Noyerning omadli harakati tufayli Boateng ikki uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi
10 fev 2015 10:42
Yangiliklar


Noyerning omadli harakati tufayli Boateng ikki uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi
Nemis futbol ittifoqi (DFB) hakami Xans Lorenc "Bavariya" himoyachisi Jerom Boatengning diskvalifikaciyasi ikki o'yingacha kamaytirilganiga izoh berdi.
Lorencning so'zlari ko'pchilikka g'alati tuyuldi.
"Agar "SHalke-04" futbolchisi penaltidan gol urganida, Boateng bir uchrashuvga chetlatilar edi" - deydi Lorenc.
Demak, uning so'zlariga ko'ra, Boateng "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyerning omadli harakatlari tufayli ikki uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.
Eslatib o'tamiz, "SHalke-04" Germaniya chempionatining 19-tur uchrashuvida "Bavariya" mehmoni bo'ldi. Boateng raqib yarim himoyachisi Sidney Semga qo'pollik ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolandi. Futbolchi avvaliga uchta uchrashuvga chetlatilgan edi. O'yin 1:1 hisobida yakunlangan.

Fikrlar