No'mon Hasanov: “Keyingi uchrashuvlarda muxlislarimizni xursand qilamiz”
19 avg 2017 22:01
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/272695_original.jpg)
![](/upload/storage/272695_220.jpg)
No'mon Hasanov: “Keyingi uchrashuvlarda muxlislarimizni xursand qilamiz”
- Bugun muxlislar ochiq futbol guvohiga aylanishdi. 3:1 o'yin taqdirini hal qildi. Ikkinchi bo'limda vaziyatni o'zgartirishga harakat qildik.
O'yinni yaxshi boshladik. Lekin “Qizilqum”ning tajribali o'yinchilari vaziyatdan chiqib ketishni uddalashdi. Birinchi bo'limda uchta to'p o'tkazib yubordik. Keyin hujumlar tashkil etdik. Ulardan foydalana olmadik. Darvozabonni nega almashtirdim? CHunki gollarda uning aybi bo'ldi, ayniqsa uchinchi golda. Bunday masofadan gol o'tkazish to'g'ri kelmaydi.
Ikkinchi davrada ikkita mag'lubiyatga uchragan bo'lsak-da, hali hammasi oldinda keyingi uchrashuvlarda muxlislarimizni xursand qilamiz.
Rayevac oxirgi o'yinlarda o'ziga bildirigan ishonchlarni oqlay olmayapti. Bugun ham u kutilgan o'yinni namoyish eta olmadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar