Noil Gubanov "Neftchi"dan ketmagan
05 dek 2013 12:57
Yangiliklar

Noil Gubanov "Neftchi"dan ketmagan
Farg'onaning "Neftchi" jamoasida keyingi yil katta o'zgarishlar yuz berishi kutilmoqda.
Sababi shu yilning oxirida shartnomasi yakuniga etadigan o'yinchilar soni ko'pchilikni tashkil etadi. Ularning ko'pchiligi katta extimol bilan boshqa jamoalarning taklifini ko'rib chiqmoqda.
SHuningdek murabbiylar shtabida ham o'zgarish bo'lsa ajab emas. Yaqinda "FE" gazetasiga ushbu klub murabbiyi Noil Gubanov intervyu berib, jamoaning ichki siyosati haqida dilidagi gaplarni aytib o'tgandi. Unda bosh murabbiy Amet Memetning ish uslubi ancha eskirgan degan mazmunda aytgandi. Gubanovning ushbu achchiq gaplari tabiiyki klub ijrochi rahbarlarini qoniqtirmasligi turgan gap edi. Etiborlisi Noil Gubanovning o'zi ham intervyu berayotgan chog'ida buni juda yaxshi tushunib etgan va ishdan ketish xavfi borligini aytib o'tgandi.
Muxlislar orasida ham Gubanovning "Neftchi"dan ketganligi to'g'risida gap-so'zlar urchiy boshladi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida klub matbuot kotibi bilan bog'langanimizda, Gubnovning amalda dekabr oyining so'nggi kuniga qadar shartnomasi borligini, shuning uchun murabbiy hamon "Neftchi" azosi ekanligini aytib, klubdan rasman ketmaganini malum qildi.
"CA"ga etib kelgan so'nggi norasmiy malumotlarga ko'ra, Gubanov o'sha intervyusidan keyin viloyat hokimining qabulida bo'lgan va uning kelgusi yilda ham jamoada ishlashi kerakligi oydinlashgan.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!

Fikrlar