o'z maydonida kuchli o'ynashini bilardik. Grand jamoalar ham Namanganda mag'lubiyatga uchrashdi. SHunga monand tayyorgarlik ko'rgandik. Tezkor gol rejalarimizni buzib yubordi. “Nabahor” jamoasini bugungi chiroyli o'yin va g'alaba bilan tabriklayman.

Qolgan o'yinlarda ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz. Muxlislarimiz bizdan yaxshi natija kutishayotganini his etib turibmiz. Ularni stadionga qaytarishimiz kerak. Bugun Namanganga kelib bizni bevosita stadionda qo'llab-quvvatlab turgan ishqibozlarimizga o'z minnatdorchiligimni izhor etaman.

Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика