So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  0 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  2 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  1 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  74 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Nima uchun Evropaning grandlari Superliga tuzib, ECHLni tark etmoqchi? Yangiliklar

Nima uchun Evropaning grandlari Superliga tuzib, ECHLni tark etmoqchi?

Teglar :  ECHLUEFA
UEFAning ECHL ortidan topadigan daromadi 3-4 mlrd evroga baholanadi. CHempion jamoa uchun 100-120 mln evro atrofida daromad qiladi.

Qolgan jamoalar 40-80 mln oralig'ida. Bunday klublar ichiga doimiy kirish ham oson emas, asosan 1/4 finalga chiqqan grandlar bu pulga ega chiqadilar. Ammo Neymardan keyingi bozor bizning qizil sabzi kabi ko'tarilib ketdi. PSJ misolida olib qarasangiz, francuzlar 2 marotaba ketma-ket ECHLni yutgan taqdirida Neymarning transfer pulini oqlaydilar. Hali bu erda yana qancha afsonalarning maoshi bor, shu jumladan Neymarning o'ziniki ham. Superligani tuzish orqali 3 mlrd pulga 16ta jamoani o'zi egalik qilish maqsadi. Agar bu turnirda 16ta jamoa bo'lib, SOF daromad 3 mlrd bo'lsa, klublar 187 500 000 Evro miqdorida boyib oladilar. Bu ECHLni yutgan jamoaning bonusidan ancha ko'p va unga bir yo'la 16ta klub ega chiqadi. ECHLda esa 1ta jamoa. Qolganlar yuqorida yozilganidek, 40-80 mln atrofida ishlaydi, ammo bu millionlar endi milliardlar o'yiniga etmayapti.

Endi ECHLda beriladigan bonuslar ketma-ketlikda yozilgan.

32ta jamoaning ishtiroki uchun - 488 000 000 evro.
Guruh o'yinlaridagi maksimal g'alabadan kelib chiqib beriladigan bonuslar - 268 800 000 evro.

Bitta guruhda jami 12ta o'yin o'tkazilinadi. Agar shu o'yinlarning barida durangsiz faqat g'alaba qayd etiladigan bo'lsa, 32ta jamoadan iborat 8ta guruhda 12*8=96 ta g'alabali o'yin qayd qilinadi.

1/8 finalchilarga - 153 600 000 evro.
1/4 finalchilarga - 42 400 000 evro.
Finalchilarga - 31 000 000 evro.
G'olib jamoaga - 20 000 000 evro.

Klublar uchun to'laniladigan jami harajatlar - 1 003 800 000 evro.

Bundan tashkari UEFA ishlab topadigan daromadidan Evropa ligasi va SHomurodov to'p tepayotgan liga bonuslariga ham sarf qiladi. Undan tashqari o'sishga layoqadi bor, biroq moliyaviy holati chatoq mamlakat klublari ham aynan shu pul orqali moliyalashtiriladi.

Aynan shu holat Real, Barselona, Yuventus kabi grandlarning asabiga tegyapti.

Nimp uchun, shu pullarni o'zimiz ishlashimiz mumkin bo'lgan bir paytda, uni Evropa bilan bo'lishish kerak? SHu mavzu grand rahbarlar ishtirokidagi choyxonada so'nggi 2-3 yilda ko'tarilib kelinyapti.

UEFA esa o'sha choyxonadagi samovorchi, choy tashuvchi, o'tin sotuvchi va idish tovoq yuvguvchilariga ham tomizg'i berib turishni maqsad qilgan.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика