So’nggi yangiliklar

04:04Футзал. ЖЧ-2016. Ўзбекистоннинг дебюти, кўзи ожиз болакайга қилинган совға ҳамда "футзал Пелеси"нинг хайрлашуви ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:35АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Фулхэм" 1:0, 42 миллионлик трансфер гол урди  1 02:31ЛаЛига. "Севилья" дуранг билан бошлади  0 01:53АПЛ. "Манчестер Юнайтед" янги футболчисининг голи эвазига мавсумни ғалаба билан бошлади  23 01:49Франция чемпионатига старт берилди: ПСЖ мавсумни сафардаги "қийин" ғалаба билан бошлади  1 01:45Германия Кубоги. "Бавария" катта қийинчиликсиз кейинги босқичга йўл олди (+ВИДEО)  0 01:16Энцо Мареска таркибда 43 футболчи борлиги ҳақида: "Бизга яна футболчилар керак"  10 00:50Ўзбекистон футзал термаси Португалияга мағлуб бўлди  1 00:36Расман: Шакири собиқ жамоасига қайтди  2 00:13Фарҳод Нуруллаев: "Бугун қарши ҳужумда ўйнаб, натижага эришишни мақсад қилгандик"   1 23:36Эрон. Машарипов ва Юсупов жамоалари мавсумни ғалаба билан бошлади  2 23:19Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар 10 киши бўлиб ҳам футбол ўйнаш мумкинлигини кўрсатиб беришди"   19 23:11Элдор Шомуродов учун қайси вариант қулайроқ? Илёс Зейтуллаев фикрини айтди  5 23:09Франция чемпионати старт олмоқда! "Гавр" - ПСЖ баҳси асосий таркиблари билан танишинг  3 22:48Миржалол Қосимов: "Бугунги ўйиндан мухлислар ютди"  6

Nodirbek To'ychiev: “50 yillik yubileyga o'ziga xos to'yona qilib berishlarini istardik” Yangiliklar

Nodirbek To'ychiev: “50 yillik yubileyga o'ziga xos to'yona qilib berishlarini istardik”

O'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan jamoalardan biri “Andijon” mana uchinchi borki, oliy ligani tark etish arafasida.

Achinarlisi ashaddiy ishqibozlarga ega bo'lgan klub yana muxlislarini hafsalasini pir qilmoqda. Fanatlik borasida doimo etakchilardan bo'lgan andijonliklarning bugungi xolatiga havas qilib bo'lmaydi. Tabiiyki sadoqatli muxlislar jamoadan bu yil bunday natijani sira kutmagandi. Yurtimizdagi ishqibozlar orasida eng taniqlilaridan biri bo'lgan Nodirbek To'ychiev bilan yaqinda uchrashib suhbatlashdik. Xalqaro maydonlarda ham fanatlik borasida o'zini ko'rsatishga erishgan To'ychievning ham kayfiyati tushkun edi. Buni o'zaro suhbatimiz chog'ida bilib olish qiyin emasdi. Ishqibozlar nomidan kuyunib gapirgan muxlisning gaplari dangal ko'rinish oldi. 


“ANDIJON”NI YANA OLIY LIGADAN TUSHIB KETAYOTGANI BIZ UCHUN YANA OG'IR ZARBA BO'LMOQDA

- To'g'risi, jamoamiz bu yil yana oliy ligaga qaytib, ishtirokini kuchlilar safida davom ettirayotganida juda xursand bo'lgandik. Birinchi ligaga tushib ketish juda alamlidir. Ayniqsa bu muxlislar uchun juda og'ir zarba bo'ladi. Mavsum boshida yaxshi niyatlar bilan, jamoamizni chempionatda munosib ishtirok etishiga ishonch bilan qaragandik. Afsuski bu yilgi mavsum biz uchun yana omadsiz yakun topmoqda. Bunday bo'lishiga ko'p sabablar bor albatta. Butun respublika bo'ylab, yana sharmanda bo'lyapmiz. To'g'risi, buni ichim achishganidan gapiryapman. Qaysi viloyatga bormaylik, u erdagi muxlislar tabiiyki “Andijon” haqida gap ochadi va bu yil ham birinchi ligaga tushib ketayotganimizga shama qilib o'tadi. Maqtanyapti demangu, mamlakatimizda muxlislik bobida o'z o'rnimizga egamiz. Jamoamizning muvaffaqiyati uchun nimaiki qilinishi kerak bo'lsa, qilyapmiz. Kerak bo'lsa safar uchrashuvlariga borib, dalda bo'lishni kanda qilmaymiz. Biz ishqibozlar uchun natija ijobiy bo'lib tursa bas. Boshqa hech narsa kerak emas. “Andijon”ning bugungi o'rnini ko'rib turib, ayrim otaxon ishqibozlarimiz kasallikka chalinmoqda. Stadionga muxlislarning tashrifi ham tan olish kerak keskin pasayib bormoqda. To'g'ri-da, jamoa mag'lub bo'laversa muxlislarning ham ko'ngli soviy boshlaydi. O'z vaqtida maydonimizga kelgan raqiblar cho'chigan. Bu ketishda debyutantlar ham Andijonga cho'chimasdan kelishni boshlaydi. Qachongacha salom birinchi liga, xayr oliy liga deb yuramiz! Futbol ishqibozlar uchun. SHunday ekan bizga kurashchan jamoa shakllantirilsa, biz ham bunga javoban muxlislik qilishni ortig'i bilan bajaramiz. Buni oldingi mavsumlarda isbotlab qo'yganmiz ham!

“MURABBIYLAR ALMASHINUVI JONGA TEGIB KETDI”

- Hech qachon murabbiylarning tez-tez o'zgarishi ijobiy xolatga olib kelmaydi. Har mavsum “Andijon”da murabbiy o'zgarishi to'g'risi, jonimizga tegib ketdi. Muxlislarga natija va chiroyli o'yin kerak. Boshqaruv postida kimning faoliyat yuritishining ahamiyati yo'q. “Andijon”ga Azamat Abduraimov bosh murabbiy sifatida kelganida, xursand bo'lganmiz. O'z vaqtida serqirra hujumchilar toifasidan bo'lgan Azamat Beradarovichni murabbiy sifatida ham o'zini ko'rsatishini, Andijonimizda kurashchan jamoa shakllantirishiga katta umid bog'lagandik. Davralar oralig'ida ukrainalik Sergey SHevchenko taklif etilgach, mahalliy ishqibozlarda oliy ligada qolish uchun o'ziga xos ishonch paydo bo'lgandi. CHunki yaxshi bilamiz, Sergey Yakovlevich o'z kasbini ustasi. Jamoada ish boshlagan ilk kunlaridanoq tartib-intizomni joyiga tushirib qo'ygandi va asta-sekin ijobiy tomonga o'zgarish qilib borayotgandi. Biroq uning klub ijrochi direktori Aleksandr SHapran bilan fikrlari bir joydan chiqmadi. Xalqimizda “ikki qo'chqorning boshi bitta qozonda qaynamaydi” degan gap bor. Mana shu so'zni bunga nisbatan ishlatsa bo'ladi. SHevchenkoni “Andijon”da ishlashini aftidan SHapran xohlamadi shekilli, uning “Pro” licenziyasi yo'qligini va bir qator masalalarni ro'kach qilib, shartnoma imzolashni maqul topmadi. Vaholanki shunday bo'lgan taqdirda ham xorijlik murabbiyni maslahatchi yoki menejer sifatida olib qolish kerak edi. Foydasi tegishi aniq edi. Boya aytganimdek, ijobiy tomonga o'zgarish qilib borayotgandi. Bugungi kunda esa vaqtinchalik murabbiy Orif Mamatkazin ishlamoqda. Mavsum so'nggiga qadar bu borada o'zgarish bo'lmasligi aniq. CHunki endi bundan naf chiqishi qiyin. “Andijon”da murabbiylarni o'zgartirish ko'pincha muxlislarga bog'liq degan gapni eshitib qolaman. Yo'q, unday emas. Har bir odamning o'z shaxsiy fikri bo'lgani kabi, biz muxlislar rahbariyatga bosh murabbiylik uchun o'z takliflarimizni bildirib o'tamiz xolos. Misol uchun yozda Sergey SHevchenkodan tashqari Usmon Toshev, Yuriy Sarkisyan, Edgar Gess, Islom Ahmedov, Hakim Fuzaylov kabi mutaxassislarning nomzodlari ko'rib chiqilayotgandi. Biz ko'proq ukrainalik murabbiyni kelishini istadik. Viloyatimiz rahbariga katta rahmat. SHuhratbek Qo'shoqboevich muxlislarning fikrini inobatga olib, SHevchenkoni taklif etdi va u bilan muzokara o'tkazdi. 

IJROCHI RAHBARNING FAOLIYATI MUXLISLARNI HAM QONIQTIRMAYAPTI

- Aytib o'tganimdek viloyatimiz hokimi futbolni sevadi va uning rivoji uchun qo'ldan kelganicha yordamini ayamaydi. U kishining shaxsan o'zi kerak bo'lsa, mashg'ulotlarga ham kelib, futbolchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatladi. Bugungi kunda ham “Andijon”ning takdiri bilan qiziqadi. Buning uchun SHuhratbek Qo'shoqboevich Abdurahmonovga minglab ishqibozlar nomidan katta minnatdorchilik bildirib qolaman. Umid qilamizki, viloyatimiz rahbarining etibori bundan keyin ham aslo susaymaydi va Andijonda biz muxlislar xohlagan jamoa shakllanishida qo'ldan kelganicha yordam beradi. 

- SHuningdek yana bir jonkuyar rahbar “GM-Uzbekistan” boshlig'i Ulug'bek aka Ro'ziqulovdan ham minnatdormiz. Jamoamizni imkon qadar moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Viloyat ichki ishlar boshlig'i Dilshod Rahmatullaevich Bobojonov ham futbolning chinakam ishqibozi. Ular har gal o'yinga tashrif buyurib, bevosita stadionda jamoani qo'llab-quvvatlaydi. Afsuski shunday rahbariyatga ega bo'lgan jamoamizning ishlari yurishmayapti. Bunga ko'proq klubning ijrochi rahbarlarining o'z ishiga jiddiy yondoshmayotgani sabab bo'lmoqda deb o'ylaymiz. Tushungan bo'lsangiz, klub ijrochi direktori Aleksandr SHapran haqida gapiryapman. Ivanovichni ilgari “Mashal” va “Bunyodkor”da samarali faoliyat olib borganini juda yaxshi eslaymiz. Lekin bu erda uning ishi o'xshamayapti. SHapran o'z ishiga jiddiy yondoshmayotgandek tuyulmoqda. CHunki o'zingiz o'ylab ko'ring, o'yindan 1-2 kun oldin keladi. Qolgan kunlari Toshkentda bo'ladi. Jamoaning har kungi xolati bilan qiziqib yurmagan ijrochi rahbardan nima kutish mumkin. Orqavarotdan eshitib qolyapmiz, vaqti kelsa jamoaning mashg'ulotga chiqish uchun avtobusga yoqilg'i topish, o'yinchilarni ovqatlanishi bilan bog'liq muammolar yuzaga kelayotganini. Professional maqomini olgan klubdagi bu kabi xolatlar tabiiyki biz ishqibozlarning dilini xira qiladi. Buni ko'pchilik muxlislar bilmaydi. Bilmaganlari muammoning ildizini boshqa erdan qidiradi. Tashkiliy ishlar yaxshi bo'lsa, natija ham ijobiy bo'ladi degan fikrdaman. Bilsangiz ko'p muxlislar maqtanchoq bo'ladi. Har bir viloyatlik ishqiboz o'z jamoasini yomonini yashirib, yaxshisini oshirib gapiradi. Biz ham doim “Andijon”ni qaerda bo'lmasin, har qanday xolatda ko'klarga ko'taramiz. Lekin bunday ijrochi rahbarning noto'g'ri siyosati evaziga biz muxlislar jabr chekmoqdamiz. Men futbolni juda yaxshi ko'raman. Ko'cha-ko'yda yurganimda ham ishqibozlar meni ko'rib qolsa, darhol “Andijon” haqida savol bilan “ko'mib” tashlaydi. Ularning barisi bu yil ham oliy ligadan tushib ketamizmi yana? Degan savol bilan murojaat qiladi. Yaqinda bir gap eshitib qoldim, elitani tark etishi deyarli malum bo'lib borayotgan “Andijon” endi o'yinlarda mag'lubiyatni oldindan tan oladi. Bu borada vijdonsiz kishilar shug'ullanayotgan ekan. Kim ekanligini aniq bilmadigu, lekin o'yindan oldinoq raqiblar bilan kelishib olish ishlari boshlanib ketibdi. Bu ketishda futbolimiz qayoqqa qarab ketadi. Afsuski “Andijon” jamoamiz shunday kunlarga qolib ketdi. Keyin yaqinda ijrochi direktor SHapranni “Olmaliq” bilan o'yindan bir kun oldin, kechki payt, mehmonlar joylashgan “Elita” mehmonxonasida yurganini va eshitib qoldim. Keyin Aleksandr Ivanovichni o'zi bilan gaplashib, bu haqda so'raganimda “Olmaliq”da yordamchi murabbiy bo'lib ishlayotgan Gennadiy Denisovning shu kuni tug'ilgan kuni ekan. SHu munosabat bilan “Andijon” klubining ijrochi direktori mehmonxonaga osh olib borgan emish. To'g'risi, shundan keyin asabiylasha boshladim. Miyyamga nimalar kelganini faqat o'zim bilaman. Biz muxlislar o'yin chog'ida kerak bo'lsa, quyoshda turib, baqirib, dalda bo'lsak-u, ijrochi direktorimiz o'yindan bir kun oldin mehmonlar bilan tug'ilgan kunni nishonlab yursa... Alam qilarkan to'g'risi. U erda nima haqida gap borgani esa menga qorong'u. Lekin real olib qaraydigan bo'lsak, hech qachon o'yindan bir kun oldin mehmonxonaga borib, kim bo'lishidan qatiy nazar bunday yurishi to'g'ri kelmaydi. Bu rahbar yaqinda jamoaga kelib ketgan murabbiy SHevchenkoga ham juda ham hunik munosabatda bo'lgan ekan.  Aleksandr SHapran mana “Andijon”da ikkinchi mavsumdirki faoliyat yuritmoqda. Natija esa ko'rib turganingizdek nol. SHunday ekan mardlarcha ariza yozib, o'z ishini boshqasiga bersin. Hozirgi kunda ko'plab ishqibozlar shuni talab qilmoqda. Menejerlar haqida gap ketganida, darhol Samvel Babayanni eslaymiz. SHaxsan menga shu rahbarning ish uslubi va futbolga qarashi yoqadi. Etibor bering “Paxtakor” bu yil deyarli o'z akademiyasidan etishib chiqqan futbolchilar bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va chempionlikka juda yaqin. Tarkib anchagina yoshargan. Tabiiyki Babayanning bundan bir necha yil oldin ishni to'g'ri yo'lga qo'ya olganini ko'rsatadi. Ko'pchilik u haqda bazida salbiy fikrlarni bildiradi. Lekin jamoa qayd etayotgan natijaga qarang. Bolalar futboliga katta etibor qilgani bois, bugungi kunda turli yoshdagi terma jamoalarda “Paxtakor”dan nomzodlar etarlicha bo'lmoqda. Bizga ham mana shunday o'z kasbini sevib, chin yurakdan mehnat qiladigan ijrochi rahbarlar kelishini istardik. Muxlislar biron-bir rahbarni “qo'ydirib” manfaatdor bo'lmaydi. Bizga pulbolni emas, futbolni yaxshi ko'radigan rahbar kerak. Eshitib qolamiz, falonchi rahbar shuncha pul olarkan, shuncha mukofot olarkan degan gaplarni. Mayli qanday katta summa bo'lmasin, olsa olaversin lekin kurashchan jamoa shakllantirib qo'yib, ishni to'g'ri yo'lga solib qo'ysin bas. Boshqa hech narsa kerak emas. 

“BOLALAR FUTBOLIGA BO'LGAN E'TIBORNI OSHIRISH KERAK”

- Viloyatda bolalar futboliga bo'lgan etiborni oshirish ko'pincha klubning ijrochi rahbariga ham bog'liqdir. Andijon shahrining o'zida bir nechta futbol maktablari va futbolga ixtisoslashtirilgan maktablar bor. U erdan etishib chiqayotgan bolakaylar kelajakda “Paxtakor” yoki “Bunyodkor”da emas, balki “Andijon” uchun o'ynayman deb harakat qilishi kerak. Buning uchun klub o'sha futbol maktabi bilan doimiy aloqada bo'lishi va etarlicha shart-sharoit yaratib berishi lozim. Mana ko'ryapmiz, “Nasaf” akademiyasi kuchayib bormoqda. “Mashal”da avvaldan bolalar futboliga bo'lgan etibor yuqori va u erdan bir qator yoshlar etishib chiqmoqda. Biz ham istardik, Andijonimizdan milliy terma jamoa darajasidagi o'yinchilar etishib chiqishini. To'g'ri, milliy terma jamoamiz safida bir nechta andijonlik yigitlar o'ynamoqd. Lekin shaxsan “Andijon” klubidan taklif etilayotgan o'yinchilar yo'q. Bolalar futboli haqida gap ketganida birinchi ligadagi “UzDongJu” jamoasiga ham to'xtalib o'tishni istardim. Negaki, bu jamoa yoshlardan tashkil topgan bo'lishiga qaramay, muxlislarni chempionat davomida quvontirib kelmoqda. Jamoaning uy o'yinlariga ko'plab ishqibozlar tashrif buyurib, rohatlanadi o'yinni ko'rib. Tabiiyki bunda bosh murabbiy Nozimjon Mullaoxunovning mehnati yotibdi. Qolaversa klub prezidenti Zafar Ahmedovich Zulunov ham millionlar o'yinining chinakam ishqibozi. “UzDongJu” mavsum boshlanish arafasida yig'ilgan bo'lsad, mana ko'rib turganingizdek hozir kuchli beshlikdan joy egallab turibdi. U erdan ko'plab yoshlar etishib chiqmoqda. Kelajakda ular viloyatning bosh jamoasi bo'lmish “Andijon”da o'ynaydi va jamoani yuqoriga ko'tarish uchun juda asqotadi. Har xolda mahalliy o'yinchi oz bo'lsa ham o'z viloyati jamoasi uchun jon qoyitibroq o'ynaydi-da. 

MIRABROR USMONOV ANDIJONLIK MUXLISLAR BILAN HAM UCHRASHADILAR

- Ertaga O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Mirabror Usmonov Andijonga tashrif buyuradilar. Futbolimiz rahbarining qilayotgan xayrli ishlaridan ko'z yuma olmaymiz. Aynan u kishining sayi-xarakatlari tufayli yurtimizda zamonaviy stadionlar soni ortib bormoqda. Futbolni rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratisha urinmoqda. Yaqinda Mirabror Zufarovichning Namanganga tashrif buyurib, u erda maxalliy ishqibozlar bilan uchrashib, muxlislar bilan suhbatda bo'lganini bilamiz. SHuningdek “Navbahor”ga xomiy biriktirib berdi. O'ylab ko'rsangiz bu juda katta ish. Qo'shnilarimiz uchun xursand bo'ldik. Bu bilan namanganlik ishqibozlarda klubga bo'lgan ishonch yana uyg'ona boshladi. SHuni biz ham istardikki, Mirabror Zufarovich Andijonga tashrifi chog'ida, mahalliy ishqibozlarni ham qabul qilishini va biz muxlislarni dardini tinglashini. O'ylaymizki, Usmonov bu taklifimizni inobatga olgan xolda, ijobiy javob beradi. 

“ANDIJON”GA MUNOSIB MURABBIY KELISHINI ISTARDIK

- Bungacha “Andijon”da ishlab ketgan murabbiylar orasida shaxsan men Edgar Gessni alohida etirof etaman. CHunki aynan ushbu mutaxassis davrida Andijon xalqi futboldan zavqlanib yashagan. Uning o'tkazadigan mashg'ulotlariga ham kamida 100-200 nafar ishqiboz kelib bevosita stadionda kuzatardi. Edgar Yakovlevich davrida jamoamiz 4-5-o'rinlarni egallab kelgan. Afsuski o'shanda ham ayrim kishilar o'z manfaati yo'lida murabbiy ketkazish niyatida orqavarotdan turli hil salbiy ishlarni qilgan. SHu tufayli Gess Andijondan ketgandi. Vaholanki uning ub erdagi ishlari ko'ngildagidek kechayotgandi. O'yindan-o'yinga yashardik. Navbatdagi turni intizorlik bilan kutganmiz. Bosh xomiyimiz tomonidan ishqibozlar uchun sifatli futbolka va sharf berilgandi. Biz yana ushbu murabbiyni kelishini istardik. To'g'ri, Edgar Yakovlevich “Buxoro”da natija ko'rsata olmay, istefoga chiqarildi. Lekin aytishlaricha u  erda ham murabbiyga erkin tarzda ishlashga ayrim kishilar yo'l qo'ymagan. Futbolda tanish-bilish bo'lgan joyda unum bo'lmaydi. Xususan bu yil “Andijon” yoshlar jamoasida ham juda ko'p bor tanish-bilishchilik qilinganini eshitib qolyapmiz. SHuning uchun yoshlar jamoamiz ham so'nggi o'rinda bormoqda. Bundan maqsad nima? Qachongacha boshqa klublardan ijara asosida o'yinchi olib, uni tarbiya qilib beramiz?! Yoki chetdan katta pullar evaziga o'yinchi olib kelib o'ynatishni qachon bas qilamiz?! Savollar juda ko'p. Hozir sizga Gessni qaytarish borasida aytgan gapimdan so'ng, ayrim kishilar noto'g'ri fikrga bormasligi uchun aytaman, mayli bizga Gess kelmasin, lekin haqiqiy o'z ishini sevadigan, viloyatda futbolni oyoqqa turgazadigan murabbiy kelsin. Baxtiyor Ashurmatovga juda havasim keldi. “Navbahor”da ham birinchi davrada deyarli pul bo'lmadi. Lekin shunga qaramay, shogirdlarini bir maqsad yo'lida jipslashtira oldi. Namanganlik futbolchilarning har bir uchrashuvda jon-jahdi bilan kurashishi O'FF prezidenti Mirabror Usmonovni ham nazaridan chetda qolmadi va buning uchun munosib rag'batlantirildi. Mana endilikda homiy biriktirilgach, jamoada yanada ijobiy o'zgarishlar bo'lsa ajab emas. Bizga ham shunday murabbiylar kelishini istardik. Yoki bo'lmasa, “So'g'diyona”ni olib qaraydigan bo'lsak, u erda ham bosh murabbiy ishni to'g'ri yo'lga qo'ya oldi. Davron Fayziev ham garchi jamoasi moddiy jihatdan qiyin ahvolga tushib qolgan bo'lsa ham, yigitlarni o'ynatmoqda. Etibor bersangiz, jizzaxliklarning tarkibida asosan yoshlar. SHunga qaramay ular oliy ligada qolish uchun jiddiy kurashmoqda.  

Jamoamizga kelgan murabbiy 2 yilda chempion qilishi shart emas. Muhimi stadionga kelgan ishqiboz o'yindan zavqlansin. Uyiga yaxshi kayfiyatda qaytsin. “Andijon”ni 1-2 yillik klub emas, balki kelajagi porloq klub sifatida shakllantirsin. 

50 YILLIK YUBILEYGA TO'YONA BO'LADIMI?

- Mana bu yil “Andijon”ning 50 yillik yubileyidir. Qanchalik alamli bo'lmasin afsuski jamoamiz yana oliy ligani tark etish ostonasida turibdi. Ko'pchilik ishqibozlar keyingi yil oliy ligada 16ta jamoa bo'ladi, “Andijon” baribir qoladi degan fikrlarni bildirib, shu tariqa o'zimizni-o'zimiz ovutib yuribmiz. Jamoaning 50 yillik to'yida bunday natija bo'lishini umuman kutmagandik. Biroq aytib o'tganimdek, klub ichidagi noto'g'ri siyosat tufayli yana birinchi ligaga ravona bo'lyapmiz. To'g'ri, bu achchiq lekin haqiqat gaplarim kimlargadir yoqmasligi mumkin. Lekin pichoq suyakka qadaldi. Endi 50 yillik yubiley qanday nishonlanadi? Biz muxlislar uchun futbolimiz rahbarlari mana shu to'yga to'yona ravishda bitta zo'r qilib tadbir uyushtirib berishlarini xohlaymiz. Qozog'istonning “Qayrat” klubi yubiley uchrashuviga jahon yulduzlar terma jamoasini taklif etganini internetda o'qib qoldik. Bizga ham hech bo'lmaganda, O'zbekiston milliy terma jamoasini Andijonga taklif etib, jamoamiz bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazib berishsa muxlislar uchun haqiqiy bayram bo'lardi. Yoki evropaning biror-bir taniqli klubi bilanmi, o'yin tashkil etilsa xursand bo'lardik. O'ylaymanki, futbolimiz rahbarining shaxsan o'zi bu haqda bizga yordam beradi.  

“ANDIJON” – “LOKOMOTIV” O'YIN HAQIDA

– Bu o'yin adolatli o'tishiga shubham yo'q. Sababi Mirabror Zufarovichning shahsan o'zlari o'yinni ko'rishlari mumkin. SHunday ekan futbolchilarimiz kamida durang o'ynashlari kerak. Agar ularda bironta shubhali harakatni kuzatsak keyin o'zlariga yomon bo'lishi mumkin. Birinchi ligaga tushib ketsak ham, boshni tikka tutib tushaylik.


Islombek Rustambekov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика