So’nggi yangiliklar

21:30Тили сабабли Лапорта ишдан кетиши мумкин  0 21:05Саудия Арабистони. "Ал Насср" - "Ал Уҳдуд" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 20:48"Барселона" футболчилари бойкот эълон қилишмоқчи?  4 20:35Акмал Мозговой Европа сари йўл олиши мумкин  5 20:23Гёкерешга Германиядан харидор бор  1 19:59"Зенит" Алиссонни сотиб олмоқчи  2 19:42Қарс икки қўлдан чиқади. Ҳакамлар қайтариладими?   8 19:32"Челси" январда тўрт нафар футболчиси билан хайрлашади  2 19:09ПСЖ Кварацхелияни қишдаёқ сотиб олмоқчи  1 18:53Рональд Араухо "Ювентус"га ўтмоқда  2 18:11Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" - "ФарДУ" баҳсида дарвозаларга 5 та гол киритилди  1 17:45Карим Бензема яна "Реал" қароргоҳида  2 17:09"Айнтрахт" "Ман Сити" учун Мармушнинг нархини белгилади  2 16:38Эшитдик-да! "Ланс" марказий ҳимоячисини 20 миллион еврога сотишни хоҳламоқда  15 16:03Де Брюйненинг кейинги манзили маълум  5

Nima uchun dunyodagi eng g'ayrioddiy stadionda futbol o'yinlari o'tkazilmaydi? Yangiliklar

Nima uchun dunyodagi eng g'ayrioddiy stadionda futbol o'yinlari o'tkazilmaydi?

Singapurda joylashgan g'ayrioddiy stadion haqida avval ham eshitgan bo'lsangiz kerak.

Eshitmagan bo'lsangiz, bugun biz ushbu stadion haqida malumotlar taqdim etamiz. Ushbu stadionning g'ayrioddiyligi shundaki, uning futbol maydonining uch tomonini suv o'rab turadi. Tribuna esa faqatgina bir tomonda, alohida joylashgan. Bir ko'rishda ajoyib, ammo g'alati...



Ushbu stadion Singapurdagi Marina Bey qirg'og'ida joylashgan. Instagramda eng ko'p geolokaciya (check-in) oladigan manzillardan biri hisoblanadi. 2007 yilda Singapurning asosiy bayramlari va marosimlari bo'lib o'tadigan arenasining o'rniga, vaqtinchalik foydalanib turish maqsadida qurilgan. Mamlakat bosh maydonining qurilishiga 7 yil vaqt kerak edi. SHunda hukumat aynan Marina Beyda ushbu stadionni qurishga qaror qilgan.



O'ziga hos ko'rinish, suvda turadigan maydon, atigi 15 metr ortiqcha joy, o'z o'rnida juda mustahkam... 9000 dan ortiq odamni ko'tara oladi. Yagona tribuna esa 30000 mingdan ortiq odamni o'z bag'riga sig'dira oladi. Stadion shunday qurilganki, u erdagi maydon yaqin atrofdagi mehmonxonalarning derazalaridan ham bemalol ko'rinib turadi.

Faqat... Biz dunyoning eng qo'rqinchili stadionida futbol o'yinlarini ko'ra olmaymiz. U erdagi maydonda biz futbol o'yinlarini, to'plarni qay tarzda suvga tushib ketayotganligini ko'ra olmaymiz. Umuman, bu manzaraning videolari ham xech qaerda yo'q. 10 yil ichida u erda faqatgina bir marotaba jiddiy o'yin, mamlakat chempionati doirasidagi bahs o'tkazilgan.

Na terma jamoa o'yinlari, na mashg'ulotlar... Bu erda ko'rmaymiz. Qachonlardir Singapur futboli rahbarlari bu erda mamlakat kubogi finalini o'tkazishni rejalashtirgandilar. Biroq, maydonni yoritish bilan bog'liq muammolar borligi sababli ushbu g'oyadan voz kechilgan.

O'shandan beri Marina Beyda xech qaysi jamoa o'yin o'tkazishga qiziqish bildirmagan. Qiziqishni oshirish uchun barcha narsaga tayyor bo'lgan Singapur ligasi ham ushbu stadiondan tayinli foydalanish yo'lini topa olmayapti. Takidlab o'tish lozimki, Singapur ligasida Yaponiya, Bruney kabi mamlakatdan tashrif buyurgan jamoalar ham ishtirok etadi. Bu yil aynan Yaponiyaning "Albireks Niigata" jamoasi Singapur chempionligini qo'lgsha kiritdi.

Stadionda bazida ko'ngilochar tadbirlar bo'lib o'tadi. Singapur mustaqilligi kuni, yangi yilga bag'ishlangan mushakbozliklar ham aynan Marina Beyda bo'lib o'tadi. SHuningdek, arena bir qancha koncertlarga ham mezbonlik qilgan.


Sport? Ha aytgancha, 2008 yildan buyon "Formula-1" bo'yicha o'tkazilgan poyga trassasining bir qismi aynan shu erdan o'tib ketgandi. Lekin, ayni paytda boshqa muammo yuzaga kelgan: Singapur boshqa "Formula-1" musobaqalariga mezbonlik qilmoqchi emas.

Yaqinda dunyodagi "eng g'ayrioddiy stadion" "eng keraksiz stadion"ga aylanib qolsa ham ajab emas...

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика