So’nggi yangiliklar

12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4

Nima uchun Evropaning top klublari Ronalduni o'z safida ko'rishni istamaydi? Yangiliklar

Nima uchun Evropaning top klublari Ronalduni o'z safida ko'rishni istamaydi?

Ronaldu "Manchester Yunayted"ni tark etishni istaydi, ammo Evropaning top klublari uni tarkibga qo'shib olishni istamaydi.

O'tgan yilgi scenariy takrorlanmoqda. 5 karra "Oltin to'p" sohibi jamoani tark etishni istamoqda va klubning yozgi transfer rejalarini chigallashtirishga sabab bo'lmoqda.

O'tgan yili ushbu vaqtda Ronaldu OAVga Turinni tark etishga qaror qilgani to'g'risida xabar bergani uchun tanqid qilingandi.

SHunga qaramay, transfer oynasi yopilishiga atigi to'rt kun qolganda u "Yunayted" safiga qo'shildi. 

O'sha paytdagi "Yuventus" sardori Jorjio Kellini klubning mavsumni sust boshlaganini Krishtianuning kechroq ketgani bilan izohladi.

"Biz uchun uning ertaroq ketgani yaxshi bo'lardi. Biz chempionat startiga yaxshiroq tayyor bo'lardik", — dedi markaziy himoyachi sentyabr oyida.

"Yunayted" hozir xuddi shunday "Ronaldu effekti"dan qo'rqishi kerak. Ularning mavsumoldi tayyorgarligi yaxshi ketyapti, Ronalduning yo'qligi hozircha o'rtoqlik o'yinlarida sezilmayapti.

Hatto yangi murabbiy Erik ten Xag ham emas. Bir tomondan, niderlandiyalik mutaxassis Ronalduning "Old Trafford"da amalga oshirmoqchi bo'lgan yuqori pressingli o'yiniga qodir ekanini takidladi. Boshqa tomondan, murabbiy o'z o'yinchilariga moslashishi kerakligini aytdi.

Krishtianu Ronaldu iyul oyining boshlarida "Manchester Yunayted" kelasi mavsum chempionlik uchun kurasha olishiga ishonmasligini aytdi.

Ten Xag yozda jamoaga yangi hujumchi jalb etmoqchi emas, ehtimol, bu niyatini qishda amalga oshirishi mumkin. Ronalduning jamoani tark etish niyati barchasini o'zgartirib yubordi, balki u ketmagan taqdirda ham murabbiy bilan oraga sovuqchilik tushishi mumkin.

Erling Xolandning "Manchester Siti" tarkibiga qo'shilishi "Yunayted" uchun katta zarba bo'ldi, qolaversa, Nunes uchun kurashda "Liverpul"ga imkoniyat boy berildi. SHu tariqa, joriy transfer oynasida mohir hujumchi xarid qilish tanqisligi yuzaga keldi. 

Biroq Ronalduning o'zi xohlagan jamoaga o'ta olishiga kafolat yo'q. 

Darhaqiqat, "Yunayted"ning hozirgi va "Yuve"ning o'tgan mavsumdagi holati o'rtasidagi farq shundaki, 37 yoshli futbolchi uchun aniq xaridor yo'q.

Portugaliyalik forvard o'zi istagan narsaga erishishga o'rganib qolgani aniq va u CHempionlar ligasi davogarlari safida to'p tepishda davom etishni xohlaydi.

"Yunayted" kelasi mavsumda ushbu musobaqada qatnashmaydi, yakunlangan mavsum davomida klub kuchli to'rtlikdan uzoqlashib borayotgani malum bo'lishi bilanoq, Mendesh o'zining 1-raqamli mijozi uchun yangi klub izlashni ertaroq boshlashi kerak edi.

CHunki, yangi mavsum boshlanishiga ikki haftadan kamroq vaqt qolganida Evropa elitasining birorta jamoasi Ronalduga "Old Trafford" bilan xayrlashish variantini taklif qila olmaydi.

Quyida biz ko'rib chiqmoqchi bo'lgan CHempionlar ligasining kelasi mavsum ishtirok etadigan eng kuchli to'qqiz jamoasi besh karra "Oltin to'p" sohibini tarkibida ko'ra olmaydi yoki undan ham dahshatlisi, ko'rishni xohlamaydi...

P.S.: Suratlar Getty Images saytidan olingan


9. "Atletiko Madrid"

So'nggi kunlarda Ronalduning "Atletiko Madrid"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi, bu esa bir qancha sabablarga ko'ra hayratlanarli.

Birinchidan, Ronaldu "matraschilar"ning azaliy raqibi "Real"da o'ynagan va ko'p bora klub muxlislarining jig'iga tekkan. Ulardan eng esda qolarlisi, bir necha yil oldin "Yuventus"ga "Vanda Metropolitano"da uchralgan mag'lubiyatdan so'ng besh barmog'ini ko'rsatib, evrokuboklardagi g'alabalari bilan maqtanib, tomoshabinlarni masxara qilgan.

Ikkinchidan, Ronaldu Diego Simeone qo'l ostida o'ynashga mos emasdek ko'rinmoqda, chunki u hujumkorlikni yaxshi ko'radi, madridliklar ustozi esa mustahkam himoyaga ko'proq urg'u bergan holda o'yin tashkil etadi.

Uchinchidan, eng muhimi, Ronalduning maosh talabi "Atletiko"ning "Real"ning barcha davrlardagi eng yaxshi to'purarini qo'lga kiritishga bo'lgan umidlarini puchga chiqaradi.

SHunday to'siqlarga qaramay, bu amalga oshish imoniyati nisbatan yuqoriroq bo'lgan transfer.

8. "Yuventus"

"Yuventus"ning Ronalduning tavakkaligi qo'shib olishi o'z samarasini bermadi. To'g'ri, u o'z darajasida harakat qilib, ketma-ket gol urish orqali turli rekordlarini yangilagan, shuningdek, klub brendining obro'sini ko'targan bo'lishi mumkin.

Ammo Ronaldu "Yuventus"ga CHempionlar ligasini olib bera olmadi.

Natija shuki, yuqorida aytib o'tilganidek, umidsizlikka uchragan forvard klubni qiyin ahvolda qoldirdi va ularga munosib o'rinbosar topishga vaqt qoldirmadi.

Kechroq bo'lsa-da, "Yuventus" yanvar oyida Dushan Vlaxovich uchun katta moliyaviy sarmoya ajratdi, chunki u Erling Xoland singari yosh hamda ko'p gol urish qobiliyatiga ega.

"Keksa sinora" hozir jiddiy o'zagrishlarga qo'l urmoqda — Paulo Dibala qo'yib yuborildi, Matteys de Ligt esa "Bavariya"ga sotildi. Ronalduning Turinga qaytishi uchun hech qanday imkoniyat yo'q.


7. PSJ

Tez orada PSJ hujumining chap qanoti bo'shashi mumkinmi? Avval ham xabar berilganidek, parijliklar Neymar bo'yicha takliflarni eshitishga tayyor.

Biroq Neymar ham xuddi Ronalduga o'xshash holatda: unga juda kam "sovchi" kelishi mumkin, chunki hujumchi klub bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolagan va boshqalardan nihoyatda katta maosh talab qilishi tabiiy.

Masalaning boshqa tarafi ham borki, futbolchining o'zi bor etiborini faqat Braziliya terma jamoasi ishtirok etadigan bo'lajak jahon chempionatiga qaratmoqda, shu bois hozir boshqa takliflarga chalg'ishni istamayapti.

Demak, Neymar bo'yicha harakat bo'lmasa, PSJning yana bir ulkan maosh oladigan futbolchini tarkibga qo'shib olish ehtimoli past.


6. "Barselona"

SHubhasiz, "Barselona" ushbu yozda har mavsum o'ttizdan ortiq gol uradigan fenomen bilan shartnoma imzolashda muammoga duch kelmadi. Qisqacha aytganda, kataloniyaliklar Ronaldu o'rniga Robert Levandovskini xohlashdi.

Ronaldu uchun bir vaqtlar sobiq klubi "Real" safida "ko'k-anorranglilar" darvozasiga gol urishdan ortiq baxt bo'lmaganini hisobga olmaganda, Xavining 2022/23 yilgi mavsum uchun hozirlayotgan hujumkor o'yininga mos tushishi mumkin, biroq kataloniyaliklarning old chizig'i band bo'lib ulgurgan, Robertdan tashqari "Lids"dan Rafinya kelmoqda, Usmon Dembele esa "Kamp Nou"da yana bir necha mavsum to'p tepadigan bo'ldi.

"Barsa" transfer bozorida foydasiz savdolari bilan mashhur bo'lishi mumkin, ammo Ronalduni qo'lga kiritish kulgili tuyuladi.


5. "CHelsi"

Ronalduning "Stemford Brij"da o'ynaydigan jamoa safiga ko'chib o'tishiga oid ko'plab mish-mishlar bong urdi.

Ehtimol, Ronaldu va uning agenti bu taklifga rozi edi. "CHelsi"ning yangi xo'jayinlari ham futbolchini jamoada ko'rishni xohlayotgani to'g'risida xabarlar tarqalgandi.

Tomas Tuxelda hujumchi muammosi blr edi. "Aristokratlar" yaqinda Romelu Lukakudan qutulishga muvaffaq bo'ldi. Murabbiy o'z taktik rejasiga mos keladigan hujumchi qidirayotgandi.

Biroq "CHelsi" Krishtianu o'rniga undan 10 yosh kichik va agressiv pressing tajribasiga ega bo'lgan Rahim Sterlingni sotib olishni afzal ko'rdi.


4. "Real Madrid"

Yoz faslining boshlarida Mendeshning shaxsiy samolyoti Madridga qo'ngach, shu zahoti Ronalduning "Real"ga qaytishi haqidagi hayajonli gap-so'zlar kelib chiqqandi.

Bu ehtimoldan yiroq fikrlar edi. Florentino Peres ushbu yozda faqat va faqat bitta hujumchi — Kilian Mbappeni tarkibga qo'shib olishni istardi, biroq francuz PSJ bilan shartnomasini uzaytirib, Madridga "alangali salom" yo'lladi.

Albatta, Peres vahimaga tushib, Ronalduni "Real"ga qaytarishi mumkin, ammo Karim Benzema hozirda dunyoning eng yaxshi hujumchisiga aylanganini hisobga olsak, ushbu transfer dargumondek tuyuladi. Qolaversa, Vinisius Junior chap qanotda CR7'dan meros qolgan bo'shliqni munosib to'ldirdi.

Ronaldu o'tgan yili aytganidek, uning "Real Madrid"dagi hikoyasi yakunlangan.


3. "Manchester Siti"

O'tgan yozda "Siti" Ronalduni sotib olishi mumkin edi. Biroq "shaharliklar"ning asosiy maqsadi "Tottenxem"da o'ynaydigan Xarri Keynni qo'lga kiritish edi.

Keyn transferi barbod bo'lgach, Mendesh Ronalduni "Siti"ga taklif qildi, Gvardiola esa mazkur taklifga ishonch bildirmadi.

Klub rahbariyati portugaliyalik hujumchini maqul ko'rayotgandi, biroq murabbiy yana bir mavsum sermahsul hujumchisiz ham o'ynay olishini takidladi.

"Siti" joriy yil Xoland uchun kurashga kirishdi va bunga erishdi. CHempionlar ligasini qo'lga kiritish ilinjida yonayotgan klub 2022/23 yilgi mavsumni tarkibida raqiblar uchun nihoyatda qo'rqinchli bo'lgan hujumchi bilan boshlaydi.

Demak, Ronaldu ularning rejasida yo'q.


2. "Liverpul"

Tasavvur qila olasizmi, Ronaldu "Yunayted"ning eng dahshatli raqibi safiga qo'shiladi? Aslida, o'ylash ham kerak emas, shunchaki bunday bo'lishi mumkin emas.

Hatto Ser Aleks Fergyuson 2007 yil Gabriel Xayncening "Enfild"ga yo'l olishiga ruxsat bermadi va buning o'rniga argentinalik futbolchini "Real"ga o'tishga majbur qildi. 

Qolaversa, "Liverpul" allaqachon hujumchi poziciyasida to'p tepadigan Darvin Nunes uchun katta miqdorda pul sarfladi. 

Bu Ronalduning Yurgen Klopp o'yin uslubiga mutlaqo to'g'ri kelmasligi bilan bog'liq.

Sadio Mane jamoani tark etgan bo'lishi mumkin, lekin portugaliyalik yulduz hozirgi yoshida chap qanotda senegallik hujumchi kabi tinimsiz harakat qila olmaydi. Mane ketgani bilan ushbu chiziqda hali navqiron Luiz Dias va Diogo Jota harakat qiladi.

Xullas, bu variantga ham bosh qotirmang.


1. "Bavariya"

"Bavariya"ning sobiq prezidenti Uli Xyoness "Yuve"ning Ronalduni sotib olish qarorini tushunlmadi va ular 33 yoshli hujumchi uchun hech qachon 100 million evro to'lamasligini tan oldi.

"Allianc Arena"da rahbariyat o'zgargan bo'lishi mumkin, ammo klub siyosati o'zgarishsiz qolmoqda.

Levandovskini "Barsa"ga sotgan "Bavariya" polshalik futbolchini Ronalduga almashtirishdan manfaatdor emas.

"Men Krishtianu Ronalduni yaxshi ko'raman. U fantastik o'yinchi, lekin har bir klubning o'z falsafasi bor va men "Bavariya" va Bundesliga uchun uning transferi hozir to'g'ri signal bo'lishiga ishonchim komil emas.

Bunday o'tish bizning g'oyalarimizga to'liq mos kelmaydi", – dedi myunxenliklar bosh direktori.

Krishtianu chindan ham top-klubning futbol falsafalariga to'g'ri kelmaydi.

Albatta, transfer bozorida qanday voqealarga duch kelishimizni oldindan aytib bo'lmaydi. Futbolda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin.

Ronaldu o'tgan mavsum Turindan ketish yo'lini topdi, ehtimol, Manchesterdan ham qochib qutula oladi.

Ammo u kelgusi mavsumda CHempionlar ligasi favoritlaridan birining safiga qo'shilishi dargumon.

Nima bo'lgan taqdirda ham, Ronaldu — afsona!

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика