So’nggi yangiliklar

17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 17:21"Сурхон" Олмалиқда ОКМКни ожиз қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05"Насаф" футболчиси легионерга айланмоқда  7 16:46Жамолиддин Раҳматуллаев – Ўзбекистон U-18 терма жамоаси бош мураббийи!  7 16:27Ана холос! Нико Уильямс "Барселона"га ўтмаса, "Реал"га йўл олишини айтди  6 15:59"Челси" собиқ футболчиси фаолиятини 28 ёшида якунлади. Уни Бельгия терма жамоасининг келажаги деб аташганди  1 15:30Игорь Шквирин 1990 йилларда "Спартак" Москвага ўтиши мумкинмиди?  9 15:06"Нега Ўзбекистон мундиалдаги "сюрприз" жамоа бўлмаслиги керак?" Станислав Черчесов билан эксклюзив интервью  8 14:44Фофанага қизиқувчилар сони ортмоқда: Англиядан икки таклиф!  3 14:18"Рома" мухлислари рекорд миқдорда абонемент сотиб олди  0 13:50Расмус ўрнига Уоткинс? МЮ ҳужумида ўзгаришлар кутилмоқда  1 13:25"Динамо" легионери узоқ муддатга сафдан чиқди  1 12:51Алонсонинг биринчи қурбони: "Реал" мураббийи ҳимоячилардан биридан воз кечди  2 12:23"Динамо" етакчиларидан бири жиддий жароҳат олди. У Туркияда операция қилинади  3 11:57"Машъал" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0

No'mon Hasanov : "Hokim kubogi" turniri bizga katta foyda berdi" Yangiliklar

No'mon Hasanov : "Hokim kubogi" turniri bizga katta foyda berdi"

Farg'onada yakunlangan “Hokim kubogi ” turnirida birinchi marta Qo'qonning “Qo'qon-1912” jamoasi bosh sovringa ega chiqdi.

O'yindan so'ng  jamoa bosh murabbiyi No'mon Hasanov  o'z fikrlarini quyidagicha bayon qildi.

- “Hokim kubogi” bizga juda maqul bo'ldi. Sababi biz hali ko'p futbolchilar bilan shartnomalarni imzolamagan edik. Bu turnirdagi o'yinlar orqali ixtiyorimizdagi barcha futbolchilarni imkoniyatlarini tekshirib oldik. SHuningdek xar-xil o'yin uslublarini sinab ko'rdik. Uchrashuvlar har ikki-uch kunda bo'lgani bizga yanada maqul bo'ldi. Futbolchilarni jismoniy holatlarini ham tekshirib oldik.


“Hokim kubogi” turniri tashkilotchilariga, shaxsan viloyat hokimi SH.G'anievga jamoamiz nomidan o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tmoqchiman. Bu musobaqa bizga katta foyda berdi deb bemalol ayta olaman.

Yana shuni aytmoqchimanki biz hali barcha o'yinimizni ko'rsatmadik. Jamoa to'liq tarkibi shakllanib bo'lgani yo'q.  Oldimizda 10-fevraldan boshlanadigan yig'in turibdi. Bu yig'inimiz Toshkent shahrida bo'lib o'tadi. Biz mana shu yig'in davomida bir nechta nazorat o'yinlarini o'tkazamiz va ushbu o'yinlarda  asosiy tarkibni aniqlab olishga etibor qaratamiz.

Turnir davomida bizni qo'llab turgan barcha muxlislarimizga katta rahmat, sog'-salomat bo'lishsin.

Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика