So’nggi yangiliklar

02:20Ироқ. Темиров гол урган ўйинда "Арбил" дуранг ўйнади  0 01:02Футзал. Осиё чемпионати бошланди  0 00:58"Ювентус" Сенесини сотиб олмоқчи. Футболчига "Барселона" ва "Атлетико" ҳам даъвогар  0 00:34"Атлетико" Горетцканинг агентлари билан музокара ўтказмоқда  0 00:06Андре Онана собиқ жамоасига қайтиши мумкин  1 23:35Тэмми Абрахам расман АПЛга қайтди  5 23:05Моуринью: "Арбелоа энг севимли ўйинчиларимдан бири эди. Унга босим бегона"  3 22:35"Бунёдкор" назорат учрашувида Косово клубига мағлуб бўлди  0 22:27Эрон. "Трактор" ва "Истиқлол" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 21:41Эндрик: "Бу ҳали бошланиши"  0 21:22"Челси" қишдаёқ Стерлинг билан хайрлашишга қарор қилди  0 20:32Пьянич расман фаолиятини якунлади. У Қозоғистон клубига ўтмайди  4 19:53"Бухоро" Руминия жамоаси билан дурангга рози бўлди  2 19:32Ўзбекистон U-16 термаси "Бунёдкор" U-19 жамоасидан устун келди  3 19:13Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Хитойга етиб борди  9

No'mon Hasanov - aprel oyining eng yaxshi murabbiyi Yangiliklar

No'mon Hasanov - aprel oyining eng yaxshi murabbiyi

championat.asia talqiniga ko'ra aprel oyining eng yaxshi murabbiyi deb "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi No'mon Hasanov tan olindi.

O'tgan oyda qo'qonliklar juda ajoyib ishtirok etishdi. Dastlab mavsumni sensacion g'alabalar bilan boshlagan "Dinamo" 2:1 hisobida Qo'qonda taslim qilindi.

So'ngra Hasanov shogirdlari Muborakda "Mashal" bilan 1:1 hisobida durang o'ynab qaytishdi. 7-turda "Qo'qon-1912" o'z muxlislari qarshisida Bekobodning "Metallurg" klubini 3:0 hisobida tor-mor etishdi.

Nihoyat oy so'nggida G'uzorda "SHo'rtan" klubi taslim qilindi - 3:2. Malumot uchun, bu mavsum G'uzorda "Neftchi", "Lokomotiv" va "Paxtakor" kabi klublar gol ura olmay mag'lub bo'lib qaytishgandi.

No'mon Hasanov boshchiligidagi "Qo'qon-1912" ayni paytda 8ta uchrashuvdan 17 ochko to'plab musobaqa jadvalining ikkinchi pog'onasida bormoqda.

O'tgan oyda Ixtiyor Karimov "SHo'rtan", Viktor Kumikov "Olmaliq", Ilhom Mo'minjonov "Navbahor" va "Lokomotiv" murabbiylar shtabi ham ancha yaxshi ishlashdi.

Eslatib o'tamiz, mart oyida oliy ligada "Dinamo" klubi murabbiylar shtabi tengsiz bo'lishgandi.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика