So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  1 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Nodirbek To'ychiev : "18-sektorda ashaddiy ishqibozlar o'tirishi kerak" Yangiliklar

Nodirbek To'ychiev : "18-sektorda ashaddiy ishqibozlar o'tirishi kerak"

So'nggi yillarda jamoalarimizning saviyasi fan-klublar bilan ham belgilanmoqda.
Ayni paytda oliy liganing barcha ishtirokchilarida fan-klublar faoliyat ko'rsatyapti. Bu borada “Andijon” jamoasining ishqibozlari o'ziga xos o'rin tutadi. Mavsumlar oralig'ida jamoalar mashg'ulot va yig'inlar o'tkazish bilan band ekanligi xech kimga sir emas. Xo'sh, bunday paytda fan-klublar nima bilan shug'ullanishadi? Buni bilish maqsadida “Andijon” fan-klubi raisi Nodirbek To'ychiev bilan suhbatlashdik.

- Qishda jamoalar yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotganda biz muxlislar ham bekor o'tirish niyatimiz yo'q, - deb so'z boshladi To'ychiev. -  “Andijon” fan-klubi hozirdan tayyorgarlikni boshlashi kerak va bu borada rejalar ham tuzib qo'yganmiz. CHunki endi jamoamiz birinchi ligada emas. “Andijon” oliy ligagada bo'lgani bois biz ham shunga yarasha hozirlik ko'rishimiz lozim. Yangi mavsumda jamoamiz uchun shiorlar va qo'shiqlar tanlaganmiz. SHularni fan-klubga azo bo'ladigan ishqibozlar bilan o'rganib borishimiz kerak. Qaysidir manoda biz ham klublar singari qishda yig'ilib yangi mavsumga munosib tayyorgarlik ko'rishimiz darkor. Hozirdan bu borada ishlarni amalga oshiryapmiz.

- Har yili fan-klubga muxlislar azo qilinadimi yoki bunga o'zgartirish kiritilmaydimi? Umuman fan-klubga azo bo'lish shartlari qanaqa?
- Albatta, yangi mavsum va oliy liga bo'lgani uchun safimizga yangi azolarni qabul qilamiz. Fan-klubda ham har yili o'zgarishlar bo'lib turadi. Kimdir ishlash maqsadida xorij safarlariga ketib qoladi. Yana kimdir boshqa ishlar bilan band bo'lib stadionga kela olmasligi mumkin. Qolaversa, fan-klub azosi bo'lib tinmay xayqirib o'tirishdan zerikkan yoki yoshi katta bo'lib uyatib qolgan muxlislar ham yo'q emas. Mening nazarimda haqiqiy ishqiboz jamoasini yurakdan oxirigacha qo'llab-quvvatlaydi. Garchi klubi yutqazayotgan bo'lsa ham. Mana chet ellarda qanday fanatlar borligini ko'ryapmiz. Biz ham shunga intilishimiz kerak. Futbol muxlislari 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'ladi. Bu borada yosh chegaralanmaydi. Fan-klubga azolar qabul qilishda bu yil o'zgarishlar kiritdik. Yani, muxlislar fan-klubga bepul azo bo'lishlari mumkin. Ammo bu bilan safimiz chegaralangan bo'lib, 300 nafar ishqibozni fan-klubga qabul qila olamiz. Bepul deb hammani ham safimizga qabul qilavermaymiz. Birinchi navbatda eng ashaddiy, 90 daqiqa jamoamizni tinmay qo'llab-quvvatlaydigan muxlislarni olamiz. Bu borada hech qanday tanish-bilishchilik ketmaydi. CHunki 18-sektorda ashaddiy ishqiboz o'tirish kerak. Har dushanba kunlari soat 15:00da “Sog'lom avlod” stadioniga yig'ilib tayyorgarlik ishlarini boshlaymiz. Fan-klubga azo bo'lishni xohlagan muxlislar dushanba kuni stadionga kelishlari mumkin. Tayyorgarlik davomida faol ishtirok etganlarni fang'klubga qabul qilamiz. CHempionat boshlanish arafasida jamoalar zayavka topshirishganidek, biz ham fan-klub azolarining xujjat ishlarini rasmiylashtirib olamiz. Har bir muxlis pasport nusxasi va o'z yashaydigan mahalladan tegishli xujjatlar topshirgach, biz ularga fan-klub azoligini bildiradigan “bejiklar” beramiz. SHu o'rinda bir narsani aytib o'tishim kerak, fan-klubga azo bo'ldim endi men o'yinni shunchaki ko'rib chiqib ketamadan degan muxlis adashadi. Biz 18-sektordagi barcha fanatlarni kuzab boramiz. O'yin davomida o'zini bir chetga oladigan ishqibozlarni fan-klubdan chiqarib yuborishimiz ham mumkin. Nasib qilsa, safardagi uchrashuvlarga ham borishni rejalashtirib turibmiz. Bu borada “Andijon” klubi tomonidan ham yordamlar bo'lishiga umid qilamiz. SHu bois eng zo'r muxlislarni safardagi o'yinlarga ham olib borishga harakat qilamiz. Bundan tashqari klub tomonidan bizga futbolka va shapkalarni ham berilishi kutilmoqda. Lekin fan-klub albatta bir xil libosda bo'lishi kerak. Bu borada futbolkalar sotuvi ham yo'lga qo'yiladi. Fan-klub azolari futbolkalarni o'zining narxida xarid qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

- O'tgan mavsumda “Andijon” fan-klubining faoliyati qanday bo'ldi?
- O'tgan yili jamoamiz birinchi ligada ishtirok etdi. SHunda jamoaning haqiqiy muxlislari kimlar ekanligi bilindi. Misol uchun, birinchi ligada o'yinlarni ko'rishga kelmagan ishqibozlar ham bo'ldi. Ammo stadionga kelib birinchi liga bo'lsa ham jamoamizni qo'llab-quvvat muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Haqiqiy ishqiboz jamoani yaxshi kunida ham, yomon kunida ham birga bo'lishi kerak.

- Fan-klubning ham yangi mavsumda “Andijon” jamoasidan umidlari katta bo'lsa kerak?
- Avvalo shuni aytishim kerakki, 2014 yilda “Andijon” jamoamiz tashkil etilganiga 50 yil to'ladi. Jamoamizning yarim asrlik to'yi munosabati bilan muxlislarni tabriklayman. Albatta, fang'klubning ham jamoamizdan umidimiz katta va yangi mavsumda chiroyli o'yinlar kutyapmiz. Fan-klub nomidan Azamat Abduraimovga ishonamiz. Uning rejasi bir yillik emas. Ayni paytda jamoa shunga yarasha tayyorgarlik ko'rishga harakat qilyapti. Klubimizda mahalliy iqtidorli o'yinchilar ko'p. Biz birinchi navbatda ana shular jamoamizning asosiy o'yinchilari bo'lishlarini istaymiz. Futbolchilik faoliyati uzoq bo'lmaydi va shu kasbi orqali ular kelajakni yaratishga harakat qilishadi. SHuning uchun futbolchi faqat futbolni o'ylab boshqa ishlarga etibor qaratmasligi kerak deb o'ylayman. Men mahalliy futbolchilarimizga Baxtiyor Hamidullaevni namuna qilib ko'rsatgan bo'lardim. Mana shu futbolchi “Andijon”da o'ynab yomon bo'lmadi. U jamoada o'zini ko'rsatdi va shunga yarasha haq oldi. Bu bilan Hamidullaev kelajak hayotini ham yaxshilab barcha imkoniyatlarni yaratib oldi. Hujumchini bu futboldan yurakdan o'ynaganidan va topgan pulini to'g'ri yo'lda ishlatganidan dalolatdir. Boshqa futbolchilarimiz ham shunday bo'lishini xohlaymiz. Niyatimiz “Andijon” jamoamiz ham ikki-uch yildan keyin sovrinli o'rin uchun kurashib Osiyokuboklarida ishtirok etishini tilaymiz. CHunki “Andijon” jamoasining qanday muxlislari borligini xalqaro maydonlarda ham ko'rsatib qo'yish maqsadimiz bor.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика