So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  9 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  6 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  72 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  11 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Nodirxo'ja Yuldashev: "Qoraqalpog'istonlik bolalarni xursand qila oldik deb o'ylayman" Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashev: "Qoraqalpog'istonlik bolalarni xursand qila oldik deb o'ylayman"

Nukus shahrida bo'lib o'tgan sport festivalida O'zbekiston Futbol Asociaciyasining futbolni rivojlantirish bo'limi boshlig'i Nodirxo'ja Yuldashev ham ishtirok etdi.

Bir oy ichida ikkinchi marta Qoraqalpog'iustonga tashrif buyurgan N.Yuldashev festival tassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

«Uch kundan beri Qoraqalpog'iston Respublikasi poytaxti Nukus shahrida bugungi tadbirlarga juda katta tayyorgarlik ko'rdik. Avvalo mana shu tadbirni tashkil etishda yordam bergan Yurtboshimizga minnatdorchilik bildiramiz. Qoraqalpog'istondagi rasmiy vakillarga ham katta rahmat aytamiz. Qars ikki qo'ldan chiqadi deb bekor aytishmaydi. Muhimi xalq xursand bo'ladigan katta tadbirga qo'l urdik.

Asosiy etibor bolalar futboliga ekanligi, bizning ertangi kunimiz bilan bog'liq. Ularni qanday tarbiyalasak, ertangi kunimizda biz umid bilan yashasak bo'ladi. Aynan bugungi kungi tadbirimiz fan va sportni birlashtirishi bizning kelajagimizni to'g'ri qo'llarda va to'g'ri strategik yo'nalishda ketayotganligidan dalolatdir.

Mana bugun stadionda bo'lib o'tayotgan tadbirda 500 dan ortiq  bolalar ishtirok etishmoqda. 1000 dan ortiq sovg'alarni tuman va shahardagi bog'chalarga topshirib chiqdik. U erlarda mana shunday festivallarni kichik ko'rinishda o'tkazib, O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari yordamida bollarni xushnud eta oldik deb o'ylaymiz. Bizning vazifamiz nima? Bolalar qanchalik xursand bo'lsa, ular rozi bo'lsa ertangi kunda bizga shunday etibor ko'rsatishadi.

Bolajonlarning quvonchini tariflashga til ojiz. Futbol shunday narsaki u millat, til, yosh tanlamaydi. Barchasida bir xil. Ajratish yo'q. Muhimi bolalar xursand. Bizga boshqa hech narsa kerak emas. Biz qilayotgan mehnat bolalarning quvonchi ichida yuvilib ketadi. Yani buning yuki og'ir bo'ladimi, engilmi buning farqi yo'q. Bolalar xursand bo'lsa bo'ldi, bizni charchog'imiz chiqadi», deydi N.Yuldashev.


Furqat Yusupov suhbatlashdi


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика