So’nggi yangiliklar

08:06МЮ Бруну бўйича бир қарорга келди  0 07:41Фабрицио Романо: "Ал Иттиҳод"нинг янги бош мураббийи маълум  0 01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  12 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  1 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  7 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  4 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0

No'mon Hasanov: "Endi qimmatbaho futbolchilarni xarid qilmaymiz" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Endi qimmatbaho futbolchilarni xarid qilmaymiz"

Soca Cola Superliga 21-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Bunyodkor” (2:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” murabbiyi No'mon Hasanov ishtirok etdi.

Mezbonlar ustozi o'z so'zini o'yin haqidagi fikr bilan boshladi.

- Assalomu alaykum! Xudoga shukr, bugun uzoq kutilgan g'alabaga erishdik. Buning uchun yigitlarga katta rahmat aytaman. Futbolchilar kuchli jamoaga munosib qarshilik ko'rsata olishdi.

“Bunyodkor” jamoasi azolariga ham chiroyli o'yin namoyish etishgani uchun rahmat aytaman. Har ikki jamoa bugun ochiq o'yin namoyish etdi. Hisob ochilganidan so'ng, negadir yigitlar hujumkorlikni susaytirishdi. Natijada tanaffusga sanoqli daqiqalar qolganida mehmonlar hisobni tenglashtirishdi.

Ikkinchi bo'limda yigitlar tanaffusda berilgan ko'rsatmalarga to'liq amal qilib, ikkinchi to'pni kiritganimizdan so'ng, ochilib, to'pni nazorat qilishdi hamda zafar quchishdi. Buning uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. To'g'ri, xatolar bo'ldi. Jamoaga men kutgan o'yinni namoyish etishi uchun vaqt kerak. Hali bu borada ish olib boramiz.

- Birinchi bo'limda Javlon Ibrohimovni almashtirmoqchi bo'ldingiz.Ammo negadir keyinchalik fikringizdan qaytdingiz. Buning sababi nimada?

- O'zinglar ko'rdinglar, o'sha vaziyatda Javlon biroz oqsoqlanayotgandi. Jamoamiz shifokoridan so'rasam, oyog'ida og'riq borligini aytdi. SHuning uchun Ibrohimovni tezda almashtirmoqchi bo'ldim. Ammo birozdan so'ng, Javlonning o'zidan so'rasam, og'riqning qolganligi, o'yinni davom ettira olishi lozimligini takidladi. SHuning uchun Ibrohimovni almashtirmadim.

- Jamoa muxlislari final bahsi Namanganda o'tkaziladigan O'zbekiston kubogining joriy yilgi sohibi “Navbahor” bo'lishini istashmoqda va bu borada Namangan viloyat hokimi SHavkat SHokirjanovich Abdurazzaqovga ham murojaat qilishdi. “Navbahor”ning O'zbekiston kubogi musobaqasidagi imkoniyatini qanday baholaysiz?


- Albatta, jamoa o'yindan – o'yinga ochilib bormoqda. Yigitlarga “pas” bilan, ochiq va hujumkor futbol o'ynashni o'rgatyapmiz. O'zbekiston kubogi bahslariga hali ancha, kamida bir oycha vaqt bor hamda ushbu musobaqada munosib ishtirok etishga harakat qilamiz.

O'zbekiston kubogi masalasi bo'yicha Namangan viloyat hokimi SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov bilan gaplashdik va ular bu borada o'z fikrlarini bildirdilar. SHavkat SHokirjonovichga katta rahmat, bugungi uchrashuvdan oldin futbolchilarni ruhlantirdilar hamda yigitlar maydonga o'zgacha ishtiyoqda chiqib, g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lishdi.

- Kelasi mavsum uchun rejalaringiz qanday?

- Birinchidan, hozir men bosh murabbiy vazifasini bajaruvchiman. Kelajakda ham klub rahbariyati men bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida bo'lsa, bu borada kelishib, gaplashib olamiz va tarkibni kuchaytirgan holda, yaxshi jamoa tashkil etishga harakat qilamiz.

Kelasi mavsumda asosiy etiborni mahalliy futbolchilarga qaratamiz. Mahalliy o'yinchilarsiz jamoa tashkil etish qiyin. Qimmatbaho futbolchilarni xarid qilmaymiz. Farm-klubimiz va yoshlar jamoamizda iqtidorli futbolchilar bor hamda ulardan 5-6 nafari asosiy jamoa bilan mashg'ulotlarda ishtirok etyapti.

Menga yosh futbolchilar bilan faoliyat olib borish yoqadi. Joriy mavsum yakunida barchasi joyida bo'lsa, bu borada klub rahbariyati bilan maslahatlashamiz.

So'zim yakunida jamoamizni bugungi o'yinda qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.

Lekin ayrim ishqibozlar hisob tenglashganidan so'ng, futbolchilarga nisbatan nomaqbul so'zlarni ishlatishdi.

Haqiqiy muxlis bunday bo'lmaydi, aksincha, har qanday holatda ham jamoasini qo'llab-quvvatlab turadi.

Oldingi intervyularda takidlaganimdek, namanganlik muxlislarni jamoasini hattoki, hisobda ortda qolayotgan paytda ham qo'llab-quvvatlab turishgani uchun hurmat qilaman.

Misol uchun “Barselona” ham o'z darvozasidan birinchi bo'lib, to'p o'tkazib yuborishi mumkin. Futbolda bunday holatlar yuz berib turadi. Ammo muxlislar daldasi bilan keyin 2 ta gol urib, g'alaba qozonish ham mumkin. SHuning uchun “Navbahor” muxlislaridan doimo jamoani qo'llab-quvvatlab turishlarini so'rab qolaman.



“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика