So’nggi yangiliklar

19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  0 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  11 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  5 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  27 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5

Nodirxo'ja Yuldashev: "Tinimsiz mashg'ulotlar natijasini Osiyo Kubogida ko'ramiz" Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashev: "Tinimsiz mashg'ulotlar natijasini Osiyo Kubogida ko'ramiz"

Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasi Dubayda Osiyo Kubogi-2015 musobaqasiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Ushbu yig'inda terma jamoamizga hamkasbimiz Nodirxo'ja Yuldashev hamrohlik qilmoqda. Biz Dubaydagi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini tomosha qilgan hamkasbimiz bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Osiyo Kubogiga ham borgan sari oz vaqt qolmoqda. Terma jamoamizning tayyorgarligi qanday ketyapti?
- Hozircha hammasi joyida. Mashg'ulotlarni ichida turib shunga amin bo'lyapman-ki, juda og'ir. Tinimsiz ishlaysiz, ammo buni natijasini Osiyo Kubogida ko'ramiz. Agar hozir terma jamoamiz tayyor desam-u, OKda ish o'xshamasa yolg'onchi bo'lib qolaman. Tayyormas desam, tanqidlar yog'iladi. Muhimi, har kim musobaqani his qilib turibdi va o'z ustida tinimsiz ishlayapti. Lekin Iordaniya bilan o'yin avvalgilaridan ancha yaxshi bo'ldi. Bari-bir etakchilarimiz, Ahmedov va Jeparovga muhtojligimiz ko'rinib qolyapti.

- Tayyorgarlik juda jiddiy tarzda olib borilmoqda desa bo'ladimi?

- Bo'ladimi emas, aynan shunday. O'zim uch kun mashg'ulot o'tkazib ko'rdim, to'g'risi menga emas ekan. Havaskorlar orasida darvozada turib yurganim maqul.



- Mashg'ulotlarda urg'u asosan nimalarga etibor berilyapti?
- Volkov futbolchilarni jismoniy tayyorgarligiga javobgar, bazan futbolchilar juda qattiq nagruzkalarni olyaptilar. Ashurmatov esa 6 kun davomida Ahmedov bilan yakkama-yakka ishladi. Qosimov va Maqsudov o'yin taktikasi ustida. Qisqa vaqt ichida hamma narsaga ulgurish kerak va bu menimcha murabbiylarni qo'llaridan kelyapti.

- Yigitlarning kayfiyati qanday? Ularning ko'zida nufuzli musobaqadan oldin o't chaqnayaptimi?
- Alo. Anzur 60 o'yinini o'tkazganidan keyin Mirjalol Qosimovga uni barchani oldida etirof etish rejasini berdim. Bu yoshlar uchun stimul, faxriylarga esa mehnatlari qadirlanayotganiga yana bir bor ishonch degani edi. Murabbiy fikrimni qo'llab-quvvatladi. Opreator, Jamol aka bilan bozorga borib statuetka sotib oldik. Yigitlar xursand. Hammani yig'dik, shundan keyin ko'pchilik o'zining natijasi haqida qiziqdi. Kichik buyurtmalarni oldik. Kapadzega 120-o'yinini OKda nishonlashini tiladik, xuddi shunday yubileyni OKda uzoqroqqa borsak Jeparov va Ahmedov ham nishonlaydi. Keyin ularga rasmlar yoqayapti, balki ishonmassizlar, bu ham ularning kayfiyatiga ijobiy tasir etyapti.

- Hozirgi tayyorgarlik va o'rtoqlik o'yinlaridan kelib chiqib Osiyo Kubogida nimaga umid qilsak bo'ladi?
- Kamida yarim final. Ammo bizni ¼ finalni o'zidayoq ikkita jiddiy raqibdan biri kutib turibdi. Avstraliya mezbon, Janubiy Koreya esa biroz ayyorroq raqib. JCH-2002ni barchangiz eslasangiz kerak, yana OK bu katta forum, unda hamma imkon qadar uzoqroqqa borishni istaydi, ammo marketing jihatdan bizni uzoqqa borishimiz bazilarga to'g'ri kelmasligi mumkin...

- Tushuntiribroq aytsangiz...
- Deylik, finalda O'zbekiston - Yaponiya. Bu o'yinni nari borsa 10 million kishi ko'radi, agar Janubiy Koreya  Yaponiya bo'lsa, bu ko'rsatkich bir necha barobarga oshadi. Savdo-sotiq, atributikalar va hokazo, birma bir to'xtalib o'tirmagan bo'lardim. Nishimurani hadeb faqat bizga pand beraverishini ortida ham marketing yotmaganiga kim kafil? JCHga Koreyani chiqqani afzalmi yoki O'zbekistonni? Ular shundoq ham kuchli, biz ular bilan teng bo'lishimiz mumkin, ammo marketing tomonidan ularni engib o'tish uchun yanada kuchli bo'lishimiz kerak. Bugungi poydevordan kelib chiqib esa...
 


- Terma jamoamiz yaqin bir hafta ichida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi: Iordaniya va Iroqqa qarshi. Bir so'z bilan aytganda, bu o'yinlar qanday kechdi? Har ikkala o'yindagi g'alabaga bosh omil nima bo'ldi?

- Iordaniyadan bir kalla ustun edik, Iroq bilan esa tengma-teng o'yin bo'ldi. Uchinchi o'yinni ko'rib Iroq bilan o'yinga yakuniy xulosamni beraman.
 
- Jamoaning o'yin uslubida qandaydir o'zgarishlar bormi?
- Ha, avvallari asosan qanotdan hujum bo'lardi va bo'ydor futolchi markazdan gol urishi talab qilinardi. Hozir, 4-3-3 taktikasi shakillantirilyapti. Tursunov va Hasanov birinchi bo'limda qanotdan kirib boruvchi hujumchiga aylanadilar. Ularni yarim himoyadagi o'rnini Denisov va SHorahmedov egallaydi. Markazda yana Kapadze va Iskanderov bor. Avvalgi o'yinda qanot hujumchisi vazifasini Rashidov bajargan edi. Asosan pas o'ynash orqali raqib jarima maydonchasini ichiga kiryapmiz. O'yin uslubi ham ancha takomillashdi. Yaqinda bitta futbolchimiz, agar murabbiyni talabini to'liq bajara olsak, Osiyo Kubogini yutib yuborishimiz mumkin deb aytib qoldi. Lekin menimcha bu o'zgarishlar bizga JCH saralashida qo'l keladi.
 
- Sardor Rashidov Iordaniyaga, Jamshid Iskanderov Iroqqa qarshi o'yinda gol urdi. SHundan kelib chiqib, bu ikki futbolchi Osiyo Kubogida asosiy tarkibda o'ynaydi desa bo'ladimi?
- Murabbiyni ham shu savol qiynayotgan bo'lsa ajab emas. Muxlislarda ham. Hozir Ahmedov va Jeparov maydonga qaytsa, nega Iskanderov yo'q deymiz. Agar Ahmedov o'ynamasa, nega u yo'q deb. Yarim himoyamiz eng kuchli nuqtamiz va unda raqobat juda katta. Asosiy tarkibda o'ynashga hamma haqli, ammo aynan o'sha kun kim tayyor bo'ladi, gap mana shunda. Yoki Rashidov o'ynaydigan qanotga Galiulinni chaqirishmaganidan norozilar ko'p. Tasavvur qiling, siz yil davomida mehnat qilasizda, hosilni terish paytida boshqa kishi keladi. Galiulinga hurmatimni saqlab qolgan holda shuni aytamanki, uni OKga borishi, o'sha qanotda yil davomida terma jamoada o'ynagan Rashidov va Tursunovni qoldirib ketishida adolatsizlik bo'lardi. JCH saralashida esa hammasi yana noldan boshlanadi. Kim boshidan mehnat qilsa, o'sha marhamat niyatiga erishsin. Terma jamoamizni JCH saralashidagi so'nggi ikkita o'yini oldidan SHackixni intervyusini yodga oling, terma jamoamiz mensiz birinchi o'ringa chiqdi va men shu o'yinlar davomida terma jamoani hech bo'lmasa zaxirasida o'tirgan futbolchisini ham o'rniga JCHga borishga haqqim yo'q, degan. Mana  sizga professonal kishining fikri.
 
- Mana shu ikkita o'rtoqlik bahsida bizdan kimlar alohida ajralib turdi? Hozirgi kunda terma jamoaning etakchisi kim?

- Manga kutilmaganda Lutfillo To'raevning o'yini yoqdi. Ikkinchi o'yinda esa SHorahmedov va Denisov. Markaziy himoyada biroz muammo bor, To'xtaxo'jaevni diskvalifikaciyasi shu erda pand beryapti. Hujumda Sergeevda ham intilish bor. Rashidov va Iskanderov raqobatni his qilgan holda, yaxshiroq harakat qilishga intilishyapti. Sayfiev ham chakki emas.

- Iroq bilan bellashuvda Server Jeparov maydonda ko'rinmadi. Unga nimadir bo'ldimi?

- U mashg'ulotlarning ikkinchi kunida oyog'ini shikastlab oldi. umumiy guruhga qo'shilganiga ikki kun bo'ldi.

- Darvoqe, Odil Ahmedovning holati qanday? U Osiyo Kubogiga to'liq tayyor bo'la oladimi?
- Jismonan biron narsa deya olmayman. Yana oldimizda 15 kun bor. Uni turidagi professionallar o'zlarida iroda topa oladilar. Muhimi undaa katta o'yin tajribasi bor. OKda bazan bitta zarba bilan o'yinni hal qilishingiz mumkin. Yaxshisi duo qilaylik, hammasi joyida bo'ladi.

- Islom To'xtaxo'jaevning kayfiyati qanaqa? Uning OFK tomonidan to'rtta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi futbolchiga salbiy tasir ko'rsatdimi?

- Hammadan ham unga qiyin. Soppa-sog' bo'lsangda maydonga tusha olmasang. O'yin amaliyotida gap katta. Agar bizni oliy ligamizda barcha o'yinlar shiddatli kechganida, aytishimiz mumkin edi, hech qisi yo'q 3ta o'yin o'ynamasa o'ynamaptida. Ammo unday emas, kamiga jamoa u siz shakillanib qolishi mumkin. Murabbiylar imkon qadar unga dalda bo'lyaptilar, o'zi ham yosh bola emas. Iroq bilan ikkinchi o'yinda maydonga tusha oladi.
 
- Malumki, BAAda 26 nafar futbolchi shug'ullanmoqda. Lekin shulardan uch nafari Avstraliyaga bora olmaydi. Bu borada taxminlar bormi?
- Keling taxminimni yozib, futbolchilarni kayfiyatini buzmay. Hammasi 29 dekabr kuni malum bo'ladi. Hozir men o'z nomzodimni aytsam-ku, bironta futbolchida muammo yuzaga kelib o'rniga o'sha bola ketsa, ammo shu maqoladan keyin 3 kun davomida uni kayfiyatidan asar ham qolmaydi. Yaxshisi, bunga Iroq bilan ikkinchi o'yindan keyin javob olganimiz maqul.



- O'tkazilgan ikkita o'rtoqlik uchrashuvidan kelib chiqib musobaqada o'ynaydigan asosiy tarkibni ayta olasizmi?

- Nesterov darvozada, bari bir unda tajriba katta. Yana, Ahmedov va Jeparovni holatini inobatga olgan holda, Denisov, Ismoilov, Kapadzedan boshqasiga javob bera olmayman. Qolgan futbolchilarning barida bir xilda imkoniyat bor.

- Futbolchilarimiz qanday sharoitda yashamoqda? Mehmonxonada hammasi muhayyo qilinganmi?
- Hammasi joyida, ikki mahal mashg'ulot. Suv, havo, eb ichish alo darajada.
 
- Dam olishga ham fursat bo'lyaptimi?  
- Ha, kechki ovqatdan keyin xonaga kirib krovatga cho'zilganda. Faqat o'yin bo'lib o'tgan kunning ertasiga 5 soatli dam berilyapti. Lekin bu ham meyorni saqlab qolgan holda!

- Hozircha bo'lib o'tgan ikkita o'rtoqlik o'yinimizga boshqalar tomonidan ham qiziqish bo'ldimi?
- Allaqachon bitta futbolchimiz bilan skautlar qiziqib qoldi. Bu haqda Alisher aka xabar berdilar, ammo uni nomini ayta olmayman. Bu musobaqa davomida unga tasir qilishi mumkin.

- Guruhdagi raqiblarimiz - Saudiya Arabistoni, Xitoy yoki KXDRdan bizni o'rganish uchun vakillar kelganmi?
- Xitoy bizni jiddiy o'rganyapti. Aftidan ular ikkinchi o'rin yo'lida bizni raqib deb bilyaptilar.
   
- Anzur Ismoilov 60-o'yinini o'tkazganidan so'ng kichkina bo'lsa ham taqdirlash marosimi o'tkazildi? Bu taklif kimdan chiqqandi va qanday yuzaga keldi?
- Eng zo'ri mana shunda bo'ldi. Anzurdan tashqari Vitalikni ham tabrikladik. Murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda ularni maxsus statuetka bilan taqdirladik. Unga bu yoqdi.


Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика