Nodir Eliboev futzalchilik faoliyatini tugatdi
18 okt 2016 11:46
Yangiliklar
Nodir Eliboev futzalchilik faoliyatini tugatdi
O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Ardus" azosi hisoblangan Nodir Eliboev futzalchilik faoliyatiga yakun yasadi.
Eliboev professional futzaldagi faoliyatini 2005 yil "Stroitel Zarafshon" jamoasi tarkibida boshlagan, uning so'nggi klubi esa O'zbekistonning 5 karra chempioni "Ardus" bo'ldi. O'tgan mavsum "Ardus" bilan Associaciya kubogi va O'zbekiston kubogida zafar quchgan Nodir Eliboev Oliy ligada kumush medallarni qo'lga kiritdi. Milliy terma jamoa bilan esa yil boshida Toshkentda o'tkazilgan Osiyo chempionatida finalga qadar etib bordi va 10 sentyabrdan 1 oktyabrga qadar Kolumbiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida ishtirok etdi. Kolumbiyadagi mundial futzalchi uchun so'nggi musobaqa bo'ldi. Futzaldagi eng katta orzusiga erishgan himoyachi faoliyatini mana shunday yuqori nuqtada tugatdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar