Nodir Kamolov: “Qiyin o'yin bo'ldi”
17 sen 2017 10:37
Yangiliklar


Nodir Kamolov: “Qiyin o'yin bo'ldi”
Oliy liganing 21-turida “Qizilqum” Jizzaxda “So'g'diyona”ga qarshi maydonga tushdi. Ushbu bahs durang natija bilan yakunlandi (1:1).
O'yindan so'ng “Qizilqum” futbolchisi Nodirxon Kamolov o'yin borasida fikrlari bilan bo'lishdi.
- Judayam qiyin o'yin bo'ldi. Qizil kartochka qo'rsatilgandan so'ng o'yin yanada qiyinlashdi. 10 kishi bo'lib yutkazib qo'yishimiz ham, g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. 10 kishi bo'lib ham hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldik. Agar oxirgi daqiqalardagi vaziyatlardan foydalana olganimizda mehmonda g'alaba bilan qaytishimiz mumkin edi. O'z maydoniizdagi “Bunyodkor” bilan durangdan so'ng biz Jizzaxga g'alaba uchun kelgan edik. Navoiydan kelgan muxlislarimizga raxmat. Keyingi o'yinlarda ularni xursand qilamiz degan umiddaman - deydi Kamolov.
“So'g'diyona” matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
12:49
Qamchibek Tashiev O'FA rahbariyatini O'zbekiston terma jamoasi JCHga chiqqani bilan tabrikladi 5

Fikrlar