No'mon Hasanov: "Birinchi golni urib olishimiz kerak edi"
25 sen 2015 19:54
Yangiliklar


No'mon Hasanov: "Birinchi golni urib olishimiz kerak edi"
Bugun "Paxtakor" muxlislaridan xafa bo'ldim. Yutqazib turgan paytimiz orqamizda o'tirib aytmagan gaplari qolmadi. Jamoani har qanday vaziyatda qo'llab turishlaringizni istardim. Birinchi golni urib olganimizdan keyin "endik", - deydi Hasanov.
- Pardaevni nima uchun ko'p hollarda zaxirada olib o'tiryapsizlar?
- Bunday o'yinchilar raqib toliqqan paytda juda as kotadi. Jaloliddin va Bahodir bunga tayyor edilar. Murod ham o'yinni kuchaytira oldi.
- Nima uchun dastlabki bo'limda o'yin qovushmadi, yoki "Metallurg"ga jiddiy etibor bermagan edinglarmi?
- Unday emas, shunchaki toliqish sezilyapti. Bir tarkib bilan o'ynashni o'ziga xos qiyinchiliklari bor.
- Keyingi raqib "Neftchi", chap qanotda Merzlyakovning yo'qligi bilinyapti...
- Bu o'yinga u tayer bo'ladimi yoki yo'q buni vaqt ko'rsatadi, lekin shunisi malumki "Neftchi" bilan o'yin qiziq bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar