So’nggi yangiliklar

00:58Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" Хорватияда дуранг қайд этди ва бошқа натижалар  1 00:46Европа лигаси. Меҳмонлар учун аталган кеча: "Ноттингем" Туркияда "Фенербаҳче"ни аямади ва бошқа натижалар  0 00:21Чилаверт: "Реал"нинг 90 фоизи қора танлилар, бироқ муаммо фақат Винисиусда"  2 23:58Киву "Интер"нинг мағлубияти сабабини айтди  0 23:39Лиам Росеньор: "Исталган турдаги ирқчиликни қоралайман"  0 23:14ЕЧЛда тур рамзий термаси эълон қилинди  4 22:48Жейми Каррагер "Арсенал"нинг дуранги ҳақида гапирди  2 22:23Анге Постекоглу: "МЮда ишлаш - жаҳон футболидаги энг қийин иш"  1 21:55Влаховичнинг олдида икки вариант бор  3 21:35Расман: ОКМК яна бир собиқ футболчисини қайтарди  0 21:21Моуринью "Бенфика"нинг тўққизинчи матбуот анжуманида қатнашмайди  0 20:59Владимир Бубаня: "Ҳаётимда кўп нарса шу рақам билан боғлиқ"  1 20:44ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  1 20:24"Арсенал" Сака билан шартномани узайтирди  0 19:58Бир қатор Европа клублари Гринвудга қизиқмоқда  0

No'mon Hasanov: "Hali hech nima yo'qotilgani yo'q" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Hali hech nima yo'qotilgani yo'q"

Teglar :  PaxtakorBunyodkor
"Paxtakor" - "Bunyodkor" o'rtasidagi bahsdan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "sherlar" ustozi No'mon Hasanov ishtirok etdi.

"Ikkala jamoa futbolchilar ko'p mehnat qilishdi. Yaxshi o'yin namoyish etishdi. Kubok o'yinlari ikkita o'yindan iborat. SHu bois hali hammasi oldinda. Finalga kim chiqishi javob o'yinida hal bo'ladi. Hech nima yo'qotganimiz yo'q", - deydi No'mon Hasanov.

- Birinchi gol bizga qattiq tasir ko'rsatdi. Hisobni tenglashtirishga urindik. SHoshildik. Bu futbol, unda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Hali hech nimani yo'qotganimiz yo'q. Tarkibga doim o'zgarishlar qilamiz. O'yinning tahlilini ko'rib chiqib tanbehlar beriladi, xulosalar chiqariladi.


- Bugun "Paxtakor" o'ziga o'xshamadi. Oddiy paslarda ham juda ko'p, juda ko'p xatolar bo'ldi. Jamoaga nima bo'ldi?

- To'g'ri bugun xatolar ko'p bo'ldi. Xatto eng tajribali futbolchimiz Kaxi Maxaradze ham xato qildi. Hisobni tenglashtirdik, tezda gol o'tkazdik, yana hisobni tenglashtirdik va yana o'tkazdik. 


- Stanislav Andreev qaysi hislati evaziga asosiy tarkibda o'ynaydi. Uning Pardaevdan qanday ustunligi bor?

- Bahodir Pardaev ko'p o'yinlarda ishtirok eta olmadi. SHu bois uni sekin asta tarkibga qo'shib boramiz. Andreev esa o'tgan o'yinlarda gol urdi, bugungi tarkibga mos futbolchi. To'g'ri u ham ko'p xato qildi.


Jarima to'plarini amalga oshirish uchun tarkibda Kozak, Andreev, Pardaev kabi futbolchilarimiz bor. Ammo omad ham kerak.


- Jamoa oxirgi o'yinlarni klass evaziga qo'lga kiritgandi. Bugun esa shijoatsiz o'yin kuzatildi.

- Nega unday deb o'ylamayman. Bugun "Bunyodkor"dan u qadar kuchsiz bo'lmadik. Vaziyatlar yaratdik. Anchdan buyon 3ta gol o'tkazmagandik.


- Jamoaning hujumiga rangbaranglik kiritish mumkinmi?

- Jamoaning bir necha yillardan buyon qo'llab kelayotgan taktikani darhol o'zgartirib bo'lmaydi. Buning uchun kamida 3 oy kerak. To'g'ri barchaga hujumkor o'yin yoqadi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика